Candace Against the Universe
Bir multserialni moviesi olingan ekan o‘shani ko‘rdim. "Phineas and Ferb the Movie: Candace Against the Universe" degan.
Multserialini bizda ko‘pchilik ko‘rganmi bilmayman, ammo menga yoqadi. Serialini 1-mavsumidaman, moviesi o‘tgan yili olingan ekan.
Multserialida syujet har xil, faqat tuzilish farqi yaqin. Fineas va Ferb juda aqlli bolalar, doimiy qoyilmaqom ixtirolar qilib turishadi. Opajonlari Kendis esa doim shu ixtirolarni ko‘rsatib, qanchalik yomon kulfatlar olib kelishini aytib onasini chaqiradi. Lekin onagacha aka-ukalar hammasini joy-joyiga qo‘yishgan bo‘ladi. Kendis endi onasini olib kelib, shunday qaraganda: no‘joya biror narsa yo‘q. Multserialda doimiy shu strukturada yangi-yangi hikoyalar ko‘rsatiladi. Ha keyin, yana bir asosiy narsa, aka-ukani bir o‘rdakchasi(shunaqamikin o‘zi, bilmadim😅) bo‘ladi, o‘rdakcha juda chaqqon va qutqaruvchi. Biroq odamlarga buni bildirmaydi, faqat doim yovuz niyatli olim dushmaniga qarshi o‘z aslini ko‘rsatadi. Serialni ikkinchi fonida o‘rdakcha bilan olimni kurashi ko‘rsatiladi. Bu serial 4 tami, 5 ta fasl o‘zi.
Xo‘p, endi multfilmida nimalar bo‘ladi?
Har doim Kendisni ukalari undan chaqqon va uddaburon bo‘lishadi yoxud uni so‘zlarini yolg‘onga chiqarishadi. Onasi hech qachon uni so‘ziga isbot ko‘rmaydi, holbuki u biroz oldin mavjud edi. Lekin Kendis doimo yolg‘onchi va u endi qancha ishontirishga harakat qilmasin, o‘ziga ishontira olmasligini anglaydi. Ukalari o‘ziga xos. Ammo u-chi, nimani qoyillatib qo‘yipti?..
Shundan tushkunlikka tushganida uni va professor(olim)ni qizini o‘zga sayyoraliklik olib ketadi. Uyerda Kendisni "The Chosen one" ya‘ni, tanlangan deyishadi va ardoqlashadi. Undan faxrlanishadi. Lekin bu hiyla edi. Yerda nima gaplar? Fineas va Ferb opalarini xafa qilib qo‘yishganini sezishgandi va uni o‘zga sayyoraliklar kemasida ketganini ko‘rishdi. Ular va professor o‘z opa va qizlarini qutqarishga aka-ukani do‘stlari bilan professorni kemasida yo‘lga tushishdi(albatta o‘rdakchamizam yashirinib olgan kemada). Xullas, ular Kendisni yoniga borganlarida u Yerda unga ishonmasliklari va qadrlimasliklarini aytib Yerga qaytmasligini aytadi, bunda hali hiylani sezmagan edi. Davomida hali qiziq narsalar ko‘p bo‘ladi, lekin yarmidan ko‘pini sizga qoldirdim: Kendisga qanday hiyla qilishyapti? Unga hiyla qilishayotgan ekan, aka-ukalarni ahvoli ham yaxshi emas. Ular va professor nimani o‘ylab topishadi? Va hokazolarga javob topgiz kelsa, multga link pastda.
Endi men ilg‘agan ba‘zi narsalar xususida
Syujet xuddi hozirgi kunda har narsa niqobi ostida odamlarni(ko‘proq yoshlar) aldashayotganiga o‘xshash. Nimaga bizni odamlarimiz ko‘p aldanayapti? Chunki biznikilarga ishonch berishmaydi. "San man aytgandek odam bo‘lasan", "Nime 2 ming qimmatga olasan bola", "Qanaqasiga bunday bo‘lishi mumkin?! Safsatangga ishonamanmi?", "Yosh bolaga ish buyur, ortidan o‘zing yugur!". Qadrli odamjonlar, bular sog‘lom tarbiya va o‘rnak usulimas! Siz xato qilishga yo‘l bermaskansiz hech qachon u shaxsiy qarorlar qilishga noqobil. Avtoritar tarbiyani yaxshi tomoni, keyinchalik u kam xato qiladi deymiz, biroq bu shaxsiyatni parchalarkan, insonni o‘zligidan ayirarkan nimaga kerak? Bu xil tarbiyani yoqlovchilar - aql bilan ishlashni eplamaydiganlar. Arastu aytganidek, kuch bilan ish qilmoq nodonlik belgisidir.
Gapni indalosi, gar biz yoshlarimizni o‘zligini tan olib, ularni ayni o‘zlaridek ekanligidan faxrlanishimizni va bu bilan yomon hayot kechmasliklarini uqtirmagunimizcha, aldanaverishadi. Bitta terrorga emas, muvaffaqiyatga, mashhur bo‘lishga va har narsaga aldanadi. Nega? Chunki ularda ular "The Chosen one" bo‘lishadi!
Tepadagisi syujet boshiga daxldor, endi umumiy multda aytilmoqchi bo‘lgan narsa: sen noyob emasdirsan, lekin sensan. Sen kabilar mavjuddir, sendan yaxshilar tiqilib yotar, yaqinlaringga/sevgilingga sendan yaxshisi munosibdir, biroq, biroq, azizim bir gapni men aytmasligim kerak, ichingda o‘zingga aytishing kerak: Bu dunyoda sendan bo‘lak kim bor?
Egoistlik qil demayapman, ammo hozir o‘lding deylik. Sen bilan kim ketadi? Sen eng boshida kim bilan eding? O‘zingmasmi? Ha balki, boshqalarga bir tiyinsan, ko‘chadagi suvsiz baklashkasan, qo‘ldan tushgan tarvuzsan(🌚). Ammo sen yo‘qmisan? Bu javobni boshqalar emas, sen belgila. Chunki sening butun dunyongda faqat sen mavjudsan.
Xuddi Fineas va Ferbga dunyodagi eng yaxshi opa haykalchasini olgan odam emas, yagona va birga bo‘lgan Kindessan)
Okay, ezoterika' darsimiz tugadi, endi shamlarni yoqib, multni ko‘rilar;)
Haya anaqa, bu multik unchalik falsafiymas-e))
Ko‘rmoqchi bo‘lsang, manbetta ko‘rishing mumkin