October 5, 2020

"G‘urur va xurofot" asariga taqriz(review)

So‘zboshi

"G‘urur va xurofot" - 1813 yilda nashrdan chiqiladi. Bu roman yozuvchi ijodini gultoji hisoblanib, u hali hanus qayta nashr qilinib, kinomatagrafiya sohasida sahnalashtirib, ishqilib, hech o‘z o‘rnini bermay kelmoqda. Yana shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, kitob theguardian.com talqini bo‘yicha "tarixdagi eng yaxshi 100 ta kitob" sirasidan.

Jeyn Ostinning jo‘n va go‘zal tasviri har qaysi o‘quvchini rom eta oladi. Ayniqsa, uning samimiyligi, kulgusi kishi qalbiga mustahkam o‘rnashib oladi. Jeyn Ostinning ijodiy davri XVIII-asrdan XIX-asrga o‘tayotgan vaqti, ya‘ni, realizmga o‘tish vaqtida to‘g‘ri kelib qolgan va bu narsa yozuvchi asarlarida sezilmay qolmagan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada Regresiya davri o‘sha vaqtlar "gullardi".

Nega "andisha" emas "xurofot"?

Andisha so‘zi, tojikcha so‘z bo‘lib, "андеша" ya‘ni, o‘ylash, fikrlash, fikr kabi ma‘nolarni anglatadi. Xurofot esa, arabcha so‘z bo‘lib, xato ya‘ni, xato fikr, mavhum kabi ma‘nolarni bildiradi.

Umuman, asar "Futsilyam va Elizabetta" deb nomlanishi ham mumkin edi, lekin bu yerda ramziy ma‘no bor edi. Ya‘nikim, Futsilyam yoshligidan faqat bir o‘zi haq bo‘lib kelganligi va unga eng oliy tabaqa vakililigini anglatatib kelaverishganidan haddan ortiq, g‘ururli kishi edi. Bu esa, odamga normal emas, faqat tepadan qarashga majbur etardi. Elizabet esa, Futsilyam unga aynan, tabaqasi sabab past e‘tibor beryapti va bu kishida hech qanaqa samimiylik, xolislik va saxiylik yo‘q deb o‘ylaydi. Bu esa, xato o‘y edi. Tushunganingizdek, xurofot.

Asardagi ba‘zi bir tasvirlarni buzib qo‘yilganiga qaramay, juda yomon tarjima deya olmaymiz. Yana bunga nomni "bozor" uchun moslashga urinishi tarjima o‘rtacha ham bo‘lmasligini ta‘minladi. Jimjimador dialoglar va ertaknamo xotima xatoliklarni "yopib" qo‘yadi.

Yana bir narsaki, biz buni shunchaki sevgi qissasi emas, jamiyat va davr ko‘zgusi deb bilishimiz kerak. Ya‘nikim, "G‘urur va xurofot" istisno qilib ko‘rsatilgan, lekin bunaqalar oz emasdi. Nurlar ko‘zguda jilg‘anadi. Ko‘zguga boqaylik-chi

Nikoh

Romanning ochilish satrida taniqli ravishda e‘lon qilinadi: "Qo‘lida puli bor balog‘atga yetgan har bir yigit o‘ziga qalliq topishi kerakligi hammaga ma’lum." Bu nikohni motiv va muammo sifatida belgilaydi. Ya‘ni, kitobxonga savol, obrazlarga esa muammo.

Nikoh - bu endi "qornimga bir burda non ham yesam bo‘ladi" degani emas. O‘zing bir burda non yemasangam, oilangga bir non yedirishing kerak degani. Bu iqtisodga bog‘liq murakkab faoliyatda ota-onalar har doim qizini "o‘ziga to‘q"larni berishni ko‘zlashadi. Lekin bu muammoga faqat iqtisodiy qarash. Axir, odam bolasiga avvalo, qalb kerak.

XVIII-asr oxiri va XIX-asr boshlarida Buyuk Britaniyada qizli oilalarni ko‘pi o‘zidan baland tabaqadan yoinki katta mablag‘larga ega kuyovlarni "izlash" ishlari bilan band edilar. Ularga ayniqsa, bal va mehmondorchilik qo‘l kelardi. Shu paytda to‘xtab, mulohaza yuritamiz. Bu qanchalik sog‘lom harakat? Demak, o‘sha davrdagi yoshlar emin-erkin baxtli bo‘lishdan mosuvo. Ostin ayni shu tuzumga qarshi Elizabet gavdasini jonlantiradi(Amakivachchasi Kollinz bilan turmush qurishga ko‘nmasligi, Futsilyam Darsini birinchi taklifini ras etishda hech qanday mol-mulkni o‘ylamagani va Darsini xolasini do‘q-po‘pisalariga qarshi qat‘iyat ko‘rsatganligini eslang) va bu bilan qizlarni o‘z hayoti uchun kurashishga chorlaydi. Ostinni kurashmayotganlarga hayratini Sharlotta Kollinzni taklifini qabul qilganda, Elizabetni munosabati jilolantiradi.

Faqat munosabat bilan tushuntirish qiyin. Argument kerak edi. Bu argument janob Bennet va missis Bennet edilar. Ular bir-birlari bilan burch sabab yashardilar va ularni baxtli deb bo‘lmasdi. O‘zlari baxtga yetmagan bo‘lsa mayli edi, ammo "olma tagiga olma tushadi-da"(Lidiya va Kittini tarbiyasi, Merining odamoviligi). Agar butun jamiyat shunday nosog‘lom tashkillanaverarkan odamlarda oilaga, hayotga va muhabbatga qarashlar yomonlasha boraveradi. "Ammo insoniyatga asl er-xotinlik baxti nimaligini isbotlab beradigan bu nikohning bo‘lishi nasib qilmagan ekan!"

Mavqe

Ostin davr va zamonning rivohlajlanishidan qat‘iy nazar, axloq va odob ijtimoiy mavqega kishilar hamda kiborlar to‘dasining ta‘biga qarab shakllanmasligi kerak degan g‘oyani oldinga suradi.

Kishining ko‘rinishi, "cho‘ntagi"ga qarab, munosabatda bo‘lishlik - xato. Lekin afsus odamlar shunday. Ostin bunday odamlar ustidan missis Bennet va Kollinzlar obrazi orqali kuladi, yana jamiyatni akslantiradi. Misol uchun, missis Bennetga berilgan ta‘rifga e‘tibor qaratsak: "...hayotdagi u eng asosiy maqsadi qizlarini turmushga chiqarish bo‘lib, yagona qiziqishi esa mehmondorchiliklarga yurish va yangiliklar edi." Jamiyatni oldindan, faqat moddiyat uchun yashashligini qoralashni, "kulish" asnosida yoritadi.

To‘g‘ri, Jeyn "romantika"si bilan mashhur, ammo yozuvchi bir necha ijtimoiy muammolarni aks ettira olishini guvohi bo‘ldik. Masalan, turmush o‘rtoq tanlashdagi nosog‘lomlik va buning natijasada tug‘ilajak farzandlarni yaxshi tarbiya olmasligi, risoladagidek baxtli hayot uchun yoinki qashshoq, yoinki hamma uchun beburd nomini olishiligi, eng asosiysi, bularning hammasi bir bo‘lib insonlarni g‘urur va xurofotga chorlashi.

"Feminist" Ostin

Kitob chiqarilganidan to hozirgacha kitobni feministik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi asar deydiganlarda bizda emas-u boshqa mamlakatlarda talaygina ekan. Men Ostindayam, Elizabetdayam feministik g‘oyani ko‘rmadim, axir, u shunchaki pul va mavqe uchun uylanmasligini aytdi, xolos. Menimcha, konservatizm g‘oyalariga "sig‘inadiganlar" "G‘urur va xurofot"ni feminist deb atashsa kerak.

Kamchilik

Asar garchandiki bestseller sanalsa-da, men uni top daraja deyolmayman. Yaxshi tasvir, ammo xotima Ostinni realizmga to‘laqonli amal qilmaganini ko‘rsatadi. Qizlar aynan ma‘lum chegarada sevishyapti, bu esa sevgini ko‘p hollarda sun‘iylashtiradi. Biz uchun ideal sanalgan ma‘shuqani Elizabetda ko‘ra oldim demayman. Hammasi birdaniga boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

To‘g‘ri, men ham baxtli bo‘lishni istardim, ammo bunchalik oddiy bo‘lmasdi. Shunchaki qat‘iyat bilangina hammasiga erishib bo‘lmaydi-da. Ostin esa shu qat‘iyat bilan yaxshi ertaknamo roman to‘qiy oldi.

"Ertaknamo emas, buyam bir yozuvchini fikri-da", - desangiz, uning realizmga o‘tish davrida ijod qilganini unutmang. Bu xuddi, kutubxonaga kirib, biron narsani yeyishdek gap. Agar "ijodkor xohlagan davrida xohlagan usulda qalab tebratishi mumkin", - degan fikrni olg‘a sursangiz, Ostin boshidan realizm uchqunlarini sezdirib turdi, ammo u so‘ngida kitobni trendga aylantirish uchun jo‘n xotima yasadi.

Sahnada


Roman asosida bir nechta filmlar, shu jumladan 1980 va 1995 yillarda "Mag'rurlik va xurofot" teleseriali va 2005 yilda "Mag'rurlik va xurofot" badiiy filmi suratga olingan. Bundan tashqari, 1940 yilgi romanning (AQSh) avvalgi qora va oq plyonkalarga moslashuvi mavjud.

Biz uchun nima?

Xo‘sh, shuncha narsa bo‘ldi, bizga nima? Bizda hali hamon ota-onalarni "kelajakni o‘ylash"lari sababli yosh oilalarni yilma-yil buzilishiga sababchi bo‘lmoqda. Statistikalarni o‘ziyoq qo‘rqitadi, lekin statistikani o‘zi haqiqatdan yiroq. Ko‘nikayotgan yoshlar ham oz emas, ularning bolalari nosog‘lom oilada yaxshi tarbiyali bo‘lishlari ehtimoldan yiroq. Va bu bolalar ertaga oilaga, hayotga qanday qarashadi?

Mavqe masalasi ham bugungacha trendda. Bir inson so‘zi, qarashi, adabiga qarab emas, kiyimi, telefoni, tagidagi moshinasi, hokim buvasiga qarab, munosabatda bo‘lishi achinarli hol. Ammo bunga odatlanib qolib bo‘lganmiz. Jamiyatni asosiy qatlami mana shunday fikrda ekan, kelajak haqida so‘zlash malol keladi kishiga.

Nima bo‘lganda ham, hech qachon nosog‘lom oilaga ko‘nikishga, yangi avlodni yo‘qotib qo‘yishga, odamlarni moddiyat quli bo‘lib qolmasligiga hamisha qarshi turishi kerak.

📝 Iqtiboslar:

✏️ Kechani shunday o‘tkazish qanday yaxshi-a?! Ochig‘ini aytsam, kitob o‘qishdan boshqa yaxshiroq mashg‘ulotni bilmayman. Boshqa ishdan odam birpasda charchaydi. O‘zimning uyim bo‘lganda, o‘z kutubxonam bo‘lmasa, o‘zimni eng baxtsiz deb hisoblayman.
✏️ Insonlarning eng aqlli va samimiylari yo‘q, aksincha, odamlarning aqlli va samimiy xatti-harakatlari birovning ustidan kulish maqsadi bulganlar tomonidan kulgiga olinadi.
✏️ Atrofdagilarga bee’tiborlik sevib qolganlikning eng ko‘rinib turgan alomati emasmi?
✏️ Albatta, mening hali qandayligimni siz tasavvur ham qila olmaysiz. Lekin chindan sevib qolganda, bu narsalar haqida o‘ylashmaydi, shekilli.

📎Manzil(ссыилка):

📖Kitobning elektron variantlari: pdf/epub

🎬Kitob asosida ishlangan eng sifatli filmni ko‘rish: saytda/telegramda

🏷Kitobni onlayn xarid qilish uchun: Book.uz

📚 Kitobsimiruvchi bilan