Taqrizlar
September 4, 2021

Qishlog'imizning raislari va o'rinbosarlariga

Bor emish, yo'q emish, dunyoning manipulyatsiya haqidagi eng yaxshi 10 ta kitobidan biri haqida gaplashavuzamish...

Men bugunimda va kelajagimda kimdirni boshqarish yoki lider bo'lish niyatim yo'q. Self-help kitoblarda yomon tavsiya kam, yaxshilarini foydasi esa seni bilim va anglash darajangga bog'liq. Ammo doimiy tashqaridan maslahat kutish odamni kurashishga va o'z ijodkorligini chiqarishga to'siq. Shu tavr kitobni yangi maslahatlar o'qish uchun ochdim.

Kitob nomi va mundarijaga ko'z yugurtursang, kitob dominantlikka moyil va tinmay og'zidan bol tomib "muvaffaqiyat" so'zini ishlatadiganlarga-ku deyishing mumkin. Ha, ba'zi bo'laklarini olib ko'rib chiqsang, shunday. Lekin butunlaymas. Sen aqllisan-ku broyim, kerakligini yutib, qolganini tuflay olasan, o'xshatolmasang, hamma yerni ho'l qilmay qo'yaver;)

Yashil og'a(Robert Grin)ni maslahatlari sen o'qigan kitoblardagi hech qachon ko'rmagan argumentlaring bilan emas, tarixdagi tirik insonlar bilan bo'ladi(endi ularni qancha tirikligini mendan so'rama). Aytishga arziydiganlarini gapirib beraman, yaxshilab o'tirvol.

O'zingni ko'p ko'rsatma. Bir zo'r voqea bo'ldi shu yerlarini o'qiyotganimda, meni bir jamoa bo'lib boradigan poytaxtdagi tadbirga taklif qilishdi. Jamoadagilarni ko'pi bir-biriga tanish edi, o'ylashimcha. Men ularga biroz begonaroq. Telegram guruhda o'zimizga tanishtiruv uchun kimligimiz haqida gapirib berishimiz kerak edi. Keyin men sodda mashnaqa, mashnaqa narsalarim bor, bunaqa bo'p vaqtimni sovuraman desam, kechga borib maktabda o'qiydigan bolalar sayohatda qiynalishmasin deb kattalarni oboradigan bo'lyapmiz, to'g'ri tushunarsiz deyishdi😁. Yo'q, men mutlaq nima bo'lganini bilmayman, lekin guruhdagi bir-ikki taniydigan odamlarim va a'zolarini o'zini qanday tutishini ko'rib xulosa qilyapman. Men bobni boshlaganimda bor-e, kallang ishlaydimi, haqiqat afzalmi yo hukmdor deb bir chaqalik tavsiyaga chiqardim. O'sha kunni o'zidayoq pandi yedirildi. Brodarkam, bu odamlarning ko'pi biosiga haqiqat, adolat - blabla deb yozsa-da, u bilan uni fikrlariga qarshi va u qabul qilolmaydigan narsalarni gaplashsang, senga "Irratsional" degan do'kondan bir necha yil olgan pivasini bo'lishmoqchi bo'ladi. Xullas, maqtanma, "menimcha"-penimchalaringni yig'ishtirib, chumodek harakat qilib holatni yaxshila, yoki ketingga tepishlaridan oldin tezroq sur.

Maqsad ve rejalarni aytma. Tilla gap, yaxshilab o'yla buni. Sen odamlarga rost gap(buyam individuval qarashing xolos) kerak deb bolalik qilib yurma. Shunchaki yaxshilab puxta o'yla va reja tuz, amalga oshir. O'zlari ko'rishsin. O'zingga ortiqcha bosim bo'ladi deb o'ylasangda, sen yaxshi odatlarni uyalib qilaman deb o'zingga ratsionallashtirayapsan xolos. Unutma, agar nimadir senga chindan kerak bo'lsa va qilging kelsa, sen uni me'yorni unutmasang, qila olasan. Egoistlikmas bu, shunchaki amal so'zingdan ko'ra ko'proq bosadi.

Me'yordan ham kam gapir. Tepada ma'lum ma'noda bu haqidayam to'xtaldik, aytilmagan narsalariyam bor. Har bir holatga tez va ko'p munosabat bildirish, seni o'z fikrlaring ta'siriga tushurtirishi va ratsionallikdan uzoqroq bo'lish ehtimoli bor. Eshit, o'qi, lekin gapirishda shoshilma. Bu haqida ko'p yerlarda o'qigansan, yana va'z o'qib turaveraymi.

G'amgin va omadsiz odamlardan qoch. Bu degani hech kimga hamdard bo'lma, kimdiring xafa ekanligini aytsa, manga nima deb ignoring qil deganimas. Shunchaki odamlarga hammasini bog'lab qo'ygan va o'zi haqida hech qachon o'tirib o'ylamaydiganlarga, va'z o'qishing ahamiyatsiz. Aytishim mumkinki, men ancha ta'sirchanman va tushkunlikka tushib turaman, ammo buni hammaga aytib, bo'g'zidan ushlab menga yordam ber demayman. Bamisoli Rik) = wubba lubba dub dub🕺🏻

​Nimani niyat qilsang - qilaver, nimani o'ylab fikr qilsang-da qilaver, lekin hamma qatori harakat qil. Agar sen jamiyatda yashayotgan bo'lsang va ko'p boshqalarga emas, o'zingga e'tibor bermoqchi bo'lsang, ulardan ajralishga urinma. Ya'ni o'z tabiat va "men"ingdan kechish emas, balki seni eshitmaydigan, ko'rmaydigan quloq, ko'zlarga isbotlash o'zingni ishonchingga tashqaridan keladigan motivdan qochish. Sen bilasan o'z qarashlaring osmondan tushib qolmagan va qolganlargayam osmondan sen tushurtirib berolmaysan.

Kitobda ba'zi-bir manipulyatsiya usullari bor. Umuman, istasak-istamasak ta'sir har qayerda boru, faqat ularni munosabatlarda ishlatish juda yomon ish. Bilaman, bu yomonligi siyosatchilarga ahamiyatsiz va bu boshqaruv usulini esa aqllillar ko'paymaguncha, ta'sirini pasaytirish qiyin.
Insonlar munosabatlarida manipulyatsaga kelsak, bu ishni faqat o'z erkiga ega bo'lmagan va ruhan nosog'lom odamlargina qilishadi.

Xulosa qilsak, yaxshi maslahatlarni eshita olish ham fazilat, o'zingni dunyo markazi deb bilish noto'g'ri va yaqiningni/odam nomiga ega mavjudotni seva olsang sev, yo'qsa, uni o'zgartirma🙂