March 19, 2021

Kitobxonning haqiqiy huquqlari - Daniel Pennakni so‘zlariga ko‘ra

Salom, kitobxon. Hamma o‘z huquqlaridan xabardor bu zamonda, xo‘sh, siz o‘z huquqlaringizni bilasizmi?. Bugun fransuz adibi Daniel Pennakni kitobxonning haqiqiy huquqlari haqidagi 10 ta haqingizni ko’rib chiqamiz :)


1. O'qimaslik huquqi


Bugun juda yaxshi quyoshli kun va siz sayr qilmoqchisiz? Sizning sevimli futbol jamoangizni o’yini bormi? Unda o‘qimang.

Kitob o'qish - bu majburiyat emas, tanlovdir va shuning uchun uni shu qadar o'ziga xos amalga oshirish ma’qul.


2. Sahifalarni o'tkazib yuborish huquqi


O’qish tajribasi sizga tegishli, individual. Siz bunga haqlisiz.


Xonadagi gilamni, shkafni rangi qanaqa? Usiz asarni tushuna olmaysizmi?


3. Kitobni tugatmaslik huquqi


Agar siz kitobni tugatmaslikka qaror qilsangiz, xoh u birinchi bobdan keyin bo'lsin yoki deyarli oxirida bo'lsa, bu sizga bog'liq.


O'zingizni majburan tugatishga majburlashingiz sizni undan nafratlanishingizga olib keladi. Mayli tugatmang, ammo e’tibor bering, sizga bu pand bo’ladi)


4. Qayta o'qish huquqi


Siz allaqachon, bir necha bor o’qigan kitobingizni o’qiyapsiz, bu yomonmi? Bizda suv parisi kabi chaqirishdan to’xtamaydigan bitta kitob bor:


“Meni o'qing, yana o'qing, yangi kitob boshlamang, pushaymon bo'lishingiz mumkin. Siz va men doimo yaxshi vaqt o'tkazamiz!”


Ba'zan bu sizning avvalgi didingizni shubha ostiga qo'yadi, ba'zan esa, hayotingizdagi birinchi marta qo'lga kitob olgan paytlarga qaytaradi. Menda bunday qayta o’qiladigan kitobim ancha pafosli va juda o’ziga xos emas bu adabiyotda. Ammo meni doim ta’sirlantiradi - “Sabo va Samandar”.


5. Har qanday narsani o'qish huquqi


Yaxshi kitobxon bo'lish uchun ming sahifali kitobni o’qishingiz yoki “izm”larni tadqiq etishingiz shart emas.
Yaxshi kitobxon hamma narsani o'qish imkoniyatiga ega.


Sizga romantik romanlar yoqadimi? Ularni o'qing! Siz o'spirin sirlarini yoqtirasizmi? Olg'a! Ha, hatto hozir oynaga qarab, tik-tokerlardagi mashhur bo’la olishingizni aytadigan kitoblar ham hisobga kiradi.


6. Qochish huquqi


O'qish bilan bu tashvishli dunyodan qochish, juda oson-a. Yig’latadi, titratadi. Kitoblar sizni vaqt va makon bo'ylab sayohat qilishga majbur qiladi. Ular sizni o‘spirin kibor, aqldan ozgan olim, o’t o’chiruvchi bilan tanishtirishi mumkin.


Shu yerda Umberto Ekoni so’zlari juda kerak:


Kim o'qimaydi? 70 yil ichida faqat bitta hayot yashagan bo'ladi: o'z hayoti! Kim o'qiydi? 5000 yil yashagan bo'ladi, chunki o'qish bu tarixda yashab, o’lmasligdir.


7. Istalgan joyda o'qish huquqi


Kitoblarning sehri shundaki, ularni istalgan joyga olib borishingiz mumkin.
Hojatxonada bo'lganingizda, ta'tilda, navbatda.


Kitoblar bu gavjum hayotda doimo yonimizda bo'lgan sodiq sarguzashtlar sandig’i.


8. Ko’zdan kechirish huquqi


Agar butun bobni o'qish uchun vaqtingiz bo'lmasa nima qilasiz? Ko’zdan kechiring!


Bir sahifaga sho'ng'ish va Venetsiyadaligingizni yoki yetti dengizda suzib yurgan qaroqchi ekanligingizni tasavvur qilish uchun besh daqiqa vaqt ketadi.


Javondan kitobni oling va tasodifiy sahifani oching. O'qing va joyiga qo'ying. Miqdor muhim emas. Kitoblarni tishlash mumkin emasmi?


9. Baland ovoz bilan o'qish huquqi


Agar siz o'z uyingizda yolg'iz bo'lsangiz va ikki sevgilining dialogini ovoz chiqarib aytmoqchi bo'lsangiz, yoki agar siz do'stingiz bilan u uchun yozilgandek ko'ringan parchani baham ko'rishni istasangiz, buni bajaring.


10. Jim bo'lish huquqi


O'qiganlaringiz haqida fikr almashish majburiyatini his qilmaslik huquqi, shunchaki ularni o'zingiz uchungina saqlash muhimi.


O'qishga cho'mganingizda sukut saqlash huquqi. Bu faqat siz va sizning kitobingiz bo'ladi, boshqa hech kim va boshqa hech narsa yo'q.



Hech qachon kitobxon sifatida uyalmang.
O'zingizning didingizni hech qachon boshqalardan himoya qilmang.
Yiliga 1 ta kitob yoki 100 ta kitob o'qiganingizdan qat'i nazar, hech qachon hech kimdan kam emasligingizni unutmang.


O'qishni davom eting, kitoblaringizni sevishni to‘xtamang.


Yaxshi kitob sizni hamma narsadan, shu jumladan o'zingizdan qutqaradi.
- Daniel Pennak

Siz bilan Kitobsimiruvchi bo‘lishdi)