March 14, 2021

Kitobxonlar uchrashuvi

xo‘rlangan...

(oxirida galereya)

Uchrashuv sarhisobi

Ozib-tozib bir sarhisob yozay.

Umuman, bularning bariga atigi kitob o‘qishni o‘z a‘moli deb biladiganlar bilan bir davrda o‘tirish istagim sababdor. Kanalimdagilarga uchrashamiz dedim va qarasam ko‘pmiz. Uchrashdik. Keyin klub rasman ochildi. Noyabrda. Hozirgacha 4 bor uchrashdik. Bugun 4-si o‘tdi. Shu 4-uchrashuv haqida.

Odatan uchrashuvlarimizda, boshida tanishuv bo‘lardi. Yo‘q, bu safar boshqacharoq qildik. Har bir uchrashuvga kelgan kitobxon yana bir kitobxon bilan 5 daqiqa suhbatlashadi. Qanday? Shunchaki hammaga raqam beriladi va raqami bo‘yicha savollar. Ikkala kitobxon o‘sha savollari yuzasidan muhokama qilishadi. Kitobxonlarni bari ijtimoiy tarmoqlardan to‘planganini inobatga olib, ularni begonalashuvini yo‘qotish uchun birinchi bor sinab ko‘rdik. Natija berdi, chamamda.

Keyin 5-6 kishilik 4 ta jamoaga bo‘ldik. Va jamoa nomlari. Ana shunda tanishish. Emojilarga qarab, asar nomini tezda topish. Bu qiziqarli va o‘ziga xos.

Biz har safar belgilar orqali asar yoki qahramonni topadigan o‘yinlar qilardik, bu safar esa, yangi "Do‘stimga 2 daqiqa" loyihasini sinab ko‘rdim. Har bir jamoadan 1 tadan boshqa jamoa a‘zolaridan ko‘ra, kamroq o‘qiydigan kitobxonni hakamlar hay‘ati deb sayladik. Hamda jamoalarga nega bu do‘stlari kitob o‘qishlari kerakligini 2 daqiqada o‘z do‘stiga gapirgandek, aytishlarini so‘radik. Sal murakkabdek, ammo tizimda yaxshi ishlashsa, har bir a‘zoga ta‘siri o‘zgacha. Individuval sinab ko‘rish ham kerak, shekilli. Do‘stlar baholashdi. Va "Usta va Margarita" muhokamasi. Sifatli muhokama bo‘ldi. O‘qishim kerakligini yana bir bor angladim.

Asar muhokamasidagi og‘ir gaplardan keyin emojilarni 2-chapterini o‘tkazdik. Kayfiyat to‘g‘rilandi. Endi kitob almashish. Va "Men bilan" loyihasi e‘loni. Kitobxon o‘zi bilan yana biror yangi a‘zoni keltirsa, yangi a‘zoni yoshiga qarab, ballar beriladi unga. Eng ko‘p ball olgan katta kitob bilan taqdirlanadi.

Taqdirlanish. Xayr-xush.

Menga berishganlari;)

Shunday o‘tdi. Hammasi ajoyib. Sizam kitobxonlar bilan uchrashing. Bizni klub kitobxonlar uchun doimo ochiq. Keyingi apreldagi uchrashuvimizda boshqa viloyatlardanam do‘stlarimizni kutamiz. 17-aprel(hozircha shunday). Ko‘rishguncha.