Taqrizlar
October 29, 2021

Telba Maks

2015-yili. Mad Max: Fury road. Qayerlarda tan olinganini izlashing uchun tepadagi narsalar yetsa kerak.

Shunday qilib, distopik cho‘lda Maks yashaydi. Maqsadi omon qolish. Insoniyat bu safar suv uchun, benzin uchun urushadi. Suv va kuch bilan odamlar ustidan hukmronlik qiladigan sardorlardan birining to‘dasi Maksni qo‘lga oladi. Maks qocha oladi, qachonki u boshqalarni qutqarsa. U qutqarmaslikdan qiynaladi. Vaqtida yetib bormagan. O‘ldirishgan. Bundan doim azob chekadi. Yana qiynalolmaydi. Shu tariqa, qumdagi haqiqiy olishuvlar, xavflar ichida bu distopik olamni odamlari bamisoli bizdek ekanligini asta payqab borasan. Makslar umid va poklanish mumkin bo‘lgan joyga borsalar, bo‘ldi. Lekin bu distopik olam. Va sen haqiqatni bilganingda, yana yarim soatdan ortiqroq vaqtda nima ko‘raman deb o‘zingni yeysan. Ko‘r.

Qayerga borishimiz kerak?

Qayerga borishimiz kerak... Biz yaxshiroq o‘zimizni izlab, bu cho‘lni kezib yuramizmi?

Hukmdordan, konservator, mutaasib jamiyatdan qochib qayerga boraman deysan. Hayot manbayi ularda. Sendagi zahira esa tugaydi. Sen shuncha zahmat-la qochgan joyingda hayot bo‘larkanmi?
Muammolardan qochganing bilan ularni bir kun kelib senga "Salom" berishlarini to‘xtatolmaysan. Kurash.

Bolalik, uni o‘g‘irlashlari va uni qayta bo‘lmasligi

Furiosa(jangari ayol qahramon) qanday qilib bu olamga qo‘shilib qolganini Maks so‘raganda, bolaligida uni o‘g‘irlashganini aytadi. Bolalik deganda, faqat o‘yinchoqlar olib berishni, kasal qilmaslikni, o‘smirlik deganda gormonlarni nonormal jarayoninigina tushunadigan ota-onalar ularning "o‘z"lariga e‘tibor berisharmikin? O‘zlari istagan yo‘lni bolalariga, aniq shu chegaradan chiqmaysan deydigan jamiyat bolalari bolaliklarini kimga o‘g‘irlatishayotgan ekan-a? Anau dev va qizaloq multi bor edi-ku, yaqinda kitobini ham Nodira opa tarjima qildi, unda ham o‘sha "dev"larni o‘g‘irliklarini ko‘rmaganmidik?
Bolalikni bering!
Lekin afsus, senam ko‘p yashab qo‘yding, bolaliging o‘tib bo‘lgandir. Bolaligini yo‘qotgan qalb umidni faqat bolaligida ko‘radi. Ammo u qaytmaydi. Never.

Inson - buyum emas

Maks, Furiosalar bilan haligi sardorni yorlari ham qochayotgandi. Ta‘qib sababini bilganingdan keyin ularni aytgan bir gaplarini senga eslatay: Biz buyum emasmiz! Sardor "xazina"lari ortidan to‘xtamayotgan edi. Sen insonman-ku deysan, lekin, o‘lganim yaxshi, foydam yo‘q-ku hech kimga deysan. Sen har doim munosabat uchun yagona narsa manfaat ekanligiga ishonasan. Sen xotining, qizingni, farzandingni xohlagan ishingni qildirishga haqqim bor deb bilasan. Mana sening "buyum"parastliging.

Sen tanlangan emassan

Distopik olamlarda sardor doimgidek sardorlar kabi bo‘lmasligini yaxshi bilsanglar. Bu safargisi O‘lmas Jo(nomini endi esladim-da). Rostan o‘lmas, deb o‘ylashadi to‘dagi kallari. U "jannat"ga kim borishini, qanday borishni biladi. Bizni telba Maks shaykasiga o‘sha kallar to‘dasini bir a‘zosi ham qo‘shilib qoladi. U tanlangan bo‘lish uchun jonini berishga tayyor. Lekin u tanlangan emas ekan. "Tanlanish" - yolg‘on ekan. Ruhiyati va ishonchi so‘ngan insonlar misoli. Millionlab obunachi va katta obro‘ tanlanganlikni anglatgani singari.
Biroq, fikrlar oxirida pozitiv narsa kutishingdan ma‘no yo‘qligini tushuntirib, sen oddiy odam ekanligingni, seni tan olishlari shart emasligini eslatib o‘taman.

Bye

Ko‘rging kelsa, ko‘r.