Ranglar ko‘p yoxud "Sevgim-sevgilim"(O‘lmas Umarbekov) qissasiga taqriz
Sevgan insonga kuldirgich ham husnbuzar boʻlib koʻrinadi.
Yapon xalq maqoli
📔O‘tkan asr o‘zbek adabiyotiga o‘z asarlari bilan yangilik kiritgan O‘lmas Umarbekovning bu qissasi 1963-yil yozgandi.
🤦♂️Nazarimda, bu dunyodan ideallik qidirgan inson - g‘irt ahmoq.
😕Qishloqda o‘qigan yo‘q, demak o‘qiganni shahardan topamiz. Shaharlik onasiz o‘sgan O‘ktam Yakkachinor degan qishloqga agronom bo‘lib keldi. U bo‘ldi, bu bo‘ldi, u Oypopuk degan qizni sevib qoldi. Qiz ham sevardi. Qiz asl otasidan urushda ayrilgan, Usmon aka esa, uni qiz qilib olgan edi. Oypopuk Usmon akani fidoyiligiga uchun har narsaga rozi edi, hatto sevgisidan kechishga ham. Qishloqda sevishganlar ancha baxtli onlar kechirishdi, ammo kun tugagandi, endi tunni ham tongga ulash kerak. Fidoyi ota qamaldi, sababi noma‘lum. Qizni holati tayin... Taqdiri endi qanday kechadi Oypopukni? Qil ustidadir yoki o‘zi qildir, unisini o‘qisangiz, balki bilarsiz?! Sevgi qissamiz nima sababdan endi fojia bilan tugarkan-a?.. Majburlamayman, lekin baribir shularni javobini bilgingingiz kelsa, 1-2 soatingizni ajratib, o‘qib ko‘ring, yomon asarmas.
♾Inson o‘qigani, uqigani emas, tanasidan o‘tkazgan borini sinovlarda namoyon etadi.
⚪Oypupuk fe‘li - Gohida shunday insonlar bo‘ladiki, ular uchun osmon to‘la oppoq bulut bo‘lib ko‘rinadi. Osmonga qarasang, qarayversang, oqlikni, soflikni ko‘raverib, ko‘zing oqlikka o‘rganadi. Xuddi kishi qop-qorong‘u yerdan quyoshga chiqsa, ko‘zi moslashishi kerak bo‘lgandek, aynan Oypopukning fe‘li, hayoti umuman barcha-barcha auristikasi(ichkiyoti) oppoq bulutlar bilan to‘lgan edi, u shuning uchun ham urush, ayriliq va azoblardan qo‘rqar edi, chunki ularda oqlik mavjud emas. Aynan O‘ktamdagi bir so‘zda u qora narsani ko‘rdi va, va ko‘ziga hech narsa ko‘rinmadi, chunki u zotan shunday fe‘l sohibi edi. Balki onasi bo‘lganda, uning osmoniga kamalak qo‘shilardi hamda u hozirgi fe‘liga o‘xshamasdi. Oypopuk qayerda adashgan yoki kamchil fe‘lchalari bor bo‘lsa, ko‘pi onasi sabab.
❓Rostan ham sevgimidi o‘zi bu?
〰️Sevgi haqida asarlar o‘qiganda o‘quvchi mutaasibonan uning so‘zlarini qabul qiladi va xulosani o‘zi chiqaradi. Yozuvchi O‘ktamni sevadi dedi, lekin mening xulosam aslida unday emas. Nega unday emas? Chunki, men bilgan, tan olgan, zarra tuygan ishqning tarkibidagi hissiyotlarning ko‘pi ularning sevgisida mavjud emas. Deyaylik Islom, O‘ziga ishq kabi tushunchalarsiz buni tusmollasak, bu O‘lmas Umarbekovning sevgi qissasi. Aynan uniki va unga o‘xshagan tushunchalar sohibiniki. Hammaning o‘z fikri bor deganlaridek, sevgi u aytgan narsamas, valekin qissa uning "sevgisi" haqida. Asarni mohiyatan darajalasak, xulosa yozuvchining sevgisida O‘ktam Oypopukni sevgan.
❗Inson qo’li bilan yaratilgan hech bir narsa mukammal emas…
Rojer Bekon
🤔Odamlar hamisha ideal narsaga harakat qilishadi, butkul yomon yoki batamom yaxshi. Hamma-hamma zohirlikga shunday qaragan, bunday ko‘z bir kun o‘sha mukammallikni o‘rtacha ranglarini yoki aksini ko‘rib, hayotdan umidi so‘nadi. Asli bizning dunyo ranglarga boy! Faqat qora va oqdan iborat desak, bizni tabiat kechirmasa kerak. Hammasini boricha qabul qilib, boricha bayon qilsak, bundan o‘zga xolis amal bormi?
🏳Qissa o‘zining davrida yangilik qilgani bilan e‘zozlandi, ya‘ni o‘sha davr asarlarini ko‘pida xotima "baxtli kunlar" bilan tugardi, vanihoyat bunda sal kamchili bilan realizmga yaqinlashdi. Hozirgi kunda esa, zamonamiz bunaqa fojealarga o‘rganib qoldiyam. Vaqt sinovidanda o‘tdi bir asrga, lekin qissa bizni asrimizni o‘rtasiga borib, yashashiga gumonim bor...
🔻Men hamisha O‘lmas Umarbekov asarlarini so‘zi va dili bir yo‘sinda emasligini ta‘kidlab kelganman. Yozuvchining fikridan chetroqqa chiqsak, aytgan xulosasi yaxshi-kuya, faqat u tabdil etgan syujet va qahramonlari aynan chin ishq nash‘asin ko‘rsatmadi. Men O‘lmas Umarbekovni juda hurmat qilaman, lekin uning asarlaridagi syujet va o‘z so‘zi mening fikrimga ikkalasi qarshi keladi. Men tan olgan va bilgan haqqiyat uning asarlarining o‘z so‘zidagina isbotlanadi, syujetida emas. Bu xuddi, siz Yer Quyosh arbitasida, Oy esa Yer arbitasida aylanishi bilasiz, lekin kimdir sizga Yer Quyosh arbitasida aylanadi, lekin Oy Yerning sun‘iy yo‘ldoshi emas desa, siz unga qo‘shilolmaysiz. Shu ikkalasini birlashtirib, u kishi sizga astroma‘lumot desa ishonmaysiz. Yana A harfidan keyin B harfi kelishini bilib, B harfidan keyin C harfi kelishini bilmagan kishi xato qilganidek, O‘lmas Umarbekov ham shunday tusda asarlarida kamchillikka yo‘l qo‘ygandi. Qisqasi uning "astroma‘lumoti" va "alifbosi" mening "astroma‘lumotim" hamda "alifbom"ga zid. Har bir fikr yashashga haqli...
💠Men ustamasman, lekin uy qanday bo‘lishini ko‘rganman. Uyda yashab ko‘rganman, ta‘bimga mos kelmaydigan uyni ko‘rsatishsa, kamchiligini ko‘rsataman.
✡Sevgiga ishonish kerak, ishonish va ishonish... .
Telegram.me/Bookvamper