August 7, 2020

"Baskervillar iti" - kuchukmidi, odammidi?

Meni uxlatmay, biroz hayiqtirib, tugatmaguncha o‘zidan uzoqlashtirmagan bu detektiv qissa "Sherlokni so‘nggi ishi"dan keyin birinchi marotaba Xolms obrazi paydo bo‘lgan asar edi. "Baskervillar iti" Sherlok Xolms personajini qaytadan shuhrat cho‘qqisiga chiqargandi.

Angliya. 1899-yili. Kuz. Charlz Baskervill sirli holatda oʻlim topadi. Baskervillar oilasining tassavuriga koʻra, sirli vodiyda gʻayritabiiy va oʻta shaytonsifat qoʻrqinchli it Gripmen yaqinindagi Baskervill Xoll degan joyda dahshatli kechalarda barcha Baskervillarni taʼqib etishi oilaviy afsona boʻlib, avloddan avlodga oʻtib kelgan. Afsonalarga koʻra, Baskervillardan biriga bu sirli it dahshati bundan ancha avval, XVII-asrda boʻlib oʻtgan. Shu voqeadan beri Baskervillar oilasidagi yuzaga kelgan barcha voqealar oʻsha voqea bilan bogʻliq deb hisoblashishadi. Sharpa aslida afsonalarga koʻra, koʻzlari yonib turadigan vahshiy, bahaybat it boʻlgan.

Charlzni doktori Mortimerning fikricha, Charlz Baskervill oilaviy afsonaga qattiq ishongani bois, kechalari koʻchaga chiqmagan. U kechki vaqt aylangani chiqib, qaytib kelmagan va parkda murdasini topishgan. Charlz yurak ogʻrigʻi tufayli vafot etgani qayd etilgan. Lekin baʼzi bir doktorlar boʻlimida murda taʼnasida itning ulkan panjalari aniqlangan. Bundan tashqari, ser Charlzning oʻlimiga qadar Baskervill Xoll yaqinida yashovchi fermerlar kechasi bir necha bora Baskervillar afsonasi taʼkidlanganidek, koʻzlari yonib turuvchi itni koʻrganlari haqida aytishgan.

Charlz Baskervilldan ancha-muncha meros qolgandi. Uning merosxo‘ri Amerikadan Genri Baskervill edi. U Angliyaga keldi, unga tirik qolishni istasangiz, Baskervil Xollga bormang, qabilidagi maktub keldi. Xo‘sh, nega ogohlantirish?

Doktor Mortimer nimadan xavotirda? Kim Genriga maktub jo‘natdi? Rostan, dahshatli it mavjudmi? Sherlok Xolms bu safar qanday lol qoldiradi? Keling, uyog‘ini kitobda o‘qiymiz!

Haqiqiy shaytonsifat itlar - odamlarni o‘zlari. Odamlarni illatlari - eng vahshiy hayvonlardan-da dahshatliroq.

Bu dunyodagi haqiqiy afsonalar hamisha oramizda. Faqat biz ularni tan olgimiz kelmaydi. Ular - bizni o‘zimiz.

O‘zimizni anglash nasib etsin! Afsonalarni kashf etaylik!

📝Iqtiboslar:

✏️"Dunyo bunday ayonliklarga to‘la, ammo ularni hech kim payqamaydi."
✏️"Erkinlik menga har narsani beradi: ruhiy xotirjamlik, baxt, o‘z hurmatimni - mutlaqo hammasini!"

Meni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimda ham, kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram