8-Mart uchun 8 ta kitob
8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan yaqinlaringizga, onangiz, rafiqangiz, opa-singlingiz, birga o'qiydigan yoki hamkasblaringizga sovg'a izlayapsizmi? Albatta, eng yaxshi sovg'alardan biri bu - kitob! Lekin qanday kitob sovg'a qilsa eng maqbuli bo'ladi? Bugun men sizlarga shaxsy tavsiyalarim bilan bo'lishmoqchiman.
1. Мей Маск - "Женщина, у которой есть план: правила счастливой жизни"
Model Mey Mask xonimning qiziqarli tarjimai holi. Bu ajoyib, kuchli va mustaqil ayol ko'p yillik muvaffaqiyatli karyeraga ega. Va yana u taniqli amerikalik tadbirkor Elon Maskning onasi hisoblanadi. Mana Elonda qayerdan buncha talant)))
Mey Maskning juda qiziqarli: ko'plab to'siqlar va qiyinchiliklarga qaramay, u tom ma'noda.. barcha maqsadlariga yeta oldi! Uning hayot yo'li ayollar uchun katta motivatsiya bo'lsa ajab emas.
2. Сон Вон Пхён - "Миндаль"
Bosh qahramon Son Yun Je aleksitimiya - o'z his-tuyg'ularini tasvirlab bera olmaslik kasalligiga chalingan. Bu miyada mindalga o'xshash neyronlarning buzilishi tufayli yuzaga keladigan kasallik. Uning onasi va buvisi uni o'zlariga tegishli kitob do'konida mehr va g'amxo'rlik muhitida tarbiyalaydilar: Yun Jening odamlar orasida yashashini osonlashtirish uchun ular turli stikerlardan foydalanishni o'rgatishadi. Ammo baxtsiz voqeadan Yun Je yaqinlaridan ajratib qoladi: u butunlay yolg'iz qoladi. Hissiyolarini izhor qilishdan mahrum odam haqida psixologik roman, hayotimizga boshqacha ko'z bilan qarashga undaydi. Zamonaviy Janubiy Koreya adabiyotidan ta'sirli hikoya desak ham bo'ladi.
3. Анастасия Иванова - "Use your Girl Power!"
Bu interaktiv ingliz tili darsligi bo'lib, malika Diana, Joan Rouling, Agata Kristi, Frida Kalo kabi kuchli ayollar haqida 30 ta voqea, shuningdek, audio, lug'at va qiziqarli rasmlarni o'z ichiga olgan. Ajoyib hikoyalar olamiga sho'ng'ib ketgan o'quvchi ingliz tili darajasini qanday oshirganini sezmay ham qoladi. Ham ingliz tilini o'rganish oson, ham yaxshi sovg'a!
4. Luiza Xey - “Hammasi yaxshi boʻladi”
Luiza Xeyning kitobi orqali ruhan tushkun kishilar ijobiy kayfiyat dasturidan foydalanib dardlariga davo topganlar. Ishonchimiz komil, siz ham salomatligingizni tiklash va mustahkamlashda, umuman, hayotda baxtli yashash uchun ushbu kitobdagi tavsiyalardan unumli foydalanasiz. Kitob keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan.
5. Jeyn Ostin - "Andisha va gʻurur"
Angliya, XVIII asr oxiri. Beshta opa-singil Bennetlarning ota-onasi qizlarini turmushga berishdan xavotirda. Shunday paytda, obro'li oilaning hayotida yosh jentelmen janob Bingli paydo bo'ladi...
Albatta, yangi qo'shnining do'stlari orasida ham maftunkor opa-singillar uchun boshqa aristokratlar bor. Biroq, hammasi oddiygina emas. Irodali Elizabet Binglining do'sti, kelishgan va takabbur janob Darsi bilan uchrashadi va ular o‘rtasida jiddiy munosabatlar boshlanadi, buning oqibati yo sevgi yoki nafrat bilan tugashi mumkin...
6. Nodirabegim - "Men, dadam va Alsgeymer"
Shubhasiz, "Men, dadam va Alsgeymer" kuzning so'nggi kunlari atmosferasiga mos kitob. Alsgeymer nimaligiga kelsak, bu insonni aqliy qobiliyatlardan, ayniqsa, xotiradan ayiruvchi xastalik nomi.
Nodirabegim Ibrohimovaning mazkur to‘plami mutolaasi kitobxonni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. Chunki yozilishi ravon, tasvirlari yorqin, qahramonlari jonli, demak, mutolaa o‘quvchini qiynamaydi...
7. Malala Yusufzoy - "Men Malalaman"
Ma'lum muddat tolibon terroristlari ta'siriga tushib qolgan Pokistonda ayollar huquqi, ayniqsa ularning ta'lim olishlari uchun kurashgan 13 yashar qizaloq haqida. Uning nigohlari orqali qanday qilib davlatning tolibonlarga qarshi kurashgani, ularning begunoh xalqqa nisbatan qilgan zug'umlari ochib berilgan.
Muqaddas dinimiz Islomda barchaga birdek xitob qilinib, erkak va ayollarga tenglik ila muomala qilingan. Haq-huquqlarda birini boshqasidan ustun qo‘yilmagan. Shuningdek, ta'lim sohasida ham. Malala yosh bo'lsa-da, o'z jasurligi bilan tez orada butun dunyoga tanilib ulguradi.
8. Jianna Molinari - "Bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin"
Asar fabrikaga qorovullikka yollangan ishchi qizning bo'riga tuzoq qo'yishi bilan boshlanadi. Asarda barcha hodisalar ayni bir ramzlar bilan tushuntiriladi va ular juda ko'p. Ulardan ba'zilarini tushunish rostakamiga murakkab ekan. Eng muhimi, bu ramzlarni har kim o'zicha qabul qilishida. Masalan nazarimda, bu asar introvert odam uchun haqiqiy topilma bo'lgan bo'lardi.
"Nima muhim, nima muhim emasligini anglab yetgim keldi. Menda ham birgina hikoyaning emas, balki ko'plab hikoyalarning bo'lagi bo'lish istagi tug'ildi".
@panda_books Telegram kanali uchun Jasurbek tayyorladi.