"Muhtasham davr" filmiga review
yoxud fransuz kinosiga muhabbatim qaytganligi to'g'risida
Menimcha, borgan sari yuqori sifatli fransuz kinolari kamayib ketmoqda. Bugun biz shonli o'tmishdagi shedevrlar zalvorini takrorlashga uringan film haqida suhbatlashamiz. Umid qilamanki, dam olish kunlari bu filmni ko'rib chiqasiz.
"Muhtasham davr" nima haqida
Tasavvur qiling. Siz mizantrop va keksa odamsiz. Iqtidorli va ijodiy odam. Ammo zamondan orqada qolgan. Yangi ritm va shakl sizni qo'rqitadi. Siz kabi ishsiz va noliydigan odam jamiyatga endi kerak emasdek tuyuladi. Tasavvur qildizmi?
Gazetaning sobiq karikaturachisi va komikslar rassomi Viktor o'z tug'ilgan kunini shunday kutib oldi. Lekin o'g'lining sovg'asi hammasini o'zgartiradi, bu Viktorga o'tmishga qaytishiga imkon beradi, chunki u yerda u baxtli va yosh edi. Sehr-jodusiz. Faqat zamonaviy texnologiya va bir oz teatr yordamida. Shunday qilib, uning oldida qisqa vaqt ichida chiroyli o'tmish tiklandi. Hayot quvonchi qaytdi. Viktor sodda emas. U reallik va ro'yo o'rtasidagi farqni biladi. U shunchaki tomoshadan zavq oladi. U yana diqqat markazida, yosh go'zal ayol bilan muloqot qiladi va biroz mast bo'ladi. Ruhi uchun ta'til kabi. Uning oilasi va hayoti to'g'risida o'ylashga vaqti bo'ladi.
Film darajasi
Pozitiv ritm va filmning umumiy kayfiyati odamni bezdirmaydi. Filmlar men uchun yaxshi yoki yomonga bo'linadi. Albatta, yana shedevr asarlar mavjud.
"Muhtasham davr" bu durdona emas, balki komediya elementlari bilan kuchli suratga olingan fransuz dramasi. Faqat frantsuzlargina juda murakkab va og'riqli narsalar haqida xazil qilishlari mumkin.
Faqatgina fransuzlar o'tgan go'zal davrlarni eslab nostalgiya qilishi mumkin.
Xulosa
Hayotda shunaqa bo'ladi: Siz yaqinlaringizni tushunmaysiz, ular sizni. Javob bitta. Siz devorni olib tashlashingiz va tushunishga, qabul qilishga harakat qilishingiz kerak.
Mayli, o'zingizning muhtasham davringiz o'tmishga aylansin. Uni eslang, lekin hozirgi zamon bilan yashang.
@boredpandablog