Begonalar kirishi taqiqlanadi: Dunyodagi kirish ruxsat berilmaydigan maxfiy 12 ta joy
Agar siz butun dunyo bo'ylab erkin harakatlanishni reallik deb hisoblasangiz, bu maqolani o'qib bo'lgach, bu borada yana bir bor o'ylab ko'rasiz degan umiddaman. Dunyoda shunday joylar borki, siz ularni hech qachon topa olmaysiz, topsangiz ham kira olmaysiz - bunda sizga na pullaringiz, na shahlo ko'zlaringiz yordam berolmaydi. Bu ro'yxatda yashirin harbiy bazalardan tortib to oddiy ibodatxonalargacha joy olgan. Ushbu hududlar dunyodagi eng yopiq va tashrif buyurish qat'iy cheklangan maskanlardan hisoblanadi.
RAF Menwith Hill, Harrogeytdagi harbiy baza, Angliya. G'ayrioddiy ko'rinishdagi binolar va sferik inshootlar majmuasi Britaniya va Qo'shma Shtatlarga aloqa va razvedka xizmatlarini taqdim etadi. Baza shunchalik kattaki, uni dunyodagi eng yirik elektron kuzatuv stansiyasi deb atashgan. Taxminlarga ko'ra, har bir sun'iy yo'ldosh (katta dumaloq sferik ob'ektlar) "Eshelon" tizimining bir qismi bo'lib, xususiy va tijorat aloqalarini josuslik qilish uchun foydalaniladigan maxfiy tarmoq deb hisoblanadi.
Bogemiya bog'i. Ushbu bog'dagi installyatsiyalarni bemalol qo'rqinchli filmlardagi sahnalarda ishlatsa bo'ladi. Bogemiya bog'i Kaliforniyaning Monte-Rio shahridagi 2700 akr qishloq hududida joylashgan. Bu yer San-Fransiskodagi Bohemian Club nomi bilan tanilgan xususiy san'at klubiga tegishli. Har yozda klub sayyoradagi eng qudratli odamlar uchun o'rmonda ikki haftalik tadbir o'tkazadi. Tan olish kerak, bularning barchasi juda shubhali va sirli ko'rinadi.
Vatikanning maxfiy arxivlari. Bu nafaqat eski kutubxona, balki Vatikan kutubxonasi hamdir. Bu xazinalarga faqat bir nechta odam kirishi mumkin! Lekin xafa bo'lmang: agar siz u yerdagi kitoblardan birini o'qimoqchi bo'lsangiz (va ularning barchasi Rim papasiga tegishli), ular sizga uning nusxasini elektron pochta orqali yuborishadi. Juda zamonaviy!
Lasko g'ori, Fransiya. Ushbu g'orni 6-sinf tarix kitobini o'qigan barcha bilsa kerak. Fransiyaning janubi-g'arbiy qismida joylashgan g'or aslida 17,5 ming yillik paleolit davri qoyatosh rasmlari tufayli butun dunyoga mashhur g'orlar majmuasidir. Bir vaqtlar g'orlar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo'lgan, ammo endi qoyatosh tasvirlar saqlanib qolinishi va xavfsizlik yuzasidan g'or yopilgan.
Payn-Gap, Avstraliya. Ushbu harbiy baza Amerika hududidagi 51-hududning avstraliyacha analogi hisoblanadi. U Markaziy Avstraliyada joylashgan. U hukumat va Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Bu mamlakatda aviatsiya parvozlari taqiqlangan yagona joy. Baza monitoring markazi sifatida ishlatiladi. U yerda aniq nima kuzatilayotgani noma'lum, ammo ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Payn-Gapdan turib bir nechta jangovar dron dasturlari boshqariladi.
Moskva metrosi-2. Bu Moskvadagi oddiy metro bilan parallel ravishda ishlaydigan yashirin yer osti transport tizimi. Tizim Stalin hukmronligi davrida D-6 (kod nomi) nomi ostida qurilgan. Ushbu tizimning mavjudligi haqida FSB (Федеральная Служба Безопасности России)dan so'ralganda, ular buni na tasdiqlagan va na rad etadi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, 50 dan 200 metrgacha chuqurlikda Kremlni Lubyankadagi FSB binosi, hukumat aeroporti va Ramenkidagi yer osti majmuasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'laydigan to'rtta yo'nalish mavjud.
39-xona (39-byuro), Shimoliy Koreya. Bu maxfiy tashkilot bo'lib, uning yagona vazifasi Kim Chen Inga valyuta olish yo'llarini topishdir. U 1970-yilda tashkil etilgan va "sud iqtisodiyoti" deb ataladigan asosiy agent hisoblangan. 39-xona haqida juda kam narsa ma'lum, biroq uning Shveysariya va Xitoyda asosiy ishi pul yuvish va boshqa noqonuniy faoliyat uchun foydalaniladigan 20 dan ortiq hisoblari borligi taxmin qilinadi. Tashkilotning giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullangani haqida ham mish-mishlar mavjud. Maxfiy tashkilot Kim Chen Inga tegishli 130 dan ortiq savdo kompaniyalarini nazorat qiladi. Shtab-kvartirasi Pxenyandagi Ishchilar partiyasi binosida joylashgan
Mejgorye, Boshqirdiston. Taxminlarga ko'ra, bu joyda maxfiy yadroviy raketa bazasi hisoblanadi. Bu yerda doimiy ravishda ikkita batalyon joylashgan bo'lib, ular chaqirilmagan mehmonlarni haydab chiqaradi. Bazada nur, bosim va seysmik faollik datchiklari orqali yadroviy zarba berilgani aniqlanadiganda masofadan turib uchirish mumkin bo‘lgan avtomatik ballistik raketalar mavjud.
Disneylenddagi "Club 33", Florida, AQSh. Disneyning eng katta istirohat bog'idagi bu ko'zga ko'rinmas eshik faqat a'zolari kirishi mumkin bo'lgan eksklyuziv klubning kirish yo'lagidir. U erga qanday kirsa bo'ladi? Avval siz uni topishingiz kerak. U Yangi Orlean maydoni hududida joylashgan. Lekin siz topgan taqdiringizda ham shunday kira olmaysiz: eshik faqat klub aʼzolari, jumladan, AQSh prezidentlari, yirik kompaniyalar rahbarlari va aktyorlar uchun ochiq. Agar siz AQSH prezidenti bo'lmasangiz, unda xafa bo'lishga shoshilmang: klub a'zolari o'zlari bilan do'stlari va sheriklarini olib kelishlari mumkin. Nima qildik, Jo Baydenni nomerini beraymi?:)
51-Hudud, AQSh. Ehtimol, bu eng yomon qo'riqlanadigan maxfiy bazadir. Shunaqasini eshitganmisiz, siz maxfiy harbiy baza qurasiz, lekin u haqida chekka qishloqdagi G'ishmat ham biladi:) 51-Hudud - Nevada shtatidagi Amerika harbiy bazasi, Las-Vegasdan 80 milya shimoli-g'arbda joylashgan. Baza markazida katta harbiy aerodrom joylashgan. Insayderlarning fikricha, bazaning asosiy maqsadi eksperimental samolyotlar va qurollarni tadqiq qilish, yana ularni ishlab chiqishdir. Eng g'alati tomoni shundaki, Amerika rasmiylari uning mavjudligini tan olmaydilar, natijada bu ignor odamlar orasida fitna nazariyasi ko'payishi va hatto NUJ (o'zga sayyoraliklar)ni o'rganish uchun ishlatiladigan baza degan versiyagacha rivojlanishiga olib keldi.
Google ma'lumotlar markazi (Data center). Mana Katta Og'a qayerda o‘tiradi:) Bu joy juda ehtiyotkorlik bilan qo'riqlanadi, har holda 51-Hududdan kam emas. Bunday ehtiyotkorlikning ajablanarli jihati yo'q: chunki bu yerda butun dunyo internet foydalanuvchilarining ma'lumotlari bilan to'lgan data serverlarda trillionlab arxivlar saqlanadi.
Aksumdagi Sion Maryam cherkovi, Efiopiya. Bu cherkov tashrif buyuruvchilar uchun yopiq: sababi unda eng muhim Bibliya ob'yektlaridan biri - Ahd sandig'i joylashgan, deb ishoniladi. Afsonalarga ko'ra, uni Efiopiya podshosi Menelik I Efiopiyaga otasi shoh Sulaymon huzuridan o'zi bilan birga olib kelganmish.