Review
May 23, 2020

"1917" filmiga review

"Ulkan urushdagi mitti taqdirlar"

год 2019
страна США, Великобритания, Индия, Испания, Канада
слоган «Время — наш главный враг»
режиссер Сэм Мендес
жанр военный, боевик, драма, история
Рейтинг 8.2

Ushbu kinoni "Oskar" tadbiri oldidan ko'rgandim, taqrizini esa mukofot topshirilgandan so'ng yozdim. Shu sababli "1917" bosh mukofotni olishiga shubha qilganman deyishim sal to'g'ri bo'lmaydi. Lekin, tan olish kerak deyarli har yilda kinoprokatda "Oskar"ga da'vogar harbiy filmlar paydo bo'lib turadi.

Syujet
Filmning syujeti bir qarashda oddiy ko'rinadigan voqea haqida. Birinchi jahon urushi o'rtasida ikkita askarga, Bleyk va Skofildga front chizig'idagi qo'mondonga hujum bekor qilinishi to'g'risida ma'lumot yetkazish topshirildi. Butun filmda qahramonlarimiz bosib o'tgan yo'l tasvirlanadi. Ushbu filmda dunyoning eng nufuzli kinofestivallarida muvaffaqiyatli qatnashgan boshqa urush haqidagi filmlar kabi keng qamrovli maxsus effektlar mavjud emas. Sam Mendes ongli ravishda shunchaki ularsiz film suratga olganligini aytdi, uning fikricha, bitta qo'shin boshqasiga qarshi hujumga o'tishganini ko'rsatmasdan, ikki o'ziga xos yigitning taqdiri haqida filmni olish kerak degan xulosa keladi. Juda aniq va to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmalarga ega bo'lgan Bleyk va Skofild darhol yo'lga chiqishadi, chunki Devonshir polkining askarlari hatto bir daqiqa kutishi ham hayotini yo'qotishi mumkin.

Aktyorlar
Bu yerda ijodkorlar jiddiy ijod deb da'vo qiladigan kinoga emas, balki ko'ngil ochish kinosiga xos bo'lgan ish tutgandek ko'rindi menga. Jorj Makkay va Din-Charlz Chapman juda yaxshi o'ynashgan, bu ular haqida emas. Birinchi xao - bu atigi uch daqiqaga yaqin ekranda ko'ringa Andrew Skottning ishtirokidir. Agar u atigi bir epizodda o'ynar ekan, uni afishalarda buncha ko'p ko'rsatish kerak emasdi. Ikkinchi bema'nilik - bu Benedikt Kamberbatchning o'xshamagan epizodinining ikki daqiqasi. Ammo aktyorni ayblashdan yiroqman. Shunchaki yaratuvchilar kadrdagi birinchi daqiqadan so'ng uning xarakterini keskin o'zgartirdilar.

Rostini aytsak, urush haqida film yaratish qiyin, urush haqida munosib film yaratish yanada qiyinroq. Har qanday urush. U shafqatsiz, ahmoqona va ma'nosiz. Sem Mendes ham bu fikrni shunday yetkazadi. Va u buni uddaladi.

Operatorlik
Kadrni uzmasdan suratga olish effekti odatdagi urush filmini yorqin asarga aylantirdi. Va ba'zida effekt hissi shunchalik realki, ba'zida: biz okoplarda askarlar bilan birgamiz va ular qayerga borsa izidan ergashib yurgandek holat yuzaga kelgan. Filmda operatorlar kadrlarni uzmasdan olish metodini tanlab umuman xato qilishmagani payqash qiyin emas. Ammo hamisha ham o'zini oqlamasa-da, bu filmda ish bergan.

Musiqa
Harbiy drama janridagi musiqiy hamrohlik "1917" filmidagi kabi bo'lishi kerak. Bu zarbalarning aks-sadosiga o'xshab mayin ovoz. Uzoq va g'amgin qismlari tomoshabinni o'sha davrlarning to'lqinlari bo'ylab olib yuradi, har safar tinch kelajakni eslatuvchi jimjitlikni yaratadi. Nodir pianino notalari jangchilar qarindoshlari va do'stlarini eslab qolishgan hissiyotli onlarni esga soladi. Kompozitor Tomas Nyuman ajoyib ishlagan desak bo'ladi. Ayniqsa, bosh qahramon qo'mondon oldiga okopdan chiqib butun armiyani oldidan chopib o'tayotgandagi holatda tanlangan musiqa ayniqsa yaxshi chiqqan.

Xulosa
Filmni albatta tomosha qiling. Bu sizning dam olish kunlar kechangizda sizga yaxshi hamroh bo'ladigan film ekani shubhasiz. Fiolmning muxlisi bo'lib qolsangiz ham ajabmas. Ehtimol, "1917" kiber o'yinlar o'ynab o'sgan yoshlarga yoqar: ularning aksariyati uchun bunday estetikaga bolaligidan beri tanish. Ammo men uchun bu nafaqat jiddiy, balki dramatik film ham emas, biroq u butunlay 3 - sort, faqat kassa uchun qilingan kino ham emas.

"1917" yildagi insoniy dramaning sensatsiyasi, keng miqyosli urush fojeasi - aslida ko'plagan mitti taqdirlar fojeasining bitta joyda to'planishi ekanligini ko'rsatib bergan hayotiy haqiqatning ekrandagi aksidir.

@boredpandablog