Jon Kexo
"Dunyoga mashhur zamonamiz yozuvchilari" Rukni XIX soni
Jon Kexo - bu shaxsiy rivojlanish bo'yicha kanadalik murabbiy va filantrop. U o'zining psixologik motivatsiyaga qaratilgan kitoblari bilan mashhur bo'lgan.
Jon Kexo 1934-yilda Kanadaning Toronto shahrida tug'ilgan. Uning dastlabki hayoti, oilasi va ta'limi haqida bizga juda kam narsa ma'lum.
ASARLARI
Bir nechta bestseller kitoblar aynan Kexoga tegishli. "Ijobiy psixologiya" (Позитивная психология) asari o'zining sodda va ravon taqdimoti tufayli tezda kitobxonlar orasida ommalashgan. Keyinchalik uning eng mashhur kitoblaridan biri "Ongosti hamma narsa qila oladi!" (Подсознание может все!) dunyo yuzini ko'rdi. Kitob muallif Ada Konde bilan hamkorlikda yaratilgan va inson ongiga xos bo'lgan katta potensialni ochish vositasi bo'lib xizmat qilgan.
Muallifning navbatdagi asari "Pul, muvaffaqiyat va sen" (Деньги, успех и вы) asari bo'ldi. Unda murabbiy biznesning har qanday turida muvaffaqiyatga erishish masalasini ta'kidlab o'tadi. Yozuvchi o'quvchini zarur voqealar haqiqatga aylanishi mumkin bo'lgan vizualizatsiya uslubiga e'tiborini qaratishga taklif qiladi.
Keyinchalik nashr etilgan “Kvant jangchisi. Kelajak ongi” (Квантовый воин. Сознание будущего) kitobi o'quvchiga hayot sirlari tagiga yetish va har bir insonga xos imkoniyatlar haqida o'ylashga yordam beradi.
Kexo asarlarining sharhlari nihoyatda hayajonli. Motivatsiyasiz odamlar ularni o'zlari anchadan beri izlab yurgan najot deb bilishadi. Ushbu nazariyalar ularga orzusidagi kasbini topishga, shaxsiy hayotda nihoyat tartib o'rnatishga, qiziqarli soha faoliyat amalga oshirishga va eng muhimi o'zingizni anglashga yordam beradi. Kexo har bir inson o'zi atrofida orzu qilgan haqiqatni shakllantirishga qodir ekanligiga amin ekanligini tez-tez ta'kidlaydi.
Hozirda yozuvchi va motivator Vankuverdagi o'z uyida, rafiqasi Silviya bilan yashaydi. Murabbiy bo'lajak rafiqasi bilan ancha so'ng, yetuk yoshida uchrashgan. Erkak sevib qolganini anglaganida 40 yoshda edi. Uchrashgandan bir hafta o'tgach, u ayolga 7 ta atirgul beradi va 220 kundan keyin esa, uning xonasini 220 ta gul bilan to'ldirib, turmush qurish taklifini bildiradi. Ha, Jon Kexo mana shunday romantik odam!
Murabbiy hozir ham o'z ma'ruzalarni davom ettirmoqda va dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida o'tkazilgan ko'plab murabbiylik seminarlari va ekskursiyalarida qatnashib kelyapti. Kexo o'z asarlari ro'yxatini vaqti-vaqti bilan yangi kitoblar bilan to'ldirib, yozib turadi. Uning ma'ruzalari juda mashhur va hali ham to'liq auditoriyalarni jalb qila oladi.
Jon Kexodan iqtiboslar:
"Sizning fikrlaringiz o'ylaganingizdan ancha kuchliroq va har bir aqliy taffakur hayotingizga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan haqiqiy kuchdir."
"Muvaffaqiyatsizliklar shaxsiy o'sishga yordam beradi. Imkoniyatlar bayroqni hilpiratib sizni kutadigan paytlari juda kam bo'ladi. Ko'pincha ular o'zlarini "muammo" va "muvaffaqiyatsizlik" kabi niqoblar ostiga yashirishadi. Sizning barcha kurashlaringiz va stresslaringiz bu imkoniyat va sharoitdir. "
"Sizning miyangizda paydo bo'lgan va u yerda ildiz otgan har qanday fikr sizning hayotingizga ta'sir qiladi."
"Sizning hayotingizning sifati sizning fikrlaringiz sifatiga bog'liq."
Bibliografiya
- 1997 – «Подсознание может все»
- 2008 – «Обретение могущества и славы»
- 2011 – «Деньги, успех и вы»
- 2011 – «Квантовый воин. Сознание будущего»
- 2011 – «Практический курс счастья»
- 2014 – «Сила разума для детей»
@panda_books Telegram kanaliga a'zo bo'lishni unutmang!