IMHO
April 7, 2021

Kitoblarni qanday tez o'qish mumkin?

Sizga kitob o'qish bo'yicha bosqichma-bosqich qo'llanmani o'rganishga taklif qilmoqchiman.

Agar siz bir hafta ichida kitobni o'qib tugatishga qiziqsangiz, unda ushbu material aynan siz uchun.

Sizga kerak bo'lgan yagona narsa - bu to'g'ri tizim.

"Menga vaqt yetishmayapti..." "Men bunday tez o'qiy olmayman..." "Kelasi yil buni qilaman ..." Ko'pchiligingiz singari, menda ham bu vazifani bajarmaslik uchun har qanday shunga o'xshash bahona bor. Men ishda faoliyat yuritish, sog'ligim va ijtimoiy hayotimga sarflash uchun vaqt topmoqdaman. Va shunda tushunib yetdimki, muammo aslida kitoblar sonida emas. Yana bir narsa bor edi.

Har bir istalgan narsaga erishish uchun sinalgan bitta sistema kerak bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, hozir bizning maqsadimiz haftada bitta kitob o'qish, ammo uni amalga oshirish uchun sizda hozircha tizim mavjud emas.

Bugun men siz bilan shunga yordam beruvchi bitta shunday sistemani baham ko'rmoqchiman.

Izoh: Bu muammoni hal qilishga yondashuvning mening versiyam. Siz o'zingiz ma'lumotlarni qanday hazm qilishingizga, jadvalingizga va qancha kitob o'qishni xohlayotganingizga qarab turli xil metodlarni sozlashingiz mumkin. Shuni ta'kidlashim kerakki, buni yozishdan maqsad siz 50 ta kitobni o'qish uchun emas, balki qisqa vaqt ichida ko'proq o'qishga imkon beradigan tizimni ishlab chiqishdir.

Sizga kerak bo'lgan yagona narsa - bu to'g'ri tizim.

Bu sistemani aslida Shon Kim ismli uddaburon inson o'ylab topgan va shuning uchun uni shartli ravishda "Shon Kim zinali sistemasi" deb ataymiz:

Demak, boshladik:

1. Tanlovni optimallashtiring!

Siz o'zingiz o'qimoqchi bo'lgan 1-3 ta yo'nalishlarni tanlang. Masalan, bitta mavzuni (masalan, biznes, salomatlik, psixologiya yoki badiiy adabiyotga oid) chuqurroq o'rganishga qaror qilishingiz mumkin.

2. Kitoblar ro'yxatini to'plang

Telegram yoki kitob do'konlar saytlarini ko'rib chiqing, Panda Books kanalida keltirilgan ba'zi takliflarimdan foydalaning - iloji boricha ko'proq tavsiyalar olish uchun boshqa bukblogerlarning ham tavsiyalarini ham ko'rib chiqing. Ro'yxatingiz iloji boricha turli xil odamlar yoki manbalardan olingan kitoblardan tuzilganligiga ishonch hosil qiling, shunda siz turli xil kitoblar guruhini qo'lga kiritishingiz mumkin. Imkoningiz bo'lsa, ko'proq, 70-80 ta kitobni maqsad qilib olishga harakat qiling. 70-80 ta deganda mubolag'a qilmayapman, nega ekanligini birozdan keyin tushuntiraman.

3. Kitoblarni 3 yoki undan ortiq qiziqish guruhlariga tasniflang

Agar sizda sevimli mavzu ikkitadan ortiq bo'lsa, quyidagidek yo'l tutishingiz mumkin:

Bir oyda bitta mavzu bo'yicha 4 ta kitobni, keyin keyingi mavzu bo'yicha 4 ta kitobni o'qish. Yoki ..
Har oy turli sohalardagi kitoblarni o'qing. Bu mening yondashuvim. Masalan, men har safar bitta fiction o'qigandan keying, albatta bitta non-fiction asar mutolaa qilaman. Bu juda foydali tartib deb hisoblayman.

Va albatta bitta "Erkin qiziqish guruhi"ni ham yarating. Bu sizga tanlangan mavzular bilan bog'liq bo'lmagan kitobni o'qish yoki siz tanlagan mavzu bo'yicha boshqa kitobdan boxabar bo'lish erkinligini beradi. Men uchun bu psixologiya, diniy kitoblar, biznes va boshqal adabiyotga bog'liq mavzular hisoblanadi.

4. O'qishni xohlagan kitoblaringizning prioritetini tuzib chiqing.

Odatda men uchun kitoblar prioritetini tanlashda asosiy o'lchov - bu darhol hayotimda qo'llashim mumkin bo'lgan mavzulardagi kitobni tanlashdir. Bular odatda klassika, xalqaro munosabatlarga oid, Yevropa adabiyoti yoki tarixiy janrlar hisoblanadi. Shuningdek, o'zbek adabiyoti (zamonaviy albatta) yangiliklarini ham mutolaa qilib turaman.

Bu narsa nimaga kerak? Agar sizda prioritet bo'lsa bu ishni osonlashtiradi. Aks holda, siz bevosita qo'llanilishi mumkin bo'lmagan narsalarni o'qishga majbur bo'lasiz. Bu esa zeriktiradi, mutolaadan real foyda ololmaysiz.

Yodda tutish kerak bo'lgan yana bir maslahat - har bir kitobning qalinligi bo'yicha tasnif qilish. Masalan, 400 sahifalik bir nechta kitobni bir oy ichida o'qib chiqishni xohlamaysiz. Chunki bu juda ko'p oyiga kamida 1600 varaq o'qishingiz kerak deganidir. Bu kuniga 53 sahifadan tushadi. Bu albatta boshlanishiga biroz ko'p. Ochig'i o'zim ham bunday tavakkal qilmagan bo'lardim. Eng maqbuli - bu ularni har xil oylarga taqsimlashdir.

5. Qolgan hamma kitobni o'z zaxirangiz sifatida saqlang

Tizimdagi yagona katta nuqson - bu sizning qiziqishingizni yo'qotadigan kitobga duch kelganda (bu hodisa siz o'ylagandan ko'ra tez-tez sodir bo'ladi) yuz beradi. Kitobni shunchaki tugatisb qo'yish uchun kitobni oxirigacha o'qish kamdan-kam hollarda yaxshi fikr ekanligini anglaganman. Agar sizga kitob yoqmasa, uni tashlab ketib, yangi kitobdan davom ettiring.

Layfxaklar:

  • Tez o'qish jarayonini o'rganish uchun vaqt ajrating. Agar siz bir necha daqiqada 10000 so'zni o'qiydigan bo'lsangiz, o'qish tezligini oshirish foydali bo'ladi;
  • Siz hozirda qanchalik tez o'qiyotganingizni o'lchab ko'ring (onlayn);
  • Sinovni yana takrorlab ko'ring va biroz yaxshilanmaguncha mashq qilishda davom eting;
  • Audiokitoblar sizning "o'qishingizni" ancha tezlashtirishi mumkin. Agar siz audio formatdagi kitoblarni o'qiy olsangiz, ushbu parametrdan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Garchi men Kindlega bir muddat ko'nikolmagan bo'lsam ham (men doimo qog'oz kitoblarning his qilish tuyg'usini yaxshi ko'raman), uni hayotimga singdirish juda katta qadam va yaxshilik bo'ldi. Endi sayohat qilganimda yoki tunda o'zim bilan kitob olib yurishning hojati yo'q va men o'zimning barcha kitoblarimni o'z ichiga olgan bitta planshetni olib yursam kifoya.
  • Agar siz bu mashg'ulotni boshlaganingzidan haftalar o'tib, ora-orada kitob o'qishni unutsangiz (bu narsa albatta sodir bo'ladi!) ham olg'a ketishda davom eting. Avvalam aytib o'tganimdek, asl maqsad bu aslo sizning yil 52 hafta ichida 52 ta kitobni o'qib tugatishingiz emas, balki asl maqsad - bu ko'proq kitob o'qish uchun vaqtni boshqarish (time management) usullarini o'rganish va o'qish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

Shunday qilib o'tirib, hozir birinchi, ikkinchi, uchunchi va to'rtinchi bosqichlarni bajarib bo'lgan bo'lsangiz, bu bilan parallel ravishda bitta oq qog'oz va qalam olib stol yoniga o'tiring. Qog'ozga barcha 12 ta oy nomlarini yozing. Keyin har oyga turli xil o'zingiz tanlagan asarlardan to'rttadan nomini belgilang, shunda siz bir hafta ichida bitta kitob o'qisangiz, bir yilda 52 ta kitob o'qigan bo'lasiz.

Boshida bu juda oddiy ko'rinadi - ushbu ro'yxatni hoziroq tuzing va uni kuzatib boring. Mabodo rejalashtirilgan kitob sizga yoqmasa, sizning zaxirangizga aylangan, ma'lum bir oyga kiritilmagan maxsus kitoblar ro'yxatini yaratgansizku, o'shalardan birini tanlab mutolaani davom ettiring.

Kitob o'qishda hecham charchamang! Mutolaa qiling, ishoning bu shunga arziydi!

@panda_books