Kuchli ayollar haqida 9 ta kitob
16.05.2021
Yaqinda PRO-Women loyihasi kuchli ayollar haqida yozilgan 9 ta eng yaxshi kitob o'qishni tavsiya qildi. Ularning tanlovi orasida siz nafaqat turli davrlarning iste'dodli yozuvchilari tomonidan yaratilgan obrazlar va personajlarni, balki taqdirning hujumi ostida taslim bo'lmagan, o'zlariga va dunyoga eng nozik xilqat bo'lish bilan bir qatorda, irodali inson ham ekanligini isbotlashga muvaffaq bo'lgan ayollarning reallikka asoslangan hikoyalarini uchratasiz. Go'zal xilqat vakillari ham kurashish va g'alaba qozonishga qodirligiga o'zingiz ham amin bo'lasiz.
"Abadiy malika" Filipp Gregori
Yoshligida Angliya qirolining to'ng'ich o'g'liga unashtirilgan va keyinchalik u bilan turmush qurgan ispan malikasi Yekaterina Aragonskayaning haqida Filipp Gregori tomonidan yozilgan tarixiy roman. Erining o'limidan so'ng, malika yosh beva bo'lib qoladi, so'ngra u erining ukasi va keyinchalik Angliya qiroli bo'lgan- Genri VIII bilan turmush quradi. Jasur va oldiga katta maqsadlar qo'ygan Yekaterina Angliya malikasi bo'lish va o'z vazifasini bajarish uchun qo'lidan kelgan hamma narsani qiladi.
"Shamollarda qolgan hislarim" Margaret Mitchell
Margaret Mitchellning ushbu klassik romani, 1860-yillarda Qo'shma Shtatlarda, fuqarolar urushi avjiga chiqqan va u tugaganidan keyingi hayotni bizga yorqin ranglarda ko'rsatib beradi. Tantiq, maftunkor va injiq Skarlett O'Hara o'zining Jorjiyadagi uyida betashvish yashardi. Uning mehribon ota-onasi, opa-singillari, muxlislari bor edi, ular faqat uning tabassumi uchun hamma narsani qilishga tayyor edilar. Ammo fuqarolar urushi bu beg'am hayotni undan yulib olib ketadi. Faqatgina kuchli xarakter va moslashuvchanlik Skarlettga yangi shafqatsiz dunyoda omon qolishiga yordam beradi.
"Zuleyha ko'zlarini ochadi" Yaxina Go'zal Shamilevna
Go'zal Yaxinaning romani hayoti patriarxal fondlarga bo'ysungan uzoq tatar qishloqlarida yashovchi Zulayxa ismli ayol haqida hikoya qiladi. 1930-yilning qishida, Zulayxa odatdagi muhitidan ajralib, Sibirga yo'l olsihga majbur bo'ladi. Bu mitti va ojiza, ammo kuchli va yorqin ayol taqdiriga yozilgan qismatlarga hamma ham bardosh berolmagan bo'lar edi. Ammo u oldinda uni kutib turgan juda ko'p sinovlar orqali hayotda toblanib boradi.
"У войны не женское лицо" Svetlana Aleksievich
Urushni boshdan kechirgan ayollar haqida roman-xotira. Svetlana Aleksievich 800 dan ortiq ayollar bilan suhbatlashadi va suhbatdoshlarining urush haqidagi fikrlarini o'rganishga muvaffaq bo'ladi. Bunday hikoyalar ko'pincha Rossiyada olingan. Aynan ular ayol bo'lganligi sababli, bu hikoyalar biz ko'rishga va eshitishga o'rganib qolgan Ikkinchi jahon urushi qahramonining obraziga uncha mos kelmaydi. Va urushning haqiqiy beshafqat qiyofasi ko'z oldimizda gavdalanadi.
"Asalarilarning yashirin hayoti" Syu Monk Kid
Kitobning asosiy qahramoni - 14 yoshli o'spirin Lili Ouen. Qiz yarim yetim: bolaligida u onasidan ayrilib, uni doimo ezib keladigan otasi bilan yashaydi. Oxir oqibat, o'spirin qiz uyidan qochib ketadi va enagasi bilan birga onasining izidan sayohatga chiqadi. Yo'lni unga marhumaning shaxsiy buyumlari ko'rsatib beradi, uni Lili ularni ehtiyotkorlik bilan saqlab kelar edi. Ulardan biri - qora tanli madonna tasviri tushirilgan otkritka edi. Sayohat davomida Lily nafaqat onasi haqida yangi narsalarni bilib oladi, balki o'zini qayta kashf etadi.
"Крутой маршрут" Yevgeniya Ginzburg
Yevgeniya Ginzburg "Крутой маршрут" asarini yozishni dahshatli 1937-yilda boshlagan, u payti adiba o'ttiz yoshdan sal o'tgandi va boshqalar singari faqat Stalin vafotidan keyingina asarini tugatgan. O'n sakkiz yillik qullik - qamoqxona, lager, surgun, yana qamoq ... Uch yashar o'g'li Vasya, bo'lajak yozuvchi Vasiliy Aksenov haqida xotiralar, onasini esa o'spirin paytida Magadanda, uning ikki hibsga olinishi o'rtasida "uchratgan". 1957-yilda Yevgeniya Semyonovna oldin chet elda va keyin 1988-yilda SSSRda nashr etilgan xotira kitobi ustida ish boshlaydi. "Shaxsga sig'inish davrlari xronikasi" stalinistlar lagerlari haqidagi asosiy asarlardan biri bo'lib, ayol kishi tomonidan yozilgan ilk hujjatli kitob hisoblanadi.
"Rebekka" Dafna Dyumore
Sevimli xotini vafotidan so'ng, ingliz aristokrati Maksimilian de Vinter yosh go'zal bir qiz bilan uchrashib qoladi. Birozdan so'ng esa unga turmush qurishni taklif qiladi va ular birga de Vinterning Manderlidagi oilaviy mulkiga yetib kelishadi. Ammo ushbu ulkan va befayz qasrda hamma narsa yangi ma'shuqaga erining oldingi xotini, marhumani - go'zal va zamonaviy Rebekka de Vinterni eslatardi. Maksimilianning g'alati xatti-harakatlari, ehtiyotkorligi va umumiy kamchiliklari bora-bora qahramonni hayratga sola boshlaydi. Bir necha oydan so'ng, u nogahon Manderli qasrining o'tmishi haqidagi dahshatli haqiqatni bilib oladi.
"Qirmizi rang" Alisa Uolker
Roman epistolyar janrda yozilgan: bosh qahramon Sili - yosh qora tanli qiz - Xudoga va o'z singlisi Nettiga xat yozadi. Sili har doim "muloqotda" bo'lgan yagona suhbatdosh sifatida Xudoga xat yozadi. Sili o'z qabul qiluvchisiga har kundalik muammolarni, masalan, og'ir uy ishlari va erining bolalariga qarashni, shuningdek, u boshdan kechirishi kerak bo'lgan dahshatli narsalar haqida so'zlaydi. Qahramon atrofdagi haqiqatni kamtarlik va qat'iyat bilan qabul qiladi, uning butun hayoti davomida ko;plab taqiqlarga duchor bo'ladi, ammo u oddiy quvonchlardan ham o'ziga tasalli topishga harakat qiladi.
"Dengiz tubidagi orol" Izabel Alende
"Dengiz tubidagi orol" - Lotin Amerikasi adabiyoti klassikasi bo'lib, unda Izabel Alendening qullik, kurtizankalar dunyosi va plantatorchilarning oson topiluvchi pullari haqidagi hikoya qiluvchi tarixiy roman. Yigirma yoshli fransuz yigit Tuluz Valmoren Fransiyadan plantatsiyasiga, otasining oldiga keladi. Tez orada otasi vafot etadi, natijada o'g'li otasining ishlarini o'z zimmasiga olishi kerak bo'ladi. Yosh bo'lishiga qaramay, u bir necha yil ichida plantatsiyani obod korxonaga aylantira oladi. Haqiqat shundaki, barcha muvaffaqiyatlar g'ayriinsoniy sharoitda yashaydigan Afrikadan kelgan qullar mehnati ekspluatatsiyasiga asoslangan. Yosh plantator qimmatbaho kurtizankalar huzuriga tez-tez tashrif buyurib turad va chiroyli o'spirin qul qizlar bilan kayf-safo qiladi. Asar voqealari Zarite ismli qul qiz tilidan hikoya qilinadi.
Manba: pro-women.ru
@panda_books