IMHO
February 27, 2023

Moviy Olmos lan'ati yoxud katta siyosiy mojara boshlagan o'g'irlik

27.02.2023

2022-yilning 25-yanvarida, 30 yildan ortiq vaqt davom etgan buzilgan o'zaro munosabatlar so‘ng, nihoyat Saudiya Arabistoni va Tailand diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga qaror qildi.

Shu yillar davomida mojaro tufayli Saudiya Arabiston tailandliklarga ish vizasi bermagan va oʻz fuqarolariga Bangkokga borishni tavsiya etmagan. Diplomatik missiyalar muvaqqat ishlar vakili darajasiga tushiriladi. Saudiya Arabistonida ishlaydigan taylar soni 1989-yildagi 150-200 ming kishidan 2008-yilda atigi 10 ming kishiga kamayadi. Tailandga yetkazilgan zarar muhojirlarning pul o‘tkazmalarida taxminan 200 milliard bat (Tailand pul birligi)ni tashkil etadi, chunki Saudiya Arabistonida endilikda kamroq tailandlik ishchilariga ishlashga ruxsat berilgan edi.

Bu mojaro haqida eshitganmisiz? Unda quyida bu haqida bilib olishingiz mumkin.

Muammo nimadan boshlangandi?

1989-yilda tailandlik gasterbayter Kriangkray Techamong o‘zi xizmatkor bo‘lib ishlagan shahzoda Faysal bin Fahd saroyidan 91 kg taqinchoqlar va qimmatbaho toshlarni o‘g‘irlab ketgan. Kriangkray shahzodaning yotoqxonasiga kira olish imkoniga ega edi va o'g'irlangan taqinchoqlarni changyutgich sumkasiga yashiradi. Ular orasida qimmatbaho 50 karatli Moviy olmos va boshqa qimmatbaho toshlar bo'lib, Kriangkray ularni Tailandning Lampang provinsiyasidagi uyiga jo'natgan. Ammo marvaridlarni pulga aylantirish qiyin bo'ldi. Ularni arzongarovga sota boshlashlashdi. Bangkoklik zargar Santhi Sitkhanakan ushbu "mollar"dan xabar topadi va zargarlik buyumlarining katta qismini Kriangkraydan deyarli suvtekinga sotib oladi.

Tailand politsiyasi yurishi

General-leytenant Chalor Kerdtes boshchiligidagi Tailand politsiyasining tergovi natijasida Kriangkrayining hibsga olinishiga, Santining so'roq qilinishiga va o'g'irlangan zargarlik buyumlarining ko'pchiligining qaytarilishiga erishildi. Kriangkray yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi, biroq u politsiya bilan hamkorlik qilgani va aybiga iqror bo‘lgani uchun uch yildan so‘ng ozodlikka chiqariladi.

Chalor jamoasi bilan o‘g‘irlangan narsalarni qaytarish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Biroq Saudiya Arabistoni rasmiylari Moviy olmos yo‘qolganini va qaytarilgan javohirlarning yarmi qalbaki ekanligini aniqlashadi.

Bangkokda mahalliy matbuotda xayriya tadbiridan olingan suratlarda Tailand hukumati aʼzolarining bir nechta rafiqalari Saudiya saroyidan oʻgʻirlanganlarga oʻxshash olmos marjonlarni taqib yurgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Bu Saudiya Arabistonida Tailand politsiyasi va yuqori martabali shaxslar zargarlik buyumlarini o'zlari uchun o'zlashtirib olgani haqidagi shubhalarini kuchaytiradi.

Saudiyaliklar yurishi

Saudiya qirollik oilasiga yaqin bo‘lgan saudiyalik tadbirkor Muhammad al-Ruvayli ushbu ishni shaxsan o‘zi tergov qilish uchun Bangkokga yo‘l oladi. Biroq u 1990-yil 12-fevralda Bangkokda bedarak yo‘qoladi va taxminlarga ko‘ra o‘ldirilgan. U g'oyib bo'lishidan oldin, 1989-yil 4-yanvarda Bangkokning Si Lom shahrida saudiyalik diplomat o'ldiriladi. 1990-yilning 1-fevralida Bangkokning boshqa qismida Saudiya Arabistonining yana uch nafar diplomati halok bo‘ladi. Natijada qotilliklar ishtirokchilari shaxslari ochilmagan va zargarlik buyumlarini o'g'irlash bilan ishlari natijasi aniqlanmagan. Saudiya hukumatining bunga rasmiy munosabati quyidagicha edi: "...Tailand hukumati Al-Ruvayli va boshqa uch nafar Saudiya diplomatining o'ldirilishi bilan bog'liq jinoyatlarni hal qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan".

Keyinchalik, general-leytenant Chalor 1995-yilda bu ishda ishtirok etgan qimmatbaho toshlar sotuvchisining xotini va o'g'lini o'ldirishga buyruq berganlikda ayblanib, sud qilanadi. Tailand Oliy sudi qarorni tasdiqlaydi va 2009-yil 16-oktyabrda Chalorni o'limga hukmga qilisjadi. Biroq qirol Pumipon Adulyadeiyi o'zining hukmronligi 84 yilligi munosabati bilan Chalorning jazosini 50 yillik qamoq jazosiga almashtiradi. Qotilliklarda ishtirok etgan yana olti nafar politsiyachi ham sudlanadi. Ulardan biri, politsiya podpolkovnigi Pansak Mongkolsilp 2002-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. 2005-yilda bu muddat apellyatsiya orqali tasdiqlangan, ammo kutilmaganda u 2012-yilda ozodlikka chiqariladi.

Oqibatlar

Men boshida aytib o'tgan siyosiy-iqtisodiy oqibatlarni boshida sanab o'tdim.
2016-yil 7-mart kuni o‘sha paytda 65 yoshga chiqqan “saroy o‘g‘risi” Kriangkray Techamong Lampangedagi uyida jurnalistlarga bergan intervyusida endilikda umrining oxirigacha rohib bo‘lib qolishini aytadi. U o'g'irlik uchun deyarli besh yil umrini Tailand qamoqxonalarida o'tkazadi. Kriangkray yo'qolgan Moviy olmos la'natlanganiga ishonishini aytadi va uning o'g'irlanishi natijasida uning oilasiga ko'plab ofatlarni keltirganini ta'kidlaydi.

Chalor Kerdtes qirol tomonidan avfini qilanadi va 2015-yil avgust oyida ozodlikka chiqariladi. U Kriangkrayining rohib sifatida monaxlikni qabul qilish marosimida qatnashadi.

2019-yil 22-mart kuni Tailand Oliy sudi 1990-yilda saudiyalik tadbirkor Muhammad al-Ruvaylini o‘g‘irlash va o‘ldirishda ayblangan besh nafar politsiyachini oqlaydi. Sud dalillarning yetishmasligini ta'kidlaydi. Bir necha yillar davomida bu odamlarga qo'yilgan ayblovlar qayta-qayta olib tashlangan. 2014-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishni to‘xtatadi, keyingi yili esa apellyatsiya sudi qarorni o‘z kuchida qoldiradi.

Xullas, ikki davlat o'rtasiga sovuqchilik tushurgan va ko'plab insonlarning hayotiga jiddiy xavf solgan o'g'rilik ishi shunday yakun topadi.

@panda_books kanali uchun.