Netflix: Qanday qilib striming kompaniyalari dunyoni egallab oldi?
Yaqinda boʻlib oʻtgan “Oskar” mukofotlarida Netflix filmlari 6 ta mukofotni qoʻlga kiritgan boʻlsa, striming xizmati nufuzli “Emmi”da 26 ta mukofotni qoʻlga kiritdi. Kompaniyaning bugungi muvaffaqiyati endi hech kimni ajablantirmaydi. Keling, shu sababdan Netflix'ning boshlanishi va kichik DVD-lizing firmasi qanday qilib trendga aylangan texnologik gigantga aylanganiga bir nazar tashlaymiz.
Onlayn DVD ijarasi do'koni va Blockbuster kompaniyasi bilan raqobat
Netflix'ga 1997-yilda Rid Xastings va Mark Randolf tomonidan asos solingan. Ilgari Hastings dasturiy diagnostikaga ixtisoslashgan Pure Software kompaniyasiga egalik qilardi. Tadbirkor kompaniyani foydali narxda sotishga muvaffaq bo'ladi va u Netflix'ga 2,5 million dollar sarmoya kiritadi. Startap dunyodagi birinchi onlayn DVD ijarasi do'koni sifatida boshladi. Kompaniyada 30 nafar xodim bor edi va 900 dan ortiq filmni ijaraga olish mumkin edi. Qaytarish sxemasi va ijara shartlari Netflixning asosiy raqobatchisi Blockbuster tomonidan taqdim etilgan shartlarga juda o'xshash edi. Startap egalari Amazon muvaffaqiyatini kitoblar bilan emas, filmlar bilan takrorlashga umid qilishgan.
1990-yillarning oxirida Blockbuster video prokat bozorida yetakchi edi. O'zining eng yuqori cho'qqisida u 9000 do'konga egalik qilardi, ularning yarmidan ko'pi esa AQShda joylashgandi. Netflix o'zining dastlabki kunlarida mijozlarga qizil konvertlarda DVDlarni jo'natardi. Va juda tez, 1998-yildayoq Amazonning egasi Jeff Bezos ushbu biznesga ko'z tika boshlaydi, chunki unga endi faqat kitoblar bilan savdo qilish yetarli emasdi. Agar o'shanda ushbu xarid amalga oshirilganda, bugungi kunda striming kompaniya manzarasi, albatta, boshqacha ko'rinishga ega bo'lardi. Ammo Netflix egalari dastlab hech qanday foyda bo'lmagan bo'lsa-da, qiyin raqobat sharoitida omon qolishda davom etishga qaror qilishadi. 2000-yilda Netflix rahbariyati Blockbusterga 49% o'z aksiyalarini 50 million dollarga sotib olishni taklif qiladi. Agar bu xarid ham o'xshaganda, bugungi kunda biz bilgan Netflix hech qachon mavjud bo'lmasdi va sayt blockbuster.com deb nomlanardi.
Biroq raqobatchilar kelishuvni rad etishadi va to'rt yildan so'ng ular DVD disklarini Internet orqali ijaraga berish uchun o'zlarining onlayn bizneslarini qurishni boshlaydilar. Blockbuster Online taniqli kompaniya nomi va keng video zallarining mavjudligi bilan maqtana olardi. Biroq, kompaniya egalari katta xarajatlarga tayyor emas edilar va ularning qarzlari borgan sari o'sib bordi. Nihoyat Blockbuster rahbarlari Netflixga qarshi kurashda davom etishdan to'xtashga qaror qilishdi va 2010-yilda kompaniya o'z faoliyatini to'xtatdi. Zamon o'tar, vaqt o'tar...
Birinchi striming xizmati va original kontent ishlab chiqarishni boshlash
2000-yillarning boshida Netflix rahbarlari, axborot texnologiyalarini yaxshi bilgan odamlar, DVD ijarasi modeli juda tez orada eskirishini va onlayn rejimga o'tish kerakligini tushunishardi. Ushbu yo'nalish tomon ilk qadam 1999-yilda Netflix saytining birinchi versiyasini ishga tushirilganida qo'yilgan. O'shanda 239 ming kishi kompaniya xizmatlaridan foydalanishni boshlaydi. Shu bilan birga, Netflix tavsiya modeli ustida ishlay boshladi - kompaniya hanuzgacha ushbu yo'nalishni faol rivojlantirib, foydalanuvchilarga yaxshi maslahatlar berishi bilan mashhur hisoblanadi. Xizmat obunachilardan o‘z xohish-istaklarini aniq taxmin qilishlari uchun filmlarni baholashni so‘ray boshlashdi. Cinematch deb nomlangan birinchi Netflix tavsiya mexanizmi 2000-yilda paydo bo'lgan.
2007-yilda Netflix Watch Now xizmatini ishga tushiradi, ammo kontentni eng yaxshi sifatda va faqat Internet Explorer brauzeridan boshqasida tomosha qilish mumkin emas edi. O'sha paytda DVD disklar kompaniya uchun barqaror daromad manbai bo'lganidan, ushbu strimingga obuna bo'lish disklariga bepul qo'shimcha hisoblanardi. Ammo bu allaqachon inqilob edi. Streaming rivojlanayotgani va borgan sari katta xarajatlar talab qilayotganligi sababli, rahbarlar ikkita biznesni ajratishga qaror qilishadi. DVD ijarasi xizmati Qwikster nomi bilan mashhur bo'ladi, endilik obunachilar Netflix va Qwikster uchun alohida to'lashlari kerak edi. Ushbu omadli bo'lmagan harakat oxir-oqibatda kompaniya aksiyalarning 75%dan ko'proq pasayishiga va foydalanuvchilar soni naq bir millionga kamayishiga olib keldi. O'sha paytda kompaniyada raqobat yo'q edi, shuning uchun muvaffaqiyatsizlik xo'jayinlarga qayta to'planish va yangi g'oyalar bilan bozorni zabt etishga urinish imkonini beradi.
2008-yilda Netflix Disney va Sony filmlari to'plamining mualliflik huquqlarini Starz'dan 30 million dollarga sotib oladi. Avvaliga Gollivud filmlari litsenziyasi striming platformasining o‘sishiga imkon beradi, biroq kompaniyaning kontent bo‘yicha bosh direktori Ted Sarandos o‘shanda ham tez orada striming dunyosida raqobat kuchayishini va original kontentga o‘tish zarurligini bilganini ta'kidlab keladi.
2011-yilda kompaniya haqiqatan ham o'z asl loyihalarini ishlab chiqarishni boshladi. Netflix'ning birinchi original seriyasi xuddi shu nomdagi Britaniya mini-serialining remeyki bo'lgan "Kartalar uyi" (House of Cards) edi. HBO, Showtime va AMC kabi raqobatchilaridan ustun kelish uchun Netflix "The House" ijodkorlariga ikki faslning jami 26 ta epizodi tayyor bo‘lgunga qadar oldindan 100 million dollar to‘lab buyurtma beradi. Ushbu juda tavakkal harakat o‘z samarasini beradi. Devid Fincherning prodyusserlik loyihasi odamlarni Netflix haqida jiddiy gapirishga majbur qiladi va kompaniyaning ambitsiyalarini raqobatchilariga ko'rsatib qo'yadi.
Mualliflik loyihalari uyi
O'z loyihalarini suratga olish boshlanganidan so'ng, kompaniya biznesni rivojlantirish uchun navbatdagi eng muhim qadam - global kengayishni boshladi. Bugungi kunga qadar striming 231 milliondan ortiq obunachiga ega. U dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etiladi. Garchi Netflix eng keng auditoriyaga qaratilgan ko'plab film, seriallarni ishlab chiqarsa ham, kompaniya o'z imidji ustida ishlashga harakat qilmoqda va Gollivud mukofotlari studiya boshliqlarining ushbu shuhratparastligini qondirib turibdi.
Hech shubha yo'qki, "Juda g'alati ishlar" teleseriali aka-uka Dafferlar mualliflik loyihasidir. Ijodkorlar ilmiy-fantastik va o'smirlarga mo'ljallangan filmlarining oltin davri bo'lgan 1980-yillarga bo'lgan muhabbatlarini yashirishmaydi. Stiven Spilbergning dastlabki kartinalari yoki Stiven King kitoblarining film adaptatsiyalarini eslashimiz mumkin. Masalan, Rob Reynerning "Men bilan qoling" filmi. Ammo yirik nomlar uzoq vaqtdan beri Netflix bilan hamkorlik qilishdan tortinmadilar. Bundan tashqari, striming yulduz rejissyorlar orzu loyihalarini amalga oshirishi mumkin bo'lgan joyga ham aylanib qoldi. Bunga Alfonso Kuaronning "Roma", Martin Skorsezening "Irlandiyalik", Devid Fincherning "Mank", Jeyn Kempionning "It hukmronligi" va Gilermo del Toroning "Pinokkio" kabi bir nechta kinolarni misol qilib keltirsak bo'ladi.
2017-yilda Netflix Kann kinofestivalining asosiy tanlovida taqdim etilgan. Bir vaqtning o'zida ikkita kinokartina. Bular Pong Jun Xoning "Okja" va Noa Baumbakaning "Mayrovits oilasining hikoyalari" edi. Fransuz distribyutorlari bundan qattiq g'azablanishadi, chunki bu filmlar mamlakatning katta ekranlarida hech qachon chiqa olmasdi. 2018-yildan boshlab esa Netflix'ning original filmlarini asosiy Kann tanloviga olishmay qo'yishdi, biroq ular boshqa nufuzli film namoyishlarida o‘zlarini ajoyib his qilishmoqda. Misol uchun, o'tgan yili o'sha Baumbakaning "Oq shovqin" Venetsiya festivalini ochib bergan film bo'ldi. Netflix mualliflik kinosidan voz kechmoqchi emas, shuning uchun striming eng katta film namoyishlari va asosiy jahon mukofotlarida bundan buyon ham keng miqyosda taqdim etilaveradi deyish mumkin.
Ommaviy auditoriya bilan muvaffaqiyat
Netflix auditoriyasining ortib borayotgani va yangi bozorlarni zabt etishda davom etish istagining oqibatlaridan biri - bu ko'proq ommabop filmlar va seriallarga o'tish bilan bog'liqdir. Ha, striming turli tillarda loyihalarni suratga oladi va ularning ba'zilari hatto muvaffaqqiyatga erishib va xalqaro xitga aylanadi (masalan, Germaniyaning "Zulmat" serialini olaylik), lekin shunga parallel ravishda, strimingda Adam Sandler ishtirokidagi komediyalar yoki blokbasterlar soni ham ko'paymoqda..
So'nggi yillarda striming bozorida raqobat sezilarli darajada oshdi. Natijada Netflix imkon qadar tavakkal qilmaslikka harakat qilayapti va o'z oddiy auditoriyasiga e'tibor qaratyapti. Xizmat ko'proq "Project Power", "Bird Box", "Red Notice", "The Grey Man" va "Project Adam" kabi filmlar muxlislarini nishonga olmoqda. Bu yuqori sifatli janrdagi filmlar bo'lib, afishalarda katta nomlar bilan tomoshabinlarni o'ziga torta oladi, ammo aslida bular bir martalik ko'rish uchun yaratilgan filmlar. Bunday filmlarda rejissyorning dadil qarorlari yoki yangi badiiy til topishga urinishlaridan umid qilmasa ham bo'ladi. Endilikda ko'plab o'rtacha sifatli filmlar kinoteatrlardagi prokatni chetlab o'tyapti va darhol Netflix'da namoyish etilyapti. Vaqti-vaqti bilan striming xizmati sifatni unutib ham qo'ymoqda, chunki loyihalar oqimi juda katta.
Shunisi e'tiborga loyiqki, parallel ravishda tanqidchilarga yoqqan, ammo tomoshabinlar e'tiborini jalb qila olmagan ko'plab seriallar birinchi yoki ikkinchi mavsumdan keyin qat'iy ravishda yopiladi. Bunda hammasi asosiy voqealar o'rtasida tugab qolishi muhim emas. Masalan, "OA", "Bu menga to'g'ri kelmaydi!", «Отжиг» и «Блеск» seriallari bilan shunday bo'ldi. Ha, biznes - bu biznes deyishadiku..
Hozirgi kun va istiqbollar
Netflix hatto qattiq raqobat sharoitida ham o'sishda davom etmoqda. Koronavirus pandemiyasi strimingning mashhurligini oshirishga yordam berdi. 2022-yil yakuniga ko‘ra, pullik abonentlar soni 231 millionga yetdi, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari ham oshib bormoqda. 2023-yilda Rid Xastings bosh direktor lavozimini tark etishi kerak, Netflix ikki rahbarga ega bo‘ladi - Ted Sarandos va Greg Peters. Ehtimol, xizmat raqobat tufayli yaqin kelajakda obuna narxini pasaytirishi ehtimoli yo'q emas.
Lekin, albatta, oddiy foydalanuvchilarni Netflix’ning moliyaviy ko‘rsatkichlari emas, balki yaqinlashib kelayotgan premyeralar ko‘proq qiziqtiradi. Yil boshida Nikolas Winding Refnning "Kopengagenlik kovboy" loyihasi allaqachon strimingga chiqarilgan edi. Shuningdek, maftunkor manyak "Sen" haqidagi serial ham mashhur bo'lishda davom etmoqda. "Jinni va Jorjiya" va "Lokvud va Co." agentli"ning ikkinchi mavsumi yaxshi ko'rishga ega bo'ldi. "Agent Elvis" animatsion komediyasining premyerasi yaqin kunlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, unda rok-n-roll qiroliga kimsan aktyor Metyu Makkonahi ovoz bergan.
Shuningdek, 2023-yilda Netflix Liu Sizinning shu nomdagi “Uch tana muammosi” ilmiy-fantastik romanining film adaptatsiyasi chiqarishi ko'zda tutilgan. Odamlar va oʻzga sayyoraliklar oʻrtasidagi birinchi kontakt haqidagi loyiha esa “Taxtlar oʻyini” serialining shourannerlari Devid Benioff va D. B.Vayss tomonidan ishlab chiqilmoqda. Mayk Flanagan («Клуб полуночников» и «Призрак дома на холме») Edgar Allan Poning gotika qissasining serialga adaptatsiya qilingan “Asherlar xonadonini qulashi”ini suratga oladi. Yozda, uchinchi fasl bilan mashhur "The Witcher" seriali ekranlarga qaytadi. "Qog'oz bino" serialining spin-offi bo'lmish "Berlin"ning chiqarilish sanasi hozircha aniq emas. Tomoshabinlar, shuningdek «Сексуального просвещения»ning to‘rtinchi faslini qachon ko‘rishlari ham noma’lum.
Tan olish kerak, so'nngi paytlarda Prime Video, Apple TV+, Disney+, HULU va HBO Max striming kompaniyalari ham ko'plab munosib filmlar va teleko'rsatuvlarni ishlab chiqarmoqda, ammo Netflix hozircha osongina taslim bo'lmoqchi emas.