Review
May 23, 2020

"Ajdodlar nidosi" filmiga review

Ajdodlar nidosi (Зов Предков) 2020

Yoshligimda qo'limga mashhur yozuvchi Jek Londonning "Ajdodlar nidosi" qissasi tushib qolgandi. Qayta-qayta o'qigan kam sonli suyukli asarlarimdan bir edi u. Mana endi Gollivud ijodkorlari o'sha qissa asosida film ham suratga olishibdi.

Bu film 1880-yillarda Kaliforniyadagi xonadonda yashab yurgan Bek laqabli itning falak gardishi bilan yovvoyi va sovuq Alyaskaga borib qolishi va u yerdagi qiziqarli sarguzashtlari haqida. Pochta xizmati jamoasiga yangi kelgan va keyinchalik yetakchi bo'lgan Bek aql bovar qilmaydigan sarguzashtlarga duch keladi, hayotda o'z o'rnini topadi va o'z ishining ustasiga aylanadi.

Kinoda hamisha mag'lub bo'lishing mumkinligi, ammo sinmaslik, hayotda qayta tura olish muhimligi ko'rsatilgan. Yana bir muhim fikrlardan biri - bu o'zingni qanday bo'lsang, shunday qabul qilish, o'zing va fikrlaring bir bo'lishi va Vatanni qadrlashing kerakligidir.

Kris Sanders ideal ssenariya, boy tabiiy effektlar, yaxshi ijro, ajoyib manzaralar, ajoyib musiqa va to'g'ri mazmun ega, bugungi kunda dolzarb bo'lib turgan juda ta'sirli film suratga olgan deyish mumkin. Albatta, barchaga buni tomosha qilishni maslahat beraman, ishoning vaqtni yoqimli o'tkazasiz!

@boredpandablog