IMHO
September 13, 2021

Dunyodagi eng qattiq qamoqxonalardan biri - "Qora Delfin"

FLESHBEK

Mashhur ashulachi Gio Pika (Гио Пика)ning "Фонтанчик с Черным Делфином" ashulasi ommalashgandan so'ng, men eng avvalo bu qo'shiqda nima kuylanayotganiga qiziqdim. Ma'lum bo'lishicha, ko'cha bolalari sevib tinglaydigan underground rep yo'nalishidagi ushbu ashulada Rossiyaning mashhur bir qamoqxonasidagi hayot haqida gap boradi. Menimcha, bu maqolani o'qigangizdan so'ng, siz ko'chada shu ashulani baland qilib eshitib yurgan bolalarga ham ulashasiz. Toki qo'shiq ma'nosini bilib olishsin...

TURMA HAQIDA

Butun dunyoda Rossiya qamoqxonalarining deyarli barchasi eng qattiq rejimlilaridan hisoblanadi. Ayniqsa, bitta qamoqxona o'zining qattiq rejimi va tarkibidagi mahbuslari bilan mashhur. O'sha mash'um turma, ya'ni "Qora delfin" umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinganlar uchun maxsus rejim koloniyasi hisoblanadi. U Qozog'iston bilan chegarada, Sol-Iletsk shahrida joylashgan. National Geographic hujjatli filmiga ko'ra, qamoqxonada mamlakatning eng xavfli jinoyatchilari -seriyali qotillar, kanniballar (odamxo'rlar) va terrorchilar bor. Qo'riqchilardan biri ekipajga bu yerdan qochishning yagona yo'li - o'lish ekanligini aytadi.

NEGA QORA DELFIN DEB ATALADI?

Qamoqxonaning xalq orasidagi norasmiy nomi - "Qora delfin" deya atalashiga mahbuslar tomonidan turma asosiy binosiga kirish eshigi oldiga yasalgan haykal sabab bo'lgan. Aslida, koloniyaning rasmiy nomi "Rossiyaning Orenburg viloyati Jazoni ijro etish federal xizmatining PKU IK-6 qamoqxonasi" deb nomlanadi.

MAHBUSLAR KIMLAR?

Qamoqxonada 700 ta mahbus bor, ular orasida xavfli jinoyatchila, seriyali qotillar, manyaklar va terrorchilar bor. Hammasi bo'lib, bu jinoyatchilar 3500 ga yaqin odamni o'ldirishgan. O'rtacha bu har bir mahkumga beshta qotillik to'g'ri keladi deganidir.

Nikolaev

"Qora delfin"da umrbodga qamalgan mahbuslar saqlanadi. Suratdagi Vladimir Nikolaev, kannibalizm uchun o'z muddatini o'tayapti. Nikolaev mast holda janjal paytida bir kishini o'ldirib qo'yadi, keyin uni hammomga sudrab olib borib, u yerda jasadni bo'laklarga bo'ladi. U bir qismini yeb, qolganini do'stiga berdi, uning xotini esa bu go'shtni (go'sht nimaligini bilmagan holda) pishirib, oilasiga kechki ovqatga tortadi. Nikolaev - Rossiyadagi eng mashhur qotillardan biridir.

TARTIB-QOIDALARI

Jinoyatchilar 24 soatlik video kuzatuv ostida bo'ladilar. Mahbuslar eshik va derazalardan katta po'lat panjaralar bilan ajratilgan, qafas ichidagi qafada joylashtiriladi.

Har ikkitadan mahbus 5 kvadrat metrlik kamerada bo'lishadi.

Soqchilar har 15 daqiqada aylanib yuradilar.

Mahkumlar kameradan chiqqanda, qo'llarini orqaga qilib, engashib yurishlari kerak. Boshqa binoga ko'chib o'tayotganda yoki sayrga chiqqanda, mahbuslar qamoqxona rejasini eslay olmasliklari uchun ko'zlari yopiladi.

Jismoniy mashqlar - bir burchakdan ikkinchisiga yurish. "Qora delfin" da yurish uchun qamoqxona hovlisi yo'q.

Mahbuslar sayrga chiqqanda, kameralar tintuv qilinadi - kontrabanda yoki qochishga tayyorgarlik haqida dalillar qidiriladi.

Qamoqxonada oshxona ham mavjud emas.

Mahkumlar to'g'ridan-to'g'ri o'z kameralarida ovqatlanadilar.

Ularga har kuni non va sho'rva beriladi.

"Qora delfin" turmasidan shu paytgacha hali hech kim qochib qutula olmagan.

GIO PIKA ASHULASI VA MATNI

Komi crime
Underground
Я в 2X2 Records'е

А есть под Оренбургом фонтанчик с чёрным дельфином
И в жизни видеть лишь раз его доводилось
Всем тем, кто проходили его мимо
Фонтанчик с чёрным дельфином

Представьте браты, что есть стены у дельфина
Коридоры длинные, окна, решётка, лепнина
И люди спинами кверху, ну как дельфины
В вечном плавании за деяния злые

Там не принято считать дни, считать годы
И нет звонка второго — вестника свободы
Там поломаются самые дерзкие грешники
Мерзкие, у которых слёзы все пресные

Там дни все — будни, там в крови все руки
И не уйти оттуда, как на подводном судне
Утащит тебя в глубь Соль-Илецких глубин
Единственный в мире злой чёрный дельфин

Фонтанчик с дельфином, вся жизнь тебя мимо
Здесь клеймом мечены приговорённые пожизненно
И если в наказании сила
Ведь не будет за стенами теми покоя с миром

Пока журчит вода в фонтане с дельфином
Пока журчит вода в фонтане с дельфином
В фонтане с дельфи...
В фонтане с дельфи...
Я в Сыктывкар underground

J.Bazarbaeff tarjimasi.

13.09.2021

@panda_books kanali