March 5, 2020

Boylik va dunyoqarash: Aslida hammasi qanday boshlangan? II qism

II qism

Hozirgi zamon odamidan boy insonni qanday tasavvur qilasan deb so'rasangiz, sizga boshdan oyoq qimmatbaho kiyimlarga burkangan, qimmat mashinalarda yuradigan oltin tishli kishini tasvirlab beradi.

100 yil oldinga qaytib qolib, shu savoni mahalliy aholidan so'raganizda ham katta ehtimol shunga sinonim javob olardiz.

Aslida biz "Pul"ni bir imkoniyat birligi deb olsak, kimda qancha ko'p pul bo'lsa, unda shuncha ko'p imkoniyat mavjud bo'ladi. Yaxshi yashash imkoni, yaxshi kiyinish imkoni. Bu tabiiy, albatta. Bunday odam o'z birlamchi ehtiyojlarini tez qondiradi va katta vaqtini bo'sh o'tkazish imkoniga ega bo'lishi mumkin. Boshqa imkon birliklari ham mavjud, ammo bu haqda keyinroq.

Insonlar qancha kambag'al bo'lsalar, shunchalik birlamchi ehtiyoj (yeyish, ichish, boshpana yopish, uxlash va hk) larinigina zo'rg'a qondirishadi. Natijada, o'sha davrlarda ularning san'at, madaniyat, adabiyot, ta'lim va siyosatga vaqtlari va imkonlari deyarli yo'q edi. Ularning kambag'alligi, ularni yaxshi ta'lim olmasligiga, natijada esa omi ya'ni savodsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Eng achinarlisi, ularning farzandlarini ham aynan shunday taqdir kutib turardi.

Siyosatda xalq omi bo'lsa boshqarishga eng qulay hisoblanadi. Xonliklar davrida boylar qatlamini katta qismini saroy amaldorlari va savdogarlsr tashkil etgan. Boylar jamiyatda kamchilikni tashkil etgan, ularning farzandlari esa o'sha davr uchun yaxshi ta'lim olishgan. Katta-katta lavozimlarga ishga olishda meritokratiya tizimidan foydalanishmagan. Faqat o'ziga to'q insongina saroyda ishlashga haqli edi. Boylar katta yerlarga egalik qilar va bu yerlar avloddan-avlodga o'tib, ustiga-ustak soliqlardan ozod qilingandi.

O'z-o'zidan, kambag'allar hozirgi til bilan aytganda, davlat byudjetiga o'xshagan (aslida esa xon o'z ehtiyoji uchun o'zboshimcha sarflaydigan xazina) ning bor soliq yukini o'z bo'yinlariga olishgan. Xonlik davrida ijtimoiy himoya tushunchasi bo'lmagan, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to'lanmagan. Ishchi va xo'jayin o'rtasida mehnat shartnomasi ham bo'lmagan, natijada esa oyliklar xo'jayin insofidan kelib chiqib belgilangan. Ular har tarafdan kambag'allarni siqishga harakat qilishgan.

Quyi qatlam tarafini oluvchi deputatlar, Parlament yoki shu kabi tashkilotlar yo'q edi. Xon goh vazirlar bilan kengashib, goh o'zi qarorlar qabul qilgan. U asosan yangi soliqlarni joriy qilib borgan. Vazirlar va boy qatlam bunday "islohot"ni so'zsiz qo'llab quvvatlashgan, birinchidan ular baribir soliq to'lashmasdi, foydalari esa ortardi. Ikkinchidan, hech qaysi vazirda veto va podshohga e'tiroz bildirish huquqi bo'lmagan. Buning uchun hatto uning boshi ketishi aniq edi.

U paytda ham hozirgi propiska tizimiga o'xshash tizim bo'lgan. Oddiy xalq hammasidan kechib, boshini olib ketmasligi uchun ularni bitta joyda ushlab turishgan. Urbanizatsiya rivoj topmagan, chunki xalq qishloqlarda, dalalarda ushlab turilgan. Bu esa sanoat inqilobi ro'y berishiga, yirik shaharlar paydo bo'lib, shahar aholisi ko'payishiga, yashash sharoiti yaxshilanishiga to'sqinlik qilgan. Natijada, Yevropada sanoat inqilobi bo'lib, temiryo'l va yirik shaharlar paydo bo'layotgan davrda ham, biz agrar davlatligimizcha qoldik.

Natijada, hattoki 1920-yillargacha bizda aholining katta qismi kambag'allikda yashovchi, yuqori bilim saviyasiga ega bo'lmagan qatlam va ikkinchi tarafda ich-ichidan monarxiyani qo'llovchi boylar tabaqasi shakllangandi. Bular doimo ziddiyatda edilar, ammo eng qizig'i bu jamiyat ichidan emas, aynan tashqi ta'sir, ya'ni Chor Rossiyasi, sal o'tmay Bolsheviklar tomonidan buzib yuborildi.

II qism tugadi

@boredpandablog