Review
September 7, 2020

"Tengiz" filmiga review

Orol dengizi afsonasiga aylangan ayol qismati....

Flashback

Bugun orziqib kutilgan, ko'plab tanqidchilar tomonidan yil filmi bo'ladi deyilayotgan "Tengiz" filmini premyerasini televizordan tomosha qildim.

Kinoni ko'rib, sevib qolasiz demayman, biroq aniq o'tkazgan vaqtizga afsuslanmaysiz.

Orol dengizi afsonasiga aylangan taqdir qismati haqida ro'yi-rost drama janriga mansub yaxshi bir film ishlangan. Buni tan olish lozim deb o'ylayman, har holda ozmuncha harakat qilishganmi?!

Endilikda taqrizning asosiy qismiga o'tadigan bo'lsak, ya'ni bundan oldingi reviewning ilk qismlari filmni ko'rib bo'lgan zahoti yozilgandi. Ya'ni hozir men filmni tomosha qilib bo'lgan zahoti bildirgan ilk feedbackimga biroz to'liqroq qo'shimcha qilmoqchiman.

Syujet
Voqealar haqiqatda hayotda bo'lib o'tgan voqealarga asoslangan. Albatta, unga bir qator badiiy to'qimalar bilan berib to'ldirilgan. Bu mening nazdimdaa hikoyaning haqqoniy ko'rinishiga zarra ziyon yetkazmagan.

Eng muhimi, ko'p o'zbek kinolarida kuzatiladigan voqealar zanjirida yirik va qo'pol uzilishlar yo'q, holatlar rivoji ravon va o'ziga xos yo'nalishga ega bo'lgan holda shakllanib boradi.

Kuchli irodaga ega ayol qismati haqida hikoya qilgan bu filmda nogiron bo'lib qolsa-da, hayotda yashashga kuch topa olgan Tengiz obrazi gavdalantiriladi.

Afsus bilan filmda yo'l qo'yilgan birgina katta minusni (va bu albatta mening fikrimcha) ta'kidlab o'tishim lozimki, film so'ngidagi 10 daqiqada asosiy voqealardan juda chetlashib ketilgan, bunday manevrlarni ayniqsa film kulminatsiyasi oldidan qilishgani muxlisni anchayin xafa qiladi. Kimgadir bu yoqqan bo'lsa, bu har kimning o'z xohishi.

Film nima beradi?
Agar bir qo'l va oyog'ingizdan, sevgan odamizdan ayrilib qolsangiz nima qilgan bo'lardiz? Ko'pchilik, tushkunlikka tushib, o'zini joniga qasd qilgan bo'lishi mumkindir. Yashashdan ma'no topish, taslim bo'lmaslikni aynan mana shu Tengiz ismli (qoraqalpoqcha "dengiz") ayoldan o'rganish lozim.

Ochig'ini aytsam, ushbu film menda kuchli taassurot qoldirdi. Kuchli irodaga ega ayol qismati haqida hikoya qilgan bu filmda nogiron bo'lib qolsa-da, hayotda yashashga kuch topa olgan Tengiz obrazi gavdalantiriladi.

Orol dengizi afsonasiga aylangan taqdir qismati haqida ro'yi-rost drama janriga mansub yaxshi bir film ishlangan.

Umuman, ushbu film tomoshasidan so'ng, qo'rqmasdan afsonaviy "Tanka" filmidan so'ng, nihoyat endi qoraqalpoq kino san'atida ham yana bitta yangi yaxshi asar paydo bo'ldi deyishimiz mumkin.

Aktyorlar
Sitora Farmonovani men oldinlari faqat "Quvnoqlar va Zukkolar" shousida, keyin boshqa kulgu konsertlarida ko'rganim uchunmi, uni oddiy komik aktrisa deb o'ylardim. Biroq bu filmda u barchani hayratga solib, jumladan meni ham, irodasi kuchli ayol obrazini gavdalantirib dramatik qiyofada paydo bo'ldi.

Tan olish kerakki, uning roli ancha ishonarli chiqdi. Demak, u o'z vazifasining uddasidan chiqqan. Ayniqsa, men qo'rqmasdan, aktrisa Sitora Farmonova o'z karyerasidagi eng yaxshi rollaridan birini ijro etgan desam sira yanglishmayman.

Eng muhimi, ko'p o'zbek kinolarida kuzatiladigan voqealar zanjirida yirik va qo'pol uzilishlar yo'q, holatlar rivoji ravon va o'ziga xos yo'nalishga ega bo'lgan holda shakllanib boradi.

Boshqa aktyorlarni ochig'i tanimadim. Qoraqalpoqfilm "Tanka"dan keyin yaxshi kino olmagani haqiqat, bu soha juda orqada qolib ketgandi. Lekin imkon bo'lsa, ularda ham yaxshi ijodkorlar borligi ko'rindi. Tan olish kerak, Sitora o'rniga qoraqalpoq aktrisasi o'ynashi mantiqan to'g'ri bo'lishi mumkindir, ammo Sitora bu qiyin masalani ham hal eta oldi. U ancha murakkab bo'lgan muammoni hal qildi.

Operatorlik ishi
Men filmni operatorlik ishiga qarab belgilayman. Bu safar ular juda chiroyli va turli rakurslar topib, o'z ishlarini mohirlik bilan bajarishibdi. 5 dan 5 qo'yardim.

Ayniqsa, aktrisa Sitora Farmonova o'z karyerasidagi eng yaxshi rollardan birini ijro etgan desak yanglishmayman.

Bilasizmi, Orol dengizi oldida olingan sahnalar menda katta taassurot qoldirdi. Iloji bo'lsa, u yerda ko'proq sahnalar olish kerak edi. Shuningdek, qizning uyi bo'lgan uy juda mohirlik bilan tanlangani ko'rinib turibdi.

Xulosa

Bu filmga Hollywood rakursidan turib qarash xato bo'ladi. Plankani yuqori qo'ymaslik kerak. Tanqid qilsa bo'ladigan asosli xatolari ham mavjud. Bulardan ba'zilarini sanab o'tdik ham. Lekin meni nazdimda, o'z davridagi o'zbek filmlari ichida "Tengiz" albatta yaqqol ajralib turibdi.

Kinoni ko'rib, sevib qolasiz demayman, biroq o'tkazgan vaqtizga sira ham afsuslanmaysiz.

#tengiz #film #taqriz

@boredpandablog