"Joker" filmiga review
"Ayting-chi, muammo mendami? Yo butun dunyo aqldan ozganmi ?!"
"Joker" filmi haqida
год 2019
страна Канада, США
слоган «Сделай счастливое лицо»
режиссер Тодд Филлипс
рейтинг 9.0
Flashback
Uzoq vaqtdan beri bu film haqida taqriz yozmoqchi bo'lib yurgandim. Ha, mendan oldin ancha blogerlar bu haqida yozib bo'lishdi. Lekin hechdan ko'ra kech. Demak boshladik...
Film mazmuni
"Joker" - albatta, yilning eng kutilmagan va yoqimli filmi, shaxsan men uni nafaqat o'tgan yilning eng yaxshi filmlaridan biri, balki men ko'rgan filmlar orasida ham yaxshisi derdim. Joker - Betmening eng mashhur dushmanlaridan biri. Komikslardan ma'lumki, bu personajning o'tmishi juda tumanli. O'z-o'zidan, bu xayolot uchun katta imkonlarni ochadi. Natijada Todd Phillips bizga mashhur antagonistning o'z versiyasini taqdim etdi.
"Onam har doim menga: "tabassum qil va baxtli yuz qiyofasi yarat", derdi. Uning aytishicha ... mening vazifam - bu dunyoga quvonch va baxt olib kelish!"
"Joker" filmi - bu zamonaviy jamiyatning odatiy qurboni bo'lgan "kichkina odam" haqida, ammo taqdiriga "yo'q" deya qarshi chiqqan matonatli inson haqida desa ham bo'ladi. Joker aytganidek: "Men oldin hayotimni tragediya deb o'ylardim, hozir bilsam u jin ursin, komediya ekan".
Aktyorlik
Xoakin Feniks - eng yaxshi zamonaviy aktyorlardan biri, hurmatli inson va faol fuqaro. U bu rolni 100% ajoyib bajargan. U shjaksiz Globus va Oskar mukofotiga loyiqdir. Ammo uni Ledjer (oldingi Joker) bilan taqqoslash noto'gri bo'ladi. To'g'riroq aytganda, bu film Jokerning o'zi haqida emas, hayot zarbalari ta'sirida Jokerga aylangan odam haqidadir.
- "Salbiy fikrlaringiz bormi?"
- "Menda bor yo'q narsa - salbiy fikrlar."
Phillipsning "Joker"i - bu hech kim tomonidan tushunilmagan odam haqida drama. Ehtimol, bu qayg'uli tarzda ochib berilgan mohiyatdir, lekin u shu qadar aniq va real tarzda mujassamlanganki, beixtiyor tomoshabin Jokerni kuzata turib filmga kirib boradi. "Siz, hammangiz, juda ko'p narsani biladigan tizimsiz. Siz nima yaxshi va nima yomonligini o'zingiz hal qilasiz. Xuddi shu tarzda, nima kulgili va nima yo'qligini ham."
Xulosa
Ajablanarlisi shundaki, tomoshabinlar filmni tom ma'noda idrok etishadi va 'Joker' kabi filmlarda toza propogandani ko'rishadi. Aqlli auditoriya, albatta, bunday taklifni rad etadi va to'g'ri qiladi. Biroq, "Joker"ni tanqid qilish oson ish emas, chunki kamchilik deyarli yo'q. Ssenariy muallifi hamma narsani shunday puxta o'ylab topganki: film boshidan oxirigacha biz o'zimizni xo'rlangan va tushunarsiz odam ekanligimiz, yana ustiga-ustak kimgadir loy chaplashi kerak bo'lgan qaysar va jirkanch odam ekanligimiz haqida bosh qotirib o'tiramiz. Qahramon o'rniga o'zimizni qo'yib ko'ramiz.
Bu umuman "popkorn film" emas: u shunchaki ko'ngilxushlik xarakteriga ega bo'lgan kinokomediyalarning odatiy turlaridan ancha uzoqda. Ammo shu bilan birga, Jokerni to'la oqlab ham bo'lmaydi. Chunki u qarshi chiqish uchun qurolli, qonli yo'lni tanlaydi. Bu esa ko'plab begunohlarning halok bo'lishiga olib keladi. Filmni yana bir bor tomosha qiling, shunda o'zingizga yangi xulosalar olasiz deb o'ylayman.
"Mening o'limim hayotimdan ko'ra ko'proq ma'noga ega bo'lishiga umid qilaman."
@boredpandablog