"We Bare Bears" mult serialiga review
Do'stlik va mehr haqidagi eng yaxshi animatsion serial!
Bugun sizning e'tiboringizga "Biz oddiy ayiqlar" multserialiga yozilgan eksklyuziv taqrizimni havola qilmoqchiman.
Haqiqatni aytadigan bo'lsak, ko'pchiligimizda multfilmlarga bo'lgan muhabbat bolalik paytimizdan beri o'tib ketmagan. Undan tashqari hozir multfilmar faqat bolalar uchun degan qarash eskirib ulgurdi. Shu sababli "Biz oddiy ayiqlar" yoki "Ayiqlar haqidagi butun haqiqat" animatsion serialiga yaqin vaqtlarda duch kelganimdan so'ng, men unga birinchi epizoddanoq qattiq bog'lanib qoldim. Xo'sh, bu serial nimasi bilan ajoyibki, u haqida do'stim Bookworm ham yozib chiqdi, internet esa ular haqidagi fotosuratlar bilan to'lib toshib yotibdi.
Bosh qahramonlar.
Demak, nomidan ma'lumki multfilm uchta turli xil aka-ukadek bo'lgan ayiqchalar haqida hikoya qiladi. Keling, oldin biz ushbu birodar ayiqlar bilan birma-bir yaqindan tanishsakl:
Grizzli
Yoki shunchaki Griz. Ushbu qo'ng'ir ayiq - mana shu jamoaning ruhi, sardori. Ba'zan aytarli katta hech narsa qilmaydi, lekin har doim birodarlarini qo'llab-quvvatlaydi, ularning va o'zining g'oyalariga amalga oshirishga ilhomlantiradi, umuman zamonaviy dunyodagi eng mehribon rahbar timsolida gavdalanadi. O'zining ochiqligi tufayli uchragan barcha bilan do'stlik aloqalarini bog'lab ketaveradi. Sergap va juda faol ayiq.
Panda
Yoki shunchaki Panpan. U bir so'z bilan aytganda haqiqiy romantik. Shuningdek zamonaviy harakterga ega o'smirlar kabi ijtimoiy tarmoqlarga o'ta bog'lanib qolgan. Bo'sh vaqtlarida anime uslubida rasmlar chizadi. Doim hammani sevib qolib yuradi, hamisha qiz do'sti bo'lishini orzu qiladi va telefonidan ozgina muddat ajralib qolishga aslo toqat qila olmaydi. Biroz qo'rqoq va o'ziga bo'lgan ishonchi sustroq. Jamoada o'ziga yarasha o'rniga ega ayiqcha.
Oqayiq
Yoki shunchaki Oq. (ko'pchilikning sevimli qahramoni) - bu kuchli va bahaybat ayiq ushbu jamoaning qo'llari hisoblanadi. U deyarli barcha og'ir ishlarni bajaradi, o'zi haqida 3-shaxs birlikda gapiradi, fikrlarini doim qisqacha ifodalaydi (misol "Oqqa bu yoqdi"). Shunga qaramasdan uni juda sovuqqon deya olmaymiz. Unda ham hissiyotlar mavjud, birodarlariga juda mehribon. Biroq bu mehrini hamisha ham ochiqchasiga ko'rsata olmaydi.
Ularning hayotiga nazar
Griz, Panda va Oqayiq zamonaviy maishiy hayotni boshlaridan kechirishadi. Masalan, ularning YouTubedagi sahifasi ommabop bo'lmaganligi sababli azob chekishadi, doimo mashhur bo'lishni va haqiqiy do'stlar orttirishni xohlashadi.
Uchta zamonaviy ayiqning sarguzashtlari xayoliy San-Fransisko shahrida bo'lib o'tsa-da, faol Grizz, romantik Panda va intellektual Oqayiqning sarguzashtlari haqidagi ushbu multfilmda boshqa personajlar ham bo'lib, shu orqali filmdagi kemtik joylar to'ldirib boriladi. Serial shu tarzda alohida voqealarga bag'ishlangan seriyalardan tashkil topgan bo'lsa-da, unda ma'lum bir mantiqiy zanjir bor deb ayta olaman. Ba'zan ularnikiga amerikalik koreys o'n yashar vunderkind qizaloq Xloyi Pak ularni ziyorat qilish uchun keladi. Bundan tashqari, Charli ismli sirli qorodam va ikki yuzli dushman, YouTube yulduzi bo'lgan koala Nom-Nom ham bor.
Nima uchun qiziqarli?
Ayiqlarni haqidagi ushbu serialda men yoqtirgan narsa shuki, ular sira ham superqahramonlar emas. Ular barcha kabi zamonaviy muammolardan azob chekishadi, ular Internetda o'tirishadi, ba'zida u yerda nima yozishni va o'zini qanday tutishni bilmaydilar. Ular birovga yordam berishga intilishadi, lekin ular har doim ham bunga qodir emaslar. Ayiqlar soddaliklari sababli hiyla-nayranglarga tez-tez tushib qolishadi.
Ayiqlar juda chiroyli chizilgan, yoqimli va do'stona ko'rinadi. Umuman olganda, animatsion seriya ko'zni quvontiradi, judayam bachkana yorqin ranglar yo'q va bu unchalik ham zerikarli emas.
Kim uchun?
Multfilm yuz foiz bolalar uchun, lekin kattalar uchun ham ko'plab sahnalar juda qiziqarli bo'ladi, undan tashqari u yerda bolalarga tushuntirib berish kerak bo'lgan narsalar ko'rsatilgan.
We Bare Bears - bu ajoyib multfilm yaratuvchisi Cartoon Networkning 2015-yilda suratga olishni boshlagan seriali. Komikslar yaratuvchisi Chongning "Uch oddiy ayiq" komiksi asosida serial suratga olingan va uchta aka-uka - ayiqlar - Grizli, Panda va Qutb ayig'ining odamlar orasidagi hayoti haqida hikoya qiladi. Asosiy voqealar San-Frantsiskodagi g'orda bo'lib o'tadi, tabiiyki unda bizning ayiqlar yashaydi, lekin ba'zi epizodlarda tomoshabinlar ularning bolaligiga ham sayohat qilishadi.
Yoqqan jihatlari
Birodarlarning bir-biriga va do'stlariga bo'lgan g'amxo'rligi, ularning qaysidir ma'noda g'amgin bolaligi, yumshoq xazil va ba'zida juda kulgili xazillari, shuningdek, ularning takrorlanmas va yoqimtoy xarakterlari (bu ham kamdan-kam uchraydi)- bu menga juda manzur bo'ldi.
Ayiqlar deyarli barcha ishlarni birgalikda bajarishadi. Birga do'konga borishadi, basketbol o'ynashadi, Internetda shuhrat izlashadi, mashhur odamlar bilan uchrashishadi.
Umuman olganda, ayiqchalar ijtimoiy jihatdan ko'proq moslashgan, ammo ular kundalik hayotida uchratadigan qiyinchiliklarni, biz oddiy odamlar orasida tez-tez uchratamiz. Shunda barcha mazmun hamdir. Aslida bu ayiqlar bizning hayotimizni ko'rsatib beradi. Animatsion seriyaning butun syujeti shu asosda qurilgan: biz bir-birini shunchaki yaxshi ko'rganidan quchoqlaydigan, oqil va do'stona yashaydigan ayiqlar kundalik hayotini kuzatamiz. Ammo bu zerikarli degani emas. Aslo. Aksincha ayiqlar ko'pchiligimizga qaraganda qiziqarli hayotda yashashadi, shuning uchun ularni tomosha qilish juda yoqimli.
Yuqorida aytilganlarning barchasidan anglashilib turadiki, "Biz oddiy ayiqlar" animatsion seriali, zamonaviy jamiyatdagi voqea hodisalarni mana shu kabi uchta ayiq birodarlarning sarguzashtlari asosida ko'rsatib beradi. Yumshoq ranglar, yoqimli animatsiya, mayin musiqa, yengil mavzular, epizodlarning qisqa va lo'nda vaqt chegarasi - ishdan charchab kelib shunchaki serial ko'rib dam olishni istaganlar uchun deal kombinatsiyadir.
Multserial haqida qiziqarli faktlar.
Ayiqlarning o'ziga xos o'ziga xos harakatlanish usuli bor - bir-birining ustiga sirkdagi singari "piramida"ga o'xshab turib olishadi. Bu ularning orasidagi munosabatlarni ko'rsatib beruvchi yorqin metafora namunasidir.
Cartoom Networkning ushbu animatsion seriali asosida ko'pgina mashhur videokliplar, viktorinalar va bir qator mobil o'yinlar mavjuddir.
Ayiqchalarning har biri Instagram ijtimoiy tarmog'ida o‘zlarining shaxsiy sahifalariga ega.
@boredpandablog