Mashhur zamonaviy yozuvchilar
December 3, 2020

Xaruki Murakami

"Dunyoga mashhur zamonaviy yozuvchilar" rukni ostida

Xaruki Murakami hayoti davomida nafaqat yapon, balki jahon adabiyotining mumtoz yozuvchisi maqomiga ega bo'lib ulgurgan. Dastlab o'zining adabiy qobiliyatlariga shubha qilgan bo'lsa-da, Murakami uchun yozuvchilik nafas olish kabi tabiiy hodisa ekanligini ta'kidlaydi.

Biografiya

Murakami 1949-yil 12-yanvarda Yaponiyada, Kioto yaqinida, Kayako qishlog'ida tug'ilgan. Oilaning erkaklari buddizm sohasida ta'lim olgan. Otasi maktabda yapon tili va adabiyotidan dars bergan. Bobosi - buddist ruhoniy bo'lib xizmat qilgan. Xarukining bolaligi Kobe port shahrida o'tgan. Shundan unda Amerika, Yevropa adabiyoti va musiqasiga qiziqish boshlangan.

1968-yilda nufuzli Vaseda universiteti talabalari ro'yxatida Murakami nomi ham paydo bo'ldi. Xaruki klassik dramaturgiya yo'nalishini tanladi. 1971-yilda Haruki o'zi bilan birga o'qigan Yoko Takaxashiga uylanadi. Murakami jazga bo'lgan ishtiyoqini biznesga aylantirdi va 1974-yilda Tokioda "Peter Cat" jaz-barini ochdi. Muassasa 7 yil muvaffaqiyatli ishlaydi. Bir kuni, Xaruki beysbol o'yinini stadiondan tomosha qilarkan, to'satdan u kitob yozishi mumkinligini anglab yetadi. O'shandan so'ng, Murakami barni yopib, asarlar yozishni boshladi.

Ijodi

1979-yilda nashr etilgan birinchi "Shamol qo'shig'ini tingla" romani "Gungzoshinjin-se" rivojlanayotgan yapon yozuvchilari mukofoti va yetakchi "Bungay" adabiy jurnalining Noma mukofotiga sazovor bo'ldi. Kitob "Kalamush trilogiyasi"ning birinchi qismi sifatida tanilgan. Murakami o'zining birinchi asarlariga nisbatan "zaif va chet ellik o'quvchilar e'tiboriga loyiq emas" degan fikrda edi. Biroq o'quvchilar yosh yozuvchining o'ziga xos uslubini ta'kidlab, uni qo'llab-quvvatladilar.

1980-yilda trilogiyaning davomi - "Pinbol 1973" romani chiqdi. Ikki yil o'tib, yakuniy qismi - "Qo'y ovi" nomli romani nashr etildi. Shuningdek, bu asar ham Noma mukofotiga sazovor bo'ldi. Ushbu asar Xaruki Murakamining yozuvchi sifatida shakllanishini boshlab berdi. Bu paytda Murakami barni sotishga va ko'proq adabiy asarlarga e'tibor berishga qaror qiladi. Undan tashqari ishlab topgan qalam haqlari unga Yevropa va Amerikani aylanib chiqishga imkon berardi.

Mashhurlik

Yunoniston va Italiyaga qilingan sayohat Murakamini "Norvegiya o'rmoni" deb nomlangan romanini yozishga undadi. Yozuvchiga dunyo miqyosida shon-sharaf keltirgan ushbu roman, o'quvchilar va tanqidchilar tomonidan Murakami ijodidagi eng yaxshisi deb topilgan. Nashr 2 million nusxada sotildi, Yevropada va AQShda esa juda ommalashdi.

Bosh qahramon 60-yillardagi talabalik hayoti va birdan ikkita qiz bilan uchrashgan paytlari haqida hikoya qiladi. Roman birinchi shaxsda bayon etilgan esa-da, ammo muallif uning avtobiografik emasligini ta'kidlagan. Shunchaki bunday taqdimot unga qulay bo'lgan.

Muhijirlikdagi hayoti

1988-yilda Xaruki Londonga ko'chib o'tadi. U yerda yozuvchi "Kalamush trilogiyasi"ning davomi - "Raqs, Raqs, Raqs" romanining so'nggi sahifalarini yakunlaydi. 1991-yilda Murakami AQShning Prinston universitetida dars berish taklifini qabul qildi. Keyinchalik u dotsent ilmiy darajasini oldi. Yaponiyada ayni paytda yozuvchining so'nggi 10 yil ichida yozgan asarlarining sakkiz jildlik nashri chop etilgan.

Amerikada yashab, Murakami o'z vatani va uning aholisi haqida gaplashishni istardi, holbuki buni ilgari uncha yoqtirmas edi. Xaruki o'z intervyusida tan olganidek, Vatandan ketgandan keyingina, siz olisdan turib, uni qadriga yetishingiz mumkin. 1992- yilda Xaruki Murakami Kaliforniyaga ko'chib o'tadi va Xovard Taft universitetida zamonaviy adabiyot haqida ma'ruzalar qiladi. Shu paytda yozuvchining ona yurtida "Chegaraning janubi, Quyoshning g'arbiy qismi" nomli romani nashr etiladi. Hikoya qahramoni, xuddi muallifning yoshligidagi singari, jaz-barning egasi hisoblanadi.

Asarlari

Murakami asarlari 20 dan ortiq, shu jumladan o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Shu yil adashmasam "Shamol qo'shig'ini tingla" romani nashr etildi. Ikki jildli "Sohil bo'yidagi Kafka" romani Roman World Fantasy Prize (WFA) mukofotiga sazovor bo'ladi.

Sezganingizdek, Murakami deyarli har yili kitob nashr etadi. 2005-yilda "Tokio afsonalari" hikoyalar to'plami nashr etildi. Unga yangi hikoyalar ham, saksoninchi yillarda yozilganlar ham kiradi. 2007-yilda "Yugurish haqida gapirganda nimani gapiraman" nomli memuari ham chop etildi.

2009-yilda adibning "1Q84" nomli yangi trilogiyasi nashrdan chiqdi. Savdolarning birinchi kunidanoq kitobning dastlabki ikki qismi sotilib ketdi. Asarda Murakami diniy ekstremizm, turli avlodlar qarashlari nomutanosibligi, voqelik va illuziya uyg'unligi mavzulariga to'xtalib o'tadi. 2010-yilda nashr etilgan inshoning uchinchi jildi ham bestsellerga aylandi.

Biroz uzilishlar bilan 2013-yilda "Rangsiz Sukuru Tazaki va uning adashgan yillari" falsafiy dramasi chiqdi. Bu yolg'izlikda yashovchi temir yo'l stansiyasi muhandisi hayoti haqidagi roman bo'lib, bolaligida Sukuruning do'stlari bor edi. Ammo vaqt o'tishi bilan noma'lum sabablarga ko'ra do'stlari undan yuz o'giradi. Faqat yangi qiz do'sti Sukuruni do'stlarini topishga va ajralish sabablarini bilishga undaydi. Bestseller odatdagidek zamonaviy adabiyot muxlislari tomonidan qizg'in kutib olinib, bu safar Amazon saytidagi savdo rekordini ham yana bir bor yangilab oladi.

2014-yilda "Ayollarsiz erkaklar" nomi ostida hikoyalar to'plami nashr etildi. Romanlarning asosiy qahramonlari g'alati erkaklar bo'lib, asosiy mavzu ular o'rtasidagi munosabatlar, yo'qotishlar va yutuqlardir. Xaruki Murakami yevropalik mualliflarning asarlarini ona tiliga tarjima qiladi.

Oilasi va qiziqishlari

Xaruki Murakami turmush qurganiga 40 yildan oshgan. Rafiqasi Yoko Takaxashi - qo'shiqchi va aktrisa. Oilada bolalar yo'q. 33 yoshida Murakami chekishni tashlaydi, suzish, beysbol, uzoq yugurishga qiziqib qoladi (marafonlarda qatnashadi). Uning G'arb madaniyatiga bo'lgan qiziqishi bir nechta fotoalbomlarda va sayohatlar qo'llanmasida aks etgan.

Murakami katta musiqa ixlosmandi ekanligi ma'lum. Yozuvchi hatto "Jazz portretlari" kitobini ikki jildda nashr etadi. Esselar kinorejissyor va ssenariy muallifi Makoto Vadaning musiqachilarning rasmlari ko'rgazmasi uchun adabiy illyustratsiyalardan iboratdir. Murakami o'z kitoblarida 55 ta eng sevimli jaz ijrochilari haqida gapirib o'tgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, uning shaxsiy plastinkalar kolleksiyasi 40 mingdan ortiq nusxani o'z ichiga oladi.

Mukofotlari

2016-yilda yapon yozuvchisi va tarjimoni "Klassik hikoyalar, pop madaniyat, yapon an'analari, hayoliy realizm va falsafiy aks ettirishning jasoratli kombinatsiyasi uchun" degan yutuqlar ila Xans Kristian Andersen nomidagi Adabiy mukofotga sazovor bo'ladi. Murakamiga adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti ham berilishi kutilgandi. Ammo yakunda ushbu nufuzli mukofot amerikalik qo'shiqchi Bob Dilanga nasib etdi.

Xulosa
Xaruki Murakami ijodi rang-barang. Agar sizda ham uning kitoblarini mutolaa qilish istagi tug'ilgan bo'lsa, u holda @pandapochtabot ga murojaat qilishingiz yoki @panda_books Telegram kanaliga obuna bo'lishingiz kifoya.

@panda_books