Книги, которые я тавсую
August 18, 2020

"Shantaram" by Gregori Devid Roberts

"Shantaram" - asrimizning "Ming bir kechasi"
Обложка

Qo'rqmasdan aytishim mumkinki "Shantaram" — XXI asr boshidagi eng yorqin romanlardan biri. Doimo pafos bilan gapirishdan o'zimni tiyishga intilsam-da, bu safar buning uddasidan chiqish qiyin masaladir. Zero bu maqtovlar asar ulkan tubsizlikdan chiqib, omon qolishga muvaffaq bo'lgan, dunyo bestsellerlarining barcha ro'yxatlariga kiritilganm shu bilan birga buyuk Melvildan to zabardast Xemingueygacha bo'lgan zamonamizning eng yaxshi yozuvchilari asarlari bilan hayajonli taqqoslanishga muvaffaq bo'lgan odam haqidagi o'ziga xos badiiy e'tirofdir.

"Shantaram" so'zi marathi tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha aytganda "Tinch odam, sokin qalbli inson" deya tarjima qilinadi.

Bugun ertalab nihoyat Gregori Devid Robertsning "Shantaram" ini o'qib tugatdim. Men doim yaxshi kitob o'qiganimdan so'ng, bir muddat o'sha asar ta'sirida yuraman. Lekin "Shantaram" ni men hayotda umuman unutmasam kerak.

Har bir ayol ichida kichik bir okeanni olib yuradi. Hali bu hammasi emas. Bizning qonimiz va terimiz sho'rligi, xuddi dengiz suvi bilan bir xilda. Biz har birimiz ichimizda, ter va qonimizda kichik bir okeanni saqlab qolganmiz. Biz yig'laganimizdagi, biznining ko'z yoshlarimiz - bularning bari okean.

Muallif singari, ushbu roman qahramoni ham ko'p yillar davomida qonundan yashirinib keladi. Xotinidan ajrashgandan so'ng, u ota-onalik huquqidan mahrum bo'lib, giyohvandlikka moyilligidan, bir qator o'g'riliklarni amalga oshiradi va natijada Avstraliya sudi tomonidan o'n to'qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Ikkinchi yil u maksimal xavfsiz qamoqxonadan qochib, Bombeyga yetib keladi, mahalliy mafiyaga aralashib qolib, u yerda soxta passport va kontrabanda savdosi bilan shug'ullanadi. Qurol sotadi va hind mafiyasini demontaj qilishda qatnashadi, Afg'oniston tog'li hududlariga xavfli safar uyushtirib, ko'plab qiyinchilik va sarguzashtlarga duch keladi. Shuningdek, asar davomida Karla ismli ilk haqiqiy sevgisini uchratadi...

"Shantaramni o'qib qalbi titramaydigan odamning yo yuragi yo'q yoki o'lgan, yoki ikkalasi ham bir vaqtning o'zidadir".

Asarda menga yoqqan jihtalari ko'p bo'ldi. Birinchidan, bunda har bir bor qat'iy format asosida tuzilgan. Boblar doimo biror bir vaziyatga falsafiy qarash bilan boshlanadi, so'ngra voqealar rivoji bo'lib o'tadi. Bob oxiri o'sha voqealarning mantiqiy yakuni bilan tugaydi va bundan chiqarilgan xulosalar yana bir bora avtorning mulohazalari bilan boyitiladi. Shu tarzda asar o'zining falsafiy boyligi bilan ba'zi bir jihatdan Heminguey ijodini ham eslatib yuboradi. Misol tariqasida quyida menga yoqqan asardan kichik bir parcha keltiraman:

"- Go'zal, shunday emasmi? - so'radi Jonni Sigar yonimga o'tirarkan, qoramtir tinimsiz mavjlanib turgan dengizga ishora qilib. - Ha! - tasdiqlab qo'ydim, unga sigareta taklif qilar ekanman. - Balki, bizning hayotimiz ham okeanda boshlangandir - sekin gap boshladi u, - Bundan 4 million yillar oldin. Allaqaysi okeanning chuqur, issiq joyida, shundoq suvosti vulqoni yonida.

Men unga hayrat nazari ila qaradim.

- ha, deyarli butun ushbu o'tgan davr ichida barcha tirik jon suvda yashagan. Va keyingi millionlar yillar ichida ham, balki, undanda oldinroq - aniq aytish qiyin, axir barchasi juda qadimda sodir bo'lgan - tirik jonlar quruqlikka chiqishni boshlashgan.

Men unga beo'xshov xo'mraygancha, bir vaqtning o'zida kulib qo'ydim. Men zero Jonnining faylasufona gaplarini buzib qo'ymaslik maqsadida, hatto nafas olishimni ham sekinlashtirdim.

- Ammo aytishimiz mumkinki, bir necha million yil okeanda yashaganimizdan so'ng, dengizni tark etarkanmiz, biz xuddi okeanni o'zimiz bilan olib olgandek edik go'yo. Qachonki ayol ko;'zi yoriydigan, ya'ni tug'adigan vaqt, uning qornidagi go'dak suv ichida o'sadi. Ushbu suv deyarli dengiz suvidek. Hatto sho'rligi ham bir xil. Har bir ayol ichida kichik bir okeanni olib yuradi. Hali bu hammasi emas. Bizning qonimiz va terimiz sho'rligi, xuddi dengiz suvi bilan bir xilda. Biz har birimiz ichimizda, ter va qonimizda kichik bir okeanni saqlab qolganmiz. Biz yig'laganimizdagi, biznining ko'z yoshlarimiz - bularning bari okean.

U jim qoldi, va men nihoyat unga savol berishga imkon topdim:

- Marhamat qilib aytgin, bularning barini qayerdan bilasan?

Ehtimol, mening savolim juda dangal eshitilgandek bo'ldi.

- Kitobda o'qigandim. - U menga mag'rur jigarrang ko'zlari ila boqarkan. - Nima edi? Shunday emasmi? Men nimanidir xato aytdimmi? Bu kitob uyimda turibdi. Xohlasang, men uni senga berishim ham mumkin.

- Yo'q, yo'q, hammasi joyida, albatta, barchasi xuddi shunday, sen aytgandek.."

(rus tilidan kamina tarjimasi)

Shuningdek, bir qator kuchli yozuvchilar va nashriyotlar bu asar haqida juda yaxshi fikr bildirishganiga guvoh bo'ldim. Quyida shulardan ba'zilari:

  • "Shantaramni o'qib qalbi titramaydigan odamning yo yuragi yo'q yoki o'lgan, yoki ikkalasi ham bir vaqtning o'zidadir".
  • "Ko'p yillar davomida men hech narsani bunday zavq bilan o'qimaganman. Shantaram - asrimizning "Ming bir kechasi". Bu o'qishni yaxshi ko'radiganlar uchun bebaho sovg'adir. ” degan edi uni o'qigan yozuvchilardan biri..."
Bu asar ulkan tubsizlikdan chiqib, omon qolishga muvaffaq bo'lgan, bestsellerlarning barcha ro'yxatlariga kirgan va Melvildan Xemingueygacha zamonamizning eng yaxshi yozuvchilarining asarlari bilan hayajonli taqqoslanishga muvaffaq bo'lgan odam haqida badiiy e'tirofdir.

Yana bir gap, qachondir "Shantaram" kitobi asosida kino suratga olishsa, unda bosh rolni faqat va faqat my favourite Jonny Depp o'ynashi kerak! Negadir hamisha kitobni o;'qisam ko'z o'ngimda aynan Jonnining yuz qiyofasi gavdalanadi.

Kitobni so'nggiga yaqinlashib qoldim. So'zsiz, bu kitob juda ajoyib. Xuddi mening miyamda o'ynayotgan fikrlar qog'ozga tushirilgandek...

Oxirgi boblar mutolaasi esa shunchaki dahshatli tarzda tezlik bilan kechdi. Men kitobni o'qir ekanman, Lindsey Shantaram bilan birga yashagandek, u his qilgan tuyg'ularni men ham boshimdan kechirgandek bo'ldim.

"Shantaram" - bu har bir insonning ichida mudrab yotgan yaxshilikning bir parchasi.. Men bundan ortiq ta'rif berishga ojizman.

Hayotiy tajriba achchiq o'tkazilgan yillar va mashaqqatli damlar evaziga keladi. Bu asarni o'qib o'sha dardlarni his qilib o'zingizga juda qimmarli ma'lumotlar va hissiyotlarni olasiz.

Shantaram ni o'qishni shunchaki tavsiya qilmayman. Qat'iy talab qilaman!!!

J.B.

@panda_books Telegram kanali uchun maxsus