IMHO
March 15, 2022

Yadroviy Klub haqida

15.03.2022

Mana 50 yildan ko'proq davr mobaynida, dunyo davlatlarining 2/3 qismidan ko'prog'i yadroviy qurollar sinovini butunlay taqiqlashni talab qilib keladi. Yadro arsenallari, ularni yo'q qilish tashabbuslari va ularning istiqbollari haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa Panda Books qo'llanmasida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi sessiyasida ko'plab davlatlar allaqachon Yadro qurolini taqiqlash to'g'risidagi shartnomani imzolashgan (u 2017-yil 7-iyulda BMT shtab-kvartirasida qabul qilingan). Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish aytganidek, "bu bilan biz “qiyomat qurollarisiz dunyo" yaratamiz!". Ammo yadro quroliga ega davlatlar bu tashabbusda ishtirok etish yo'lida yonib-kuyishayotgani yo'q. Aksincha desak, to'g'riroq bo'ladi. Keling, hammasi haqida boshidan batafsil.

Yadroviy qurolga kimlar ega va qancha miqdorda?

Umuman olganda, bugungi kunda dunyoda de-fakto 9 ta yadroviy "держава" mavjud - AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya. Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) ma'lumotlariga ko'ra, 2017-yil yanvar holatiga ko'ra, ularning ixtiyorida jami 15 mingga yaqin yadro kallaklari bor. Ammo ular G-7 mamlakatlari orasida juda notekis taqsimlangan. Sayyoradagi yadro kallaklarining 93 foizi AQSh va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kim rasmiy yadroviy maqomga ega, kim yo'q?

Rasmiy ravishda faqat 1968-yilgi Yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomani imzolagan mamlakatlargina yadroviy "держава"lar hisoblanadi. Bular xronologik tartibda AQSh (1945), SSSR/Rossiya (1949), Buyuk Britaniya (1952), Fransiya (1960) va Xitoy (1964). Qolgan to'rtta davlat yadro quroliga ega bo'lsa-da, uni tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomaga rasman qo'shilmagan.

Shimoliy Koreya shartnomadan chiqqan bo'lsa, Isroil hech qachon yadro quroliga ega ekanligini rasman tan olmagan, biroq Tel-Avivda ular bor deb ishoniladi. Lekin Isroil hech qachon yadroviy sinovlar o'tkazmagan. 1998-yilda Pokiston va Hindiston o'zlarida bunday qurol borligini rasman tan olishgan. Bundan tashqari, AQSH Eron yadroviy energiyadan harbiy maqsadda foydalanish va MAGATE tomonidan nazoratni rasmiy ravishda rad etgan holda atom bombasini yaratish ustida ishlashda davom etmoqda, deb taxmin qiladi. Eron bilan birgalikda Janubiy Afrika Respublikasi ham o'z sinovlarini o'tkazib kelgan. Lekin bu ikki davlat haligacha aytarli muvaffaqiyat qozona olmagan.

Aparteid rejimi bekor qilinishidan biroz oldin, Janubiy Afrika, shuningdek, 2003-yilda Liviya atom bombasini yaratishga urinishlardan voz kechdi. SSSR parchalanganidan keyin yadro qurolini meros qilib olgan sobiq SSSR respublikalari: Ukraina, Belarus va Qozog'iston Lissabon protokolini imzoladilar, bu esa ularni START-1 shartnomasiga a'zo qiladi, keyin esa ular Yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomaga qo'shilishdi.

Dunyoda AQSh va Rossiyadan keyin uchinchi o'rinda turadigan eng katta arsenal Ukrainada edi. Undan voz kechish evaziga rasmiy Kiyev xalqaro tashkilotlardan yaxshigina moliyaviy yordam oladi, shuningdek, Budapesht memorandumi deb ataladigan yadroviy kuchlardan xavfsizlik va hududiy yaxlitlik kafolatlarini ham belgilandi. Biroq memorandum ixtiyoriy harakteriga ega bo‘lib, uni imzolagan davlatlarning hech biri tomonidan ratifikatsiya qilinmagan va sanksiyalar mexanizmi nazarda tutilmagan. Agar hozir Ukrainada atom bombasi mavjud bo'lganida nima bo'lishini tasavvur qilavering.

Albert Eynshteyn bir vaqtlar "Uchinchi jahon urushida nimada urushishini bilmadimu, lekin 4-Jahon urushi aniq kamon va nayzalar bilan bo'ladi" degan edi. Siyosatshunos-nazariyachi Kennet Waltsz o'z maqolalarida buyuk davlatlar hech qachon hujum uchun ishlatmasligini bildirib keladi. Lekin davr o'tib bu postulat o'zgarib bormoqda.

Dunyoda atom kuchlariga nisbatan bo'lgan qiziqish yana oshishi kishini baribir xavotirga soladi.

@panda_books va @boredpandablog kanali uchun

Dunyo mamlakatlari necha marta yadro qurolini sinovdan o'tkazgan.

Qizig'i shundaki, Isroil ro'yxatga kiritilmagan.

Ammo barchamiz Golda Meirning iborasini eslaymiz:

“Birinchidan, bizda yadro quroli yoʻq, ikkinchidan, kerak boʻlsa, undan foydalanamiz”.