IMHO
August 27, 2020
O'zaro suhbatlar uchun nojoiz deb bilgan mavzularim
Ko'pchilik orasida, yangi qo'shilgan davralarizda va ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mavzularda suhbat qurishdan qochishni tavsiya qilgan bo'lar edim, bu, albatta, sizning diplomatik qobiliyatingizni rivojlantirish uchun.
- Salomatlik. Bu o'ta shaxsiy mavzu. O'zingizning kasalliklaringiz haqida ochiq muhokama qilmang. Bu nafaqat sizning qadr-qimmatingizni kamsitishi, balki boshqalar orasida sizga nisbatan o'rinsiz achinish hissini keltirib chiqarishi mumkin.
- Shaxsiy ma'lumotlar. Shaxsiy tafsilotlarga yoshi, oilaviy holati, daromadlar kiradi. Bularni muhokama qilmaslik maqsadga muvofiq, ayniqsa oylik daromadingiz haqida.
- Din. Iymon-e'tiqod chuqur va juda shaxsiy tuyg'udir. Bunday mavzularning muhokamasi katta mojarolarga sabab bo'lishi yoki boshqa birovning his-tuyg'ularini kamsitishi mumkin.
- Siyosat. O'zim shaxsan eng ko'p to'qnashgan mavzu. Bilingki, har kim o'z siyosiy qarashlariga ega bo'lish huquqiga ega, ammo hech kim o'z nuqtai nazarini boshqalarga singdirishga haqli emas. Tilni tiyish ko'pam oson ish emasligi sababli, bunday mavzulardan qochish eng yaxshi yo'ldir.
@boredpandablog