IMHO
May 9, 2021

Asrga tatigulik mutolaa!

Yoxud Iosif Brodskiy, Ernest Xeminguey, Richard Dokins va Nil Degrass Taysonlarning "MustRead" ro'yxati

09.05.2021

Hozirgi kunda hamma "o'qishi shart" bo'lgan kitoblarning to'liq ro'yxatini tuzish imkoni deyarli yo'q. Uyg'onish davridan keyin bu endi bajarsa bo'ladigan vazifa bo'lmay qoldi. Hamma narsani qamrab oladigan bilimga da'vogar bo'la oladigan oxirgi odam, menimcha, Gyote edi.

Mashhur nemis yozuvchisi, ensiklopedisti va tabiatshunosi 1832-yilda vafot etdi, "Turlarning kelib chiqishi" asari esa 27 yildan so'ng nashr etildi, so'ngra ikki asrlik doimiy va tezlashib borayotgan ilmiy taraqqiyot davri kirib keldi.

Endilikda har kimning o'z o'qish doirasi bor va kitobxonlar o'rtasida umumiy til topish jarayoni borgan sari juda qiyinlasha bormoqda.

Shu sababli, hozirda biz tuzadigan barcha "Must Read" ro'yxatlari har qanday madaniyatli inson uchun o'qib chiqish ma'qul bo'lgan ba'zi bir ustuvor yo'nalishlarnigina ko'rsatib berishi mumkin. Bu asosan turli xil mutaxassisliklar va bilim sohalarini bir-biriga bog'laydigan kitoblardan iboratdir.

Biz quyida umumbashariy madaniyat nima asosda yaratilganligi to'g'risida, uning o'tmishini yaxshiroq anglash, bugungi kun va kelajakni to'laqonli tasavvur qilishda yordam beradigan bir nechta adabiyotlar ro'yxatini to'pladik. Aniqrog'i, bu ro'yxatlar bir qator nufuzli adabiyot va ilm-fan darg'alari tarafidan tuzib chiqilgan.

Brodskiy ro'yxati


Iosif Brodskiy 1987-yilda o'zining amerikalik talabalarining johilligidan shikoyat qilib tuzgan mashhur ro'yxat. Ro'yxat shoshilib tuzilgan va bir necha bor qayta ko'rib chiqilgan.

Ba'zan Brodskiy aniq asarlarni ko'rsatmasdan faqat mualliflarni nomlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu yozuvchi tomonidan tuzilgan ro'yxat: bu haqiqatan ham adabiy jarayonning borishini, falsafiy va ijtimoiy fikrlarning rivojlanishini tushunishga yordam beradi, ammo ko'p asarlarni shunchaki bort tashqarisida qoldirgan.

1. Biz ro'yxatning pastki qismidan 15 ta asarni tanladik.

2. "Tristam Shendi hayoti va fikrlari" Lourens Stern.

3. "Boshqaruv to'g'risida ikkinchi traktat" Jon Lokk.

4. "Xalqlar boyligining sabablari va tabiati bo'yicha tadqiqotlar" Adam Smit.

5. Federalistlar matnlari (Jeyms Medison, Aleksandr Gamilton va Jon Jeyning 1780-yillarda Amerika Konstitutsiyasini qo'llab-quvvatlash sifatida yozilgan matnlari).

6. "Sog'lom fikr tanqidi" Immanuel Kant.

7. "Qo'rquv va titroq", "Yoki-yoki", "Falsafiy fragmentlar" Seryon Kerkegor.

8. "Yerto'ladan eslatmalar", "Jinlar" F.Dostoevskiy.

9. "Faust", "Italiya sayohati" Gyote.

10. "Amerikadagi demokratiya" Aleksis de Tokvil.

11. "Bizning kunlarimiz sayohati" De Kyustin.

12. "Mimesis" Erik Auerbax.

13. "Meksikani zabt etish tarixi" Uilyam Preskott.

14. "Yolg'izlik labirintlari" Oktavio Pas.

15. "Ilmiy tadqiqotlar mantig'i", "Ochiq jamiyat va uning dushmanlari" Karl Popper.

16. "Omma va hokimiyat" Elias Kanetti.

Xeminguey ro'yxati


Ernest Xeminguey nafaqat buyuk nasrlar, balki she'rlar, insholar va ilmiy-ommabop asarlar ham yozgan. U ish vaqtining taxminan yarmini o'qishga bag'ishlardi - va u buni o'z matnlariga yangi narsa qo'shish uchun emas, o'zi zavqlanishi uchun qilar edi.

Xeminguey hech qachon o'zining sevimli va eng muhim kitoblarining yagona ro'yxatini tuzmagan. Biz turli xil manbalarda tez-tez uchragan 10 ta asarni tanladik (masalan, boshlang'ich yozuvchilar uchun tavsiya qilingan kitoblar ro'yxatidan).

Bu ham, albatta, yozuvchi ro'yxati: shuning uchun u ham deyarli badiiy asarlardan tashkil topgan.

1. "Qirol Lir" V.Shekspir.

2. "Anna Karenina" Lev Tolstoy.

3. "Urush va tinchlik" Lev Tolstoy.

4. "Geklberri Finning sarguzashtlari" Mark Tven.

5. "Yo'qotilgan vaqtni izlash" Marsel Prust.

6. "Wuthering Heights" (Грозовой перевал) Emiliya Bronte.

7. "Aka-uka Karamazovlar" Fyodor Dostoevskiy.

8. "Napoleonning Rossiyaga bosqini" Yevgeniy Tarle.

9. "Uliss" Jeyms Joys.

10. "Qizil va qora" Stendal.

Dokins ro'yxati


Mashhur biolog va evolyutsiya nazariyasi bo'yicha mashhur kitoblar muallifining tavsiyalari. Ushbu ro'yxat shuni ko'rsatadiki, Dokins nafaqat ilmiy asarlarni o'qiydi, balki badiiy adabiyotdan ham yaxshi xabardor. Biroq, bu ajablanarli emas - uning asarlari badiiy xususiyatlariga e'tibor bermasdan, ular bu qadar ommalashib ketishi mumkin emas edi.

Ro'yxat oldingilariga qaraganda kamroq va u deyarli to'ldirilmagan. Shuningdek, undagi kitoblar Dokinsning ingliz matbuotidagi bir necha intervyulariga asoslangan.

1. "Faxr shamshiri" Ivlin Vo.

2. "Краснокожие пришельцы" Elspet Xaksli

3. "Qora borliq" Daniel Galuye.

4. "Fred amaki bahorda" Pelem Vudxaus.

5. "Nima uchun evolyutsiya nazariyasi haqiqat" Jerri Koyn.

6. "Nega biz kasal bo'lamiz" Randolf Nesse va Jorj Uilyams.

7. “Jinlar bilan to'la dunyo. Ilm zulmatda sham misoli" Karl Sagan.

8. "Bigl" kemasida dunyo bo'ylab sayohat" Charlz Darvin.

Nil Degrass Tayson ro'yxati


2011-yilda taniqli astrofizik va fanni ommalashtiruvchisi Reddit nashrida orqali "Menga hamma narsani so'rang" (Ask Me Anything) formatida bo'lib o'tgan munozarada ishtirok etdi, unda foydalanuvchilar taniqli shaxslarga o'z savollarini berishlari mumkin edi.

Savollardan biri: "Bu sayyoradagi har bir aqlli odam qanday kitoblarni o'qishi kerak?" bo'ldi.

Bunga javoban Tayson sakkizta kitobning ro'yxatini taklif qildi va unga quyidagicha izoh berdi: "Agar siz men aytib o'tgan barcha kitoblarni o'qisangiz, u holda G'arb dunyosi tarixini boshqargan narsa haqida tushuncha olasiz."

1. Injil.

2. "Tabiiy falsafaning matematik asoslari" Isaak Nyuton.

3. "Bigl" kemasida dunyo bo'ylab sayohat" Charlz Darvin.

4. "Gulliverning sarguzashtlari" Jonatan Svift.

5. "Sog'lom fikr" Tomas Peyn.

4. "Xalqlar boyligining sabablari va tabiati bo'yicha tadqiqotlar" Adam Smit.

7. "Urush san'ati" Sun Tzsi.

8. "Hukmdor" Nikkolo Makiavelli.

Jasurbek Bazarbaeff tarafidan o'zbek tiliga tarjima qilindi

@panda_books