Feedbacks to Books
July 3, 2021

Nega Getsbi o'z sevgisiga yetolmadi?

02.07.2021 #review #taqriz

  • Frensis Skott Fitzjeraldning "Buyuk Getsbi" asari mana qariyb bir asrki muhabbatning fojiali kuchi namunasi sifatida keltiriladi. 2013-yilda Leonardo Di Kaprio ijrosidagi film romanni yana avvalgi mashhurligiga qaytardi.

Biz har doim sevgisi va hayoti ayanchli yakun topgan Getsbiga nisbatan keskin adolatsizlikni his qilamiz. Ammo romanning mohiyati shundan iboratki, bu natija oldindan ma'lum edi. Nima uchun? Keling, buni aniqlaymiz.

"Yo'qotilgan avlod" adabiyoti

Birinchidan, F. Skot Fitzjerald "yo'qotilgan avlod" adabiyotiga tegishli ekanligini unutmaslik kerak. Bu ikki jahon urushi o'rtasidagi yorqin porlagan yozuvchilar guruhiga tegishli nom. Ularni inson va jamiyatdagi ko'ngilsizliklarning uyg'un tuyg'usi birlashtirib turadi.

Dunyo o'zining odatiy qadriyatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatga tushib qoldi. Ular o'z ma'nosini yo'qotadi va undan qocha boshlashadi. Bu qanday sodir bo'ldi? Muntazam alkogolli ko'ngilxushlik yoki kuchli sevgi yordamida.

Getsbining xayollaridagi Deyzi urushdan keyin u bilan uchrashgan qizga o'xshamasdi.

Biz birinchi variantni Remark va Xeminguey asarlarida tez-tez uchratsak, Fitzjeraldning "Buyuk Getsbi" asarida biz ikkinchi ssenariyning yorqin timsolini ko'ramiz.

"Buyuk Getsbi"

Roman Getsbining qo'shnisi va Deyzining uzoq qarindoshi Nik Karrauey nomidan hikoya qilinadi. Nik qanday qilib Jey Getsbining murakkab va sirli hayotini asta-sekin o'rganganini, Deyzi bilan qanday uchrashganini va o'shanda uning qashshoqligi Deyziga uylanishiga to'sqinlik qilganini ochib beradi.

Getsbi nihoyatda yolg'iz edi va Nik uning yagona do'stiga aylanadi, bu Getsbining minglab tanishlaridan hech biri tashrif buyurmaydigan dafn marosimi orqali yaqqol tasvirlangan.

Keyin urush, shubhali boylik orttirish, Long-Aylenddagi ulkan qasr va Nyu-Yorkni qamrab olgan har hafta yakshanba kungi ziyofatlari. Shu bilan birga, egasining o'zi ularda qatnashmasligi haqida ham so'z yuritadi. Keyinchalik bilib olishimizcha, buning hammasi Deyzi uchun edi: u Deyzining ziyofatlardan birida qatnashishiga umid qilib, shu yo'l bilan u bilan yana ko'rishishni hayol qilgandi.

Ko'ngilxushlikning bo'm-bo'sh olami

Fitzjerald "zavqga chanqoqlik va ko'ngilxushlikka intilish" dunyosini juda batafsil tasvirlaydi. Bu moddiy boylik botqog'iga botgan boy va muvaffaqiyatli odamlar dunyosi, zotan buning ortida hech qanday qadr-qimmat prinsiplari yo'q. "Yuqori jamiyat"ni xushmuomalalik bilan namoyish etgan Fitzjerald ularda "Amerika orzusi" g'oyasining jirkanch taraflari ayovsiz tanqid qilinadi.

Keyinchalik bilib olishimizcha, buning hammasi Deyzi uchun edi: u Deyzining ziyofatlardan birida qatnashishiga umid qilib, shu yo'l bilan u bilan yana ko'rishishni hayol qilgandi.

Boylik uchun to'lashingiz lozim. Ma'naviy qimmatingiz bilan, aniqrog'i, uning yo'qligi bilan. Bu Deyzining eri Tom Byukenen obrazi va Deyzining o'zida ham aniq ifodalangan. Ular fonida, Jey Getsbi bu dunyoning mantig'iga bo'ysunmaydigan va o'z baxtini topish istagini saqlab qolgan inson holida ajralib turardi.

Getsbi va Deyzi

Getsbi ikki dunyo chegarasida bo'lishga harakat qiladi: ham ulkan boylikni qo'lga kiritib, Amerikacha orzularni anglash, ham sevgi uchun borini berishga tayyor bo'lgan romantik qalbni saqlab qolishni o'ylardi. Getsbining boylikka intilishining faqat bitta sababi mavjud bo'lib, u ham bo'lsa Deyzi bilan birga bo'lish edi. Ammo, romanning so'ngidan bizga ma'lumki, bunda pul unga yordam bera olmaydi.

Ideal romantik ishq haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ya'ni Getsbining xayollaridagi Deyzi urushdan keyin u bilan uchrashgan qizga o'xshamasdi. Deyzi unga ergashmaydi, chunki xuddi u kabi fidoyilik bilan hissiyotlarga berilishga tayyor emas. Deyzi Getsbi uchun odatdagi hayoti, boyligi va ijtimoiy mavqeidan voz kechishni istamaydi, ayni holatda, Getsbi bu jamiyatga umuman aloqasi yo'q bir shaxsligini hamisha bilib turadi.

Ortiqcha qahramon

Yigirmanchi yillarning shovqinli dunyosida Getsbi o'zini ortiqcha his qiladi. U o'zi befarq bo'lgan zamonaviy ziyofatlarni tashkillashtiradi. Getsbi nihoyatda yolg'iz edi va Nik uning yagona do'stiga aylanadi, bu Getsbining minglab tanishlaridan hech biri tashrif buyurmaydigan dafn marosimi orqali yaqqol tasvirlangan.

Getsbining boylikka intilishining faqat bitta sababi mavjud bo'lib, u ham bo'lsa Deyzi bilan birga bo'lish edi. Ammo, romanning so'ngidan bizga ma'lumki, bunda pul unga yordam bera olmaydi.

Getsbi obrazi "yo'qotilgan avlod" qahramonining tipik namunasidir: keraksiz, xalovatsiz qahramon o'zini sevgi ichra qutqarishga harakat qiladi, lekin u yerda ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu zamon mualliflari uchun baxtli yakun mavjud emas, chunki reallik bilan murosaga kelishning imkoni yo'q edi. Qahramon avval uni jangga yuborgan, so'ngra urushdan keyingi xayollar girdobiga tushishga harakat qilgan jamiyat ideallariga ishonmaydi. U shaxsiy hayotini himoya qilishga urinadi, lekin doimiy ravishda dunyoning adolatsizliklariga duch kelishga majbur bo'lib, oxir oqibatda mag'lub bo'ladi.

"Buyuk Getsbi"dagi g'oyalar, shuningdek, Remarkning "Uch og'ayni" va Xemingueyning "Alvido, qurol" asarlarida ham keltirilgan. Romanlar bosh qahramonlarining umumiy fojiali taqdiri, urushdan keyingi hayotini o'rnatolmasligi birlashtirib turadi, bu esa qayta-qayta faqat umidsizlik va o'limga olib keladi.

Nima deb o'ylaysiz, Deyzi Getsbi bilan qolishi mumkinmidi?

@panda_books