Review
May 23, 2020

"Chernobil" serialiga review

Chernobil (2019)

Shanba va yakshanba kunlari uchun siz, azizlarga, #KinoTavsiya rukni orqali ma'lumot berishda davom etamiz.

Demak, bugun ko'pgina katta kinotanqidchilar tomonidan yuksak e'tirof etilgan "Chernobil" mini-serialini ko'rib chiqdim. Menga juda yoqdi. Ta'sirli chiqqan sahnalar ko'p. HBO "Taxtlar o'yini" dan keyin ham odamlarni hayratlantirishda davom etmoqda.

Serial shunchaki "soqqa" qilish uchun olinmaganligi yaqqol ravshan. Unda "haqiqatni qancha yashirishga urinma, baribir bir kun oshkor bo'lishi", lekin u kungacha odamlar yolg'onlar natijasida qancha azob tortishi, ba'zan esa xatto o'lib ketishi mumkinligi serialning bosh g'oyasiga aylangan.

Ba'zi illatlar filmda yaqqol ochib berilgan: byurokratiya, mansabparastlik, johillik va zo'ravonlik va hz. Sansolarlim natijasi mana shunday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini Chernobil katastrofasi zamirida ko'rishimiz mumkin.

Tarixda biz bu voqea haqida juda kam o'qiganmiz. Darsliklarda 2 qator jumla keltirilgan. Chunki bu SSSR uchun sharmandali holat deb baholangan. Tarixdan bu haqiqatni yulib tashlashga urinishgan. Afsuski, butun bir avlod buni unutib katta bo'ldi.

Mana endi biz abadiy yopiq o'lka Pripyatga nazar solgancha, o'zimizning kaklikdek nafsimiz yo'lida jamiyat oldidagi burchlarimizni unutib qo'ymaysligimiz haqida mulohaza qilaylik...

Kim ko'rmagan bo'lsa, zudlik bilan ko'rish tavsiya etiladi.

@boredpandablog