William Golding - "Lord Of Flies" kitobiga feedback
Uilyam Golding - "Pashshalar Hukmdori" (Повелитель муха) asariga taqriz
O'tgan yil aynan avgust oyida Uilyam Goldingning "Pashshalar hukmdori" (Lord of Flies) kitobini zo'r qiziqish bilan o'qib chiqqandim. Asar haqida gapiradigan bo'lsam, bu asar XX asrning haqiqiy shedevri hisoblanadi.
Ba'zilar bu asar "liderlik qobiliyatlarini rivojlanishiga yordam beradi" deya ta'kidlashadi. Ularning ham gapida jon bor.
Asar voqealari xayoliy Angliyada atom bombasi portlaganidan so'ng, bir guruh bolalarni samolyotda evakuatsiya qilish bilan boshlanadi. Ammo kema qandaydir kimsasiz orolda halokatga uchraydi. Bolalar esa omon qoladi. Kattalardan biron kishi bu orolda bo'lmaganligi sababli, bolalar ichidan sardor tayinlash lozim bo'ladi.
Asosiy voqea markazida Ralf (asar qahramonlaridan biri, 12 yoshlardagi o'spirin bola) va Xryusha ("o'zbek tilida "cho'chqaning modasi" deb tarjima qilinadi) laqabli ko'zoynakli semiz bola turadi.
Tez orada ular o'zlarini orolda qancha ekanligini aniqlash uchun burg'u chalishadi. Va boshqalar yetib keladi. Jek ismli bola boshchiligidagi xor jamoasi ham orolda qolib ketgan edi. Ular birgalikda bitta jamoaga aylanishadi. Saylov orqali Ralf sardor bo'lib oladi.
Keyingi voqealarda bolalar ularni qutqarishlari uchun katta tutunli gulxan yoqishga harakat qilishadi. Va buni tog' tepasida amalga oshirishga qaror qilishadi.
Ovchilar va chayla quruvchilarga bo'linishadi. Biroq ular o'rtasida ixtilof kelib chiqadi va bolalardan birining o'limiga olib keluvchi Pashshalar hukmdori bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.
Asar nima bilan tugaganini aytmayman, chunki bunda sizninga kitobga qiziqishingiz so'nib qolishi mumkin.
Mohiyat:
Asardagi har bir obraz o'zining ramziy ma'nosiga ega.
Burg'u - bu hokimiyat timsoli, chunki majlisda faqat u qo'lida bo'lgan insongina gapirish huquqiga ega bo'ladi.
Olov - hayot ramzi. Chunki u orqali qutqaruvchilar ularning qayerda ekanligini topishlari mumkin. Uning o'chib qolmasligini ta'minlash oroldagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Nima uchun asar "Pashshalar hukmdori" deb nomlanadi?
Asarda ushbu atama faqat bitta joyda: Saymon ismli bolakay qorong'uda tog'da qandaydir bir maxluq bilan to'qnash kelib qolganida ishlatiladi. Muallif Pashshalar hukmdori aslida yovuz ruh sifatida tasvirlaydi. Eski ivrit tilida bu atama (LordofFlies) "Bazilus" sifatida kelgan bo'lib, ulkan qora pashshasimon maxluq ko'rinishida keltirilgan.
Qissadan xissa:
Asar insonga nima beradi? Kitobxon birinchi navbatda, o'zini beixtiyor ajoyib, so'lim iliq plyajda deb tasavvur qiladi. Beixtiyor o'z yoshligiga qaytadi. Shuning bilan birga inson qiyin damlarda ayniqsa, "kattalar" yordamisiz qolganda, ruhiyatni tushirmasdan aql bilan o'ylab ish qilishga undaydi.
Ba'zilar bu asar "liderlik qobiliyatlarini rivojlanishiga yordam beradi" deya ta'kidlashadi. Ularning ham gapida jon bor.
Siz har kuni qaror qabul qilasiz. Har xil darajada. Lekin bu qarorlaringiz sizni keyingi vazifalringizni belgilab beradi. Yaxshi hayotga erishishni istasangiz o'z tanlagan yo'lingizdan aslo chekinmang!
@panda_books