"Zero" filmiga review
Anchadan beri, ha aniq qilib aytganda bir necha yillardan beri hind filmlarini tomosha qilmayotgan edim. Qarasam, uchqur hindlar "Devdas" dan keyin "Badjirao va Mastani", " Padmavati" kabi tarixiy, muhimi yaxshi filmlar ishlashibdi. (Tarixiy mavzuda kino olishni kimdan o'rganishimizni tushundingiz, menimcha)
Odatda hind filmlari deganda birinchi navbatda esimizga Shohruh Xon keladi. Ha, ushbu "Bollivud qiroli" qarib qolganiga qaramasdan, hamon filmlarda suratga tushmoqda. Yana bosh rollarda, tag'in oshiq yigit rolida. ( Ничего себе деворгинг келади русчасига)
Uning eng yangi filmlaridan biri "Zero" (Nol) 2018. menga juda yoqdi. Odatdagi sevgi mavzusida bo'lsada, unga yangi tomondan qaralgan, va meni eng hayron qoldirgan jihati shu bo'ldiki, Shohruh Xon filmda pakana odam rolida gavdalangan.
Tan olishim kerakki, Piter Dinklage ("Taxtlar o'yini"dagi Tirion Lannister) ham uni yonida ep esholmaydi. Aktrisalar esa o'sha Anushka Sharma (uni nogiron roli ham ajoyib chiqqan) va Katrina Kaif. Ajoyib trio, qiziqarli va ta'sirchan syujet. Bir gap bilan aytganda, oqshomni maroqli o'tkazadigan yaxshi kinofilm.
P:s Afsus, rus tilida ko'rdim, o'zbek tilida dublyajni qotirib qo'yadigan, doim Shohruh Xonga ovoz beradigan aktyor kim ediya? O'sha ovoz bergan dublyaj chiqsa, aytinglar. Xo'pmi?
@boredpanndablog