Review
May 26, 2020

"Klaus" animatsiyasiga review

Afsona yaralishiga sabab bo'lgan do'stlik tarixi...

год 2019
страна Испания, Великобритания
слоган «Discover the friendship that launched a legend»
режиссер Серхио Паблос, Карлос Мартинес Лопес
рейтинг 8.5

Yangi yil bayrami dam olishdan foydalanib, men yangi chiqqan "Klaus" animatsion filmini tomosha qilishga qaror qildim. Va ochig'i juda mazza qildim. "Klaus" - bu Disneyning sobiq hodimi bo'lgan ispan animatori Serjio Pablosning birinchi rejissyorlik ishi hisoblanadi.

Mazmuni
"Klaus" — bu sodda va tushunarli, ammo shu bilan birga ajoyib, ta'sirchan Rojdestvo hikoyasi bo'lib, u barcha mehribon va motivatsion animatsiyalar singari muxlislarini xursand qilishga tayyor. Albatta, bu Amerika Disneyi emas, lekin ispan multfilmini tomosha qilishning dastlabki daqiqalaridanoq, juda yoqimli taassurot paydo bo'ladi, o'rtasida esa ko'z yoshlar, baxt va muhabbatni topasiz. Tugashi haqida-ku gapirmasam ham bo'ladi.

Syujet.
Fimda Jesper ismli pochtalyon haqida hikoya qilinadi. U dangasa va ishyoqmas boyvachcha o'g'il, natijada uning otasi unga dars berishga qaror qiladi. U eng ovloq shahar Smerensburgga yuborib, yiliga 6000 ta xat jo'natishni topshiradi. Keyin u o'yinchoqlar yasaydigan ma'lum shaxs Klausni uchratadi va sobiq o'qituvchi, hzoirda baliq savdogari Alva ham ularning kampaniyasiga qo'shiladi.

Shu bilan, yigit nizoli harakatlar sodir bo'ladigan joyda o'zining baxtini topadi. Va bizning qahramonlarimiz qiziqarli sarguzashtlarni boshlaydi. Multfilmning g'oyasi shunchaki ajoyibdir. Anchadan beri men bunday sururli multfilmni ko'rmagan ekanman, ehtimol oldinlari faqat "Tunlar soqchilari" va "Santa Klausning maxfiy xizmati" multfilmlari shu sharafga munosib edi. Mualliflar Santa Klaus shaxsiyatiga bir oz boshqacha nuqtai nazardan qarashni taklif qilgan, bu yerda sehrdan ko'ra, haqiqiy vaziyatlar juda ko'p marotaba keltirilgan.

Animatsiya haqida
Yuqorida yozganimdek, qo'lda ishlangan animatsiya eng yaxshi yillarini boshdan kechirmayapti. Shunga qaramasdan, bunday multfilmlarning chiqarilishini ko'rish quvonchlidir. Rejissyor Serjio Pablos o'zini Disneyning "Uyg'onish davri" va 90-yillar multfilmlaridan ilhomlanganligini tan oladi, ehtimol animatsiya bu filmning eng yaxshi qismidir.

Afsona va haqiqat
Syujet soddaligiga qaramay, multfilm afsonalarning kelib chiqishi mavzusini ko'taradi. Va javob juda mantiqiy, oqilona berilgan. Aslida, biz o'zimiz atrofimizda sehrni ko'ramiz. Multfilmda sehr yoki bir qator xayolparast voqealar ko'rsatilmagan. Biroq, oxir-oqibat, biz Klaus xarakterining rivojlanishini kuzatar ekanmiz - barchadan uzoqroq joyda yashagan qari chilangar ustaning Olloh suygan bandasi ekanligiga amin bo'lamiz. Boshqa odamlarning nazarida, u bolalarga sovg'alar beradigan saxiy sehrgar shaklida namoyon bo'ladi. Menimcha, mashhur Santa Klausning aynan ushbu talqini barchamiz uchun el bo'ladi. Bu haqiqiy o'zbekona qadriyatlarimizga naqadar o'xshashligini sezasiz, bir qarashda buni payqash qiyin emas.

Xulosa

Oxir-oqibat, aytmoqchimanki, Klaus haqiqatdan ajralib ketmaydigan, samoviy baland masofalarga bormaydigan, ammo butun kuchi bilan bizni Rojdestvo mo'jizasiga yana bir bor ishontiradigan ajoyib voqea yaratgan. Ehtimol, vizual sehr-jodularsiz ham chuqur ongimizda dunyo biz uchun unchalik ham oddiy emas degan ishonch bilan uyquga yotasiz.

@boredpandablog