"Misfits" serialiga review
18+ yoshga to'lmaganlarga va xazilni tushunmaydiganlarga tavsiya etilmaydi!
Flashback
Seriallar ichida komik seriallar menga o'zgacha yoqib kelgan. Oxirgi ko'rganim ham komik sitcomlardan biri bo'lgan Tv serial "Friends" bo'lgandi. Undan keyin negadir yaxshi komik serial uchramayotgandi.
Eng qizig'i, odatiy super qahramonlar haqidagi filmlarida bo'lgani kabi, ular jamiyat uchun foydali ish qilish o'rniga, aksincha turli xil g'alvalarga sababchi bo'ladilar, ko'ngilsiz vaziyatlarga aralashtirib, keyin o'zlari ulardan chiqishga harakat qilib yurishadi.
Oldimda turgan bo'sh weekenddan foydalanib, ko'rishga yangi serial qidirdim. Xullas, ushbu "Misfits" seriali haqida Instagramda bir qancha qisqa-qisqa videoparchalarni ko'rib, uni tomosha qilishga qaror qildim. Natijada ikki kun ichida serialning ikkita ajoyib fasli birpasda o'tib ketdi. Va menda bir olam taassurotlar qoldirdi.
"Cherniy" yumor
Aslida, "Misfits" (Britancha komedi-fantastik serial) seriali haqida bir necha bor eshitganman. Bu serial nomining "Yomonlar", "Tentaklar", "Yaramaslar" kabi bir necha xil versiyalari mavjud.
Odatda serialdagi xazillar va yumor odobsizlik va bachkanalik o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi va eng muhimi, agar siz "cherniy yumor"ga qarshi bo'lmasangiz, unday holda bu serialni tomosha qilishdan maksimal zavq olasiz.
Syujet
Serialda bir necha mayda qonunbuzarlik tufayli axloq tuzatish ishlari ya'ni jamoatchilik ishlari bilan shug'ullanishga hukm qilingan 5 ta o'spirin haqida hikoya qilinadi. Tasodifan, ular g'ayritabiiy anomal momaqaldiroqqa guvoh bo'lishadi, shundan keyin ularda kutilmagan, qiziqarli superqobiliyatlar paydo bo'ladi. Keyinchalik esa bunday o'zgarishlar faqat ularda bo'lmaganini ham bilib oladilar.
Yigitlar yangi qobiliyatlarni jamiyat manfaati uchun ishlatish o'rniga, shaxsiy muammolarini hal qilishga harakat qilishadi. Garchi ularning o'rnida men ham shunday qilgan bo'lardim. Balki?
Eng qizig'i, odatiy super qahramonlar haqidagi filmlarida bo'lgani kabi, ular jamiyat uchun foydali ish qilish o'rniga, aksincha turli xil g'alvalarga sababchi bo'ladilar, ko'ngilsiz vaziyatlarga aralashtirib, keyin o'zlari ulardan chiqishga harakat qilib yurishadi. Menimcha aynan shu narsa serialni hayotiy va kulgili chiqishiga sabab bo'lgan.
Nimasi o'ziga tortadi?
Boshida serial qahramonlari o'zlarining zo'ravon va odobsiz harakatlari bilan ketma-ket odamlarda nima uchun shunchalik ko'p ijobiy his-tuyg'ularni keltirib chiqarishini tushunmadim. Ochig'ini aytsam, boshida bu serial men uchun emasligiga 100 % amindek edim: chunki matom so'kinishni, bachkanalikni yomon ko'raman va ko'pchilik negadir o'spirinlar deb ataydigan beshta qonunbuzarning hayotiga qarab vaqt sarflamayman deb o'ylagandim... Keyin esa nega oldinroq bu serialni ko'rmaganimga va biroz adashganimga amin bo'ldim. Ko'ramiz, siz bu ajoyib franshizani rad qila olarmikinsiz?
Yigitlar yangi qobiliyatlarni jamiyat manfaati uchun ishlatish o'rniga, shaxsiy muammolarini hal qilishga harakat qilishadi.
Afsuski, serial ikkiga bo'linib qolgan
Serialda beshta fasl bor, lekin men irlandiyalik ajoyib aktyor Robert Shien (Neyton) o'ynagan dastlabki ikki mavsumni ko'rishga qiziqardim, xolos. Umuman olganda, serial shunchaki yuqorida ta'kidlaganim aktyor tufayligina shu darajada ajoyib chiqqan, chunki aynan unda serialning barcha zavqi mujassamlashgan, u serialdagi barcha voqealar va insonlarni bog'lab turadi.
Aktyorlar Serialda deyarli ko'pchilikka notanish aktyorlar rol ijro etgan. Ba'zilar faqat "Taxtlar o'yini"da Ramzi Boltonni o'ynagan Ivan Reonni tanishi mumkin, xolos. Biroq tan olish kerak serial muvaffaqiyatini boshqa bir aktyor ochib bergan.
"Karib dengizi qaroqchilari"ni Kapitan Jeksiz zerikarli bo'lib qolganidek, bu filmda Neyton Yangni o'ynagan Shiensiz ham serial bu darajada omadli chiqmasdi. Uni barcha xatti-harakati, sarkazmi va eng muhimi yumor hissi serial temperamentini butun fasl davomida saqlab turadi.
Ammo... Men faqat birinchi 2 faslini tomosha qildim. Chunki mualliflar 3 faslning birinchi 2 qismida asosiy aktyorlarning to'rtdan uch qismini o'zgartirib tashlagandi. Ayniqsa, yoqimtoy Neyton ham serialni tark etgach, uning tarovati ham, yo'qolib qolgandek edi go'yo. Qayta qurishni o'zimga singdirish menga ancha qiyin bo'ldi, natijada zerikdim va serialni tomosha qilishni tark etdim.
aktyor Robert Shien (Neyton) o'ynagan dastlabki ikki mavsumni ko'rishga qiziqardim. Umuman olganda, serial shunchaki u tufayligina juda ajoyib chiqqan, unda serialning barcha zavqi bor.
Xulosa
Serialda juda ko'p xazillar mavjud. Bu uning eng kuchli fishkasi hisoblanadi. Ha, ha topdingiz aynan Neytonning xazillari))
Shuningdek, butun boshli bo'lib o'tgan voqealar juda cheklangan makonda, ya'ni serialdagi deyarli barcha sahnalar kichik bir maydonchada suratga olingan bo'lishiga qaramay juda dinamik syujetga ega.
Ushbu serialni qat'iy ravishda 18 yoshdan oshgan va xazilni yaxshi tushunadigan (ba'zan, hatto, qora yumorni) insonlar tomosha qilishini maslahat beraman.
Vaqtingiz chog' o'tsin!
@boredpandablog