Review
May 23, 2020

"Yashil Kitob" filmiga review

Ya'ni, men yetarlicha qora ham yetarlicha oq ham emasman. Ayt-chi, Toni, men kimman ?!

Kechki oqshomingizni ko'ngilli o'tkazmoqchimisiz? Ajoyib va oilaviy kinofilm izlayapsizmi?

Agar insoniylik va san'at zavqi haqida film izlayotgan bo'lsangiz, mashhur rejissor Piter Ferellining "Yashil kitob" (Green book) ๐ŸŽฅ๐ŸŽฌ๐Ÿ‘€ filmi aynan sizga manzur bo'ladi deb o'ylayman. Kecha ikkinchi bor ko'rib chiqdim.

To'g'risi bu safar juda ta'sirlandim.
Oxirgi "Oskar"ni o'ziniki qilgan kinofilmlar ichida mazmun, syujet yecchimi va yorqinligi bilan yaqqol ajralib turadi. yashil kitob o'zining ajoyib syujetidan tashqari rollarni mohir o'ynab qo'ygan aktyorlik tarkibi bilan ham ajralib turishini ham maqtab o'tish lozim.
Muhimi, siz bu kinoda Gollivudga xos bo'lgan +18 sahnalarni deyarli uchratmaysiz.

Film voqealari 1960- yillardagi Amerika jamiyatini namoyish etadi. Film qahramoni esa Toni Vaysaqi ismli asli kelib chiqishi italyan bo'lgan amerikalik va qoratanli bo'lgan dunyoga mashhur Don Shirel ismli pianistdir.

Qoratanli Don pianist o'zini xush ko'rishmaydigan Janubiy shtatlarga o'zining oq tanli haydovchisi bilan turnega jo'naydi. Uni oq tanlilar sahnada olqishlashsada, jamiyatda o'zlariga teng ko'rishmaydi. Irqiy kamsitishlariga qaramasdan ulkan matonat namoyish etadi.

Film inson o'zligini anglashi, hech kim boshqa birovdan irqiy yoki boshqa jihatdan ustun turmasligi va tolerantlikni targ'ib etadi.

Mening xolis fikrim, bu film Oskar mukofotiga arzigani kabi sizning bir marotaba tomosha qilishingizga ham arziydi.

@boredpandablog