Nima uchun Sovet Ittifoqida shaxmat gullab yashnagan?
Ochig'ini ta'kidlash lozimki, yaqinda Netflix tomonidan suratga olingan "Queen's Gambit" serialidan keyin shaxmatga bo'lgan qiziqish odamlar orasida yanada oshib ketdi. Bugun esa mening ushbu sevimli o'yinim bo'lmish shaxmat tarixiga oid bir nimalarni o'rganamiz.
Rossiyada shaxmat anchadan beri paydo bo'lgan. Ularning so'zlariga ko'ra, shoh Ivan Grozniy atrofidagilardan bilan bir yoki ikki o'yin o'ynashga qarshi emas edi. Shaxmat chempionlari mamlakatda inqilobdan oldin ham bo'lgan, ammo intellektual o'yinga nisbatan ommaviy ishtiyoq yo'q edi.
Partiya va hukumat taklifi bilan SSSR davrida hamma narsa o'zgardi. 1924-yilda "Shaxmat omma uchun" shiori ilgari surilgan va bu shunchaki qog'ozda qolib ketmadi. Sovet xalqi intellektual mashg'ulot bilan band bo'lishi va shu bilan birga ko'p millatli mamlakatning umumiy manfaatlari bilan birlashishi uchun zamin yaratish lozim edi.
Shaxmat eng aniq yechimni berdi - qiyin, ammo nihoyatda hayajonli o'yin millionlab odamlarning sevimli mashg'ulotiga aylandi. Shaxmat uchun moda ta'sir o'tkazmaydi va urushdan keyingi yillarda ham u hali mashhur edi. 1960-yillarning o'rtalarida Madaniyat vaziri Yekaterina Furseva sovet xalqining futbolga bo'lgan muhabbati yaxshiligi, ammo shaxmatga bo'lgan muhabbat baribir muhimroq ekanligini aytib o'tadi. Uning fikriga ko'ra, ushbu o'yin sovet xalqining yuqori madaniyatga ega ekanligini aniq belgilab berardi.
SSSRda shaxmat sohasidagi yutuqlari anchayin ta'sirchan edi va bu butun dunyoda tan olinadi. 1948-yilda Mixail Botvinnik Jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ladi va Sovet shaxmatining xalqaro shaxmat maydonida g'alabasini boshlab beradi. O'shandan beri sovet sportchilari (shu junladan o'zbekistonlik) har doim barcha muhim chempionatlarning finalida bo'lib kelgan va ko'p marotaba birinchi ham bo'lishgan. Hatto ular orasida "qonuniy millionerlar" ham bor edi, chunki xorijiy turnirlarning sovrin jamg'armasi juda katta edi.
Hamma shaxmatni yaxshi ko'rardi - 7 yoshdan 70 yoshgacha. Maktablar va Pionerlar saroylarida maxsus bo'limlar va shaxmat to'garaklari ochilib, jahon miqyosidagi shaxmat o'qitishning butun tboshli izimi ishlab chiqiladi. Mamlakatda shaxmat bo'yicha adabiyotlar nashr etilib, sport universitetlarida maxsus fakultetlar ochildi.
Ko'pchilik "Botvinnik maktabi" deb nomlangan grossmeysterlarning obro'si juda katta edi. Hatto amerikalik chempion Bobbi Fisher ham sovet shaxmat adabiyotlarini asl nusxada o'qish uchun rus tilini o'rgangan.
Shaxmat o'ynaydigan odamlar butun Ittifoq atrofida edi. Ularni hovlilarda, plyajlarda va hatto poezdlarda ham topish mumkin edi. Dam olish joylarida shaxmatchilar uchun maxsus stollar tashkil qilingan, qishda esa bog'larda shaxmat pavilyonlari mavjud edi. O'yinga bo'lgan ehtirosning eng yuqori cho'qqisi 50-60 yillarga to'g'ri keladi, ammo keyinchalik ham unga bo'lgan qiziqish qattiq susaymagan.
Kompyuterlarning paydo bo'lishi bilan shaxmatga qiziqish ortadi - elektron qurilmalar bilan o'yinlar ommalashadi va aqlli mashinadan tortib olingan g'alaba nihoyatda yuqori baholanardi. Ammo SSSRning qulashi bilan birga o'yinga bo'lgan qiziqish ham susayib ketdi - odamlar endi shaxmat taxtalarida dona surishiga vaqti qolmadi.
Ammo oradan vaqt o'tsa-da, bu o'yin yana bizning yurtimizda juda ommalashmoqda. Bizdan Jahon Chempioni Rustam Qosimjonov kabilar chiqqani bizni faxrimiz hisoblanadi. Hozirda ham ko'plab yosh vakillarimiz Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarishga harakat qilishmoqda.
@boredpandablog