“Otamdan qolgan dalalar” filmiga review
Shuhrat Abbosov filmi (1998)
“Bo’laman degich el bir-birini botirim deydi..” yoxud bir asarga jo bo’lgan butun bir tarix
Bobomiz hovlisi Farg‘onada bo‘ladi.
Dalasi Farg‘ona adog‘ida bo‘ladi.
Bobomiz dalasi oldidan bir ariq suv oqadi.
Suv gavhar zilol-gavhar zilol suv bo‘ladi.
Yaqinda Tog’ay Murodning shu nomli asari asosida olingan filmni ko’rib chiqdim. Film uzoq 1998-yillarda olingan bo’lsa-da, o’zbek filmlari ichida bu qadar murakkab syujetli filmni yaqin orada uchratmagan edim. Undagi har bir detal tariximizda o’tgan biror bir muhim hodisalarning ramzi ekanligiga ishonch hosil qildim.
“Bo’laman degich el bir-birini botirim deydi... Bo'lmayman degich el bir-birini go'shtini yeydi...”
Asar syujeti haqida qisqacha
Asar 1867-yillardagi Qo’qon xonligining ruslar tarafidan istilosi davridan boshlanadi. Farg’onada Jamoliddin ismli dehqon boshlangan ur-yiqitlarni oldini olish uchun general Skobelev bilan uchrashib ko’radi. Natijasiz tugagan muzokaralardan so’ng u oilasi olib qirg’iz dalalariga jo’naydi. Ammo ayovsiz taqdir izmida uning izidan tushgan oqposhsho askarlari uni qo’lga olishadi. Xotini esa o’g’lini dunyoga keltirib, o’zi jon beradi.
Keyinchalik aynan o’sha o’g’il Aqrab (Chayon) bosmachilarga qo’shilib, Vatan uchun kurashadi. Biroq uni endilikda yurtga kelgan bolshevik askarlar otib o’ldirishadi. Ota qasosini olishga bel bog’lab qo’ygan Dehqonboy (Aqrabning o’g’li) tarix muallimi bo’lib, biroz tinch hayot kechiradi. Shunga qaramasdan uni ham xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilishadi. Sovuq davrlar edi.
Film bir oilaning 5 ta avlodi haqida hikoya qilsa-da aslida ularning har biri ortida o’zbek xalqining shu davrdagi siymolari yashirindir. Ya’ni biz ular orqali shu davr odamlari bilan tanishamiz.
Filmning ikkinchi qismida yaqin o’tmishimiz, Gorbachev davri hikoyaga olinadi. Dehqonboyning o’g’li Dehqonqul endilikda partiyaga sodiq bir kolxoz brigadiri. Kecha-kunduz o’z oilasi bilan daladan beri kelmaydi, lekin bundan unga ro’shnolik yo’q edi.
O’g’li Nodir shaharga o’qishga ketmoqchi bo’lganda unga qarshilik qiladi, dehqonlar avlodidan olim chiqmasligiga ishonar edi. Xotini esa qattiq toliqish, erining soddaligidan qiynalar edi. Va nihoyat o’z joniga qasd qilishga qaror qiladi. Keyinchalik “O’zbek ishi” bilan Dehqonqul qamalib ketadi. Asar so’nggida Dehqonqul nihoyat o’z dalasiga qaytib keladi. Hayoti nihoyat o’z iziga tusha boshlaydi.
Filmning o'ziga xos xususiyatlari
Film nimasi bilan o’ziga qaratdi deysizmi? Chunki bu film men suygan antiutopik janrning tragediya va drama janrlari bilan qorishmasi hisoblanadi, to’g’risi asar katta tarixiy davr haqida hikoya qiladi, shuning uchunmi ikkita qismga bo’lib olingan.
Film bir oilaning 5 ta avlodi haqida hikoya qilsa-da aslida ularning har biri ortida o’zbek xalqining shu davrdagi siymolari yashirindir. Ya’ni biz ular orqali shu davr odamlari bilan tanishamiz.
Film soxtalik ustidan kuladi. Sotqinlik va zulmni qattiq qoralaydi. Sotqinlar o’z vaqtida ichimizdan chiqib, ko’p yurt ziyoli boshlarini olinishiga sababchi bo’lganliklari ochib beriladi. Har bir ishi yolg’on va jaholat bo’lgan “ideolog”lar kommunizm g’oyalari bilan insonlarni zaharlab borishlari ayniqsa juda ta’sirli.
Tariximiz ayniqsa yaqin o’tmishimiz juda ham qiziqarli va yashirin voqealarga boy. Unga kamda-kam qo’l urilgan. Ayniqsa, “o’zbek ishi” va bosmachilar mavzusi juda kam o’rganilgan. Asarda shu jihatlarga to’xtalib o’tilgan.
Film soxtalik ustidan kuladi. Sotqinlik va zulmni qattiq qoralaydi. Sotqinlar o’z vaqtida ichimizdan chiqib, ko’p yurt ziyoli boshlarini olinishiga sababchi bo’lganliklari ochib beriladi. Har bir ishi yolg’on va jaholat bo’lgan “ideolog”lar kommunizm g’oyalari bilan insonlarni zaharlab borishlari ayniqsa juda ta’sirli.
Ramzlar haqida ikki og'iz so'z
Filmda har bir detalga e’tibor qaratilgan. Misol uchun, bosh kiyimlar. Boshida milliy salla va do’ppi bilan yashagan xalqimiz vaqt o’tib shlyapalarga o’tganligi, do’ppining kommunizm davrida “eskilik sarqiti” deb atalgani filmda yaqqol ko’rinadi..Shuningdek, ayollar kiyim-boshi zamon o’tib o’zgarib boradi.
Hurlikka erishish xalqimiz azaliy orzusi edi. Buning uchun esa mislsiz qurbonlar berishga to’g’ri keldi. Sovetlar esa “paxta ishi” va “o’zbek ishi” kabi qing’irliklar uyushtirsa-da, mustaqillikka erishishimizga qarshi tura olmadilar…
Yoki Birinchi kotib Nishon Rafiqov rus vrach ayolini o’z kabinetida qabul etganida, stol ustida turgan qulupnaydan ta’tib ko’rishni taklif etadi. Vrach ayol esa qulupnay Farg’onanikimi deb so’raydi. Tasdiq javobini eshitgach, odob bilan rad etadi. Shunday katta rahbar stoli ustida qulupnay turishi juda g’alati, shunday emasmi? Aslida bu kichik epizod bilan rejissor boshqa narsa demoqchi edi. Bilasiz, Farg’onada 80-yillar oxiri 90-yillar boshida mesxeti turklar va o’zbeklar o’rtasida katta janjal kelib chiqqan. N.Rafiqov esa Moskvaga bu ikki odam o’rtasidagi qulupnaydan chiqqan arzimas tortishuv ekanligi ta’kidlagan edi.
Asar qahramonlari juda qiyin hayot kechiradi, haqiqatan xalqimiz juda og’ir sharoitlarda yashashga majbur edilar. Hurlikka erishish xalqimiz azaliy orzusi edi. Buning uchun esa mislsiz qurbonlar berishga to’g’ri keldi. Sovetlar esa “paxta ishi” va “o’zbek ishi” kabi qing’irliklar uyushtirsa-da, mustaqillikka erishishimizga qarshi tura olmadilar…
Xulosa
Film bitta narsani aniq ochib beradi – hech qachon hech qaysi tuzumga mute bo’lib, ko’r-ko’rona ergashish mumkin emas. Birinchi navbatda, o’zi va oilasi manfaatlari uchun, Vatani uchun, tug’ilib o’sgan yeri uchun kurashishi zarur.
Film doim haq yo’lida adolat va to’g’risoz bo’lib yashab o’tmoq joiz ekanligi ko’rsatib beradi. Shundagina bu umr bekorga o’tmagan bo’ladi. Shunda ota-bobolarimiz ruhi taskin topadi. Shunda Otamizdan qolgan dalalarda mavj urib, hur bo'lib yashash hammamizga nasib etadi.
18.05.2020
Toshkent.
@boredpandablog