Tarjimalar
August 15, 2023

Telegram qanday qilib O'zbekistonda №1 bo'lgani haqida 

Kecha Telegram 10 yoshga to'ldi. Agar dunyoda bu shunchaki messenjer bo'lsa, O'zbekistonda u nafaqat asosiy aloqa vositasi, balki Internetning sinonimi hisoblanadi. Qizig'i shundaki, agar bir qator tund voqealar bo'lmaganda, hamma narsa boshqacha bo'lishi mumkin edi.

Hammasi MTSdan boshlandi

2012-yilda hali Telegram yo‘q bo‘lib, Pavel Durov “VKontakte”ni boshqargan paytlarda WhatsApp O‘zbekistondagi asosiy messenjer edi. Bu o'sha paytda qimmat bo'lgan SMS uchun juda qulay muqobil edi. Uyali aloqa operatorlari pul yo'qotishdi, g'azablanishdi, asabiylashishdi, lekin hech narsa qila olishmadi. Bu orada yoz ham keldi. To'satdan MTS ishi to'xtatilganda, hamma hayratga tushdi, hech buni bashorat qilmagandi.

O'sha kunlarda bu tomdan tarasha tushgandek bo'ldi. MTS mamlakatdagi eng yirik operator edi, shuning uchun millionlab o‘zbekistonliklar aloqasiz qolib ketishdi.

Keyinchalik sodir bo'lgan voqeani kollaps deb atash mumkin - odamlar boshqa operatorlardan SIM-kartalarni sotib olishga shoshilishdi, savdo nuqtalari yonida bir necha kilometr uzunlikdagi navbatlar, Torguzda qayta sotiladigan simkartalar (uch yildan so'ng bu sayt OLXga aylanadi).

Bir necha kunlik kuchli stress, behuda sarflangan ko'pgina vaqt va yo'qotilgan millionlab mablag'. 2013-yil bahoriga kelib, vaziyat o'nglanganga o'xshardi - MTS bankrot deb e'lon qilindi, uning sobiq mijozlari boshqa operatorlarga o'tdi. Hayot odatdagidek davom etdi. Shu bilan parallel ravishda Pavel Durov “VKontakte”ni tark etadi va avgust oyida WhatsApp’ning nusxasi Telegram’ni ishga tushiradi, ammo bu O‘zbekistonda hech kimni qiziqtirmasdi.

2013-yil kuzi keldi.

Hammasini o'zgartirib yuborgan bitta havola

2013-yilda WhatsApp'da hali kanallar yo'q edi, ammo pochta jo'natmasiga o'xshash "рассылка" bor edi. Bitta xabarni ko'p odamga yuborish mumkin edi.

Odatda, bu 5-6 yil oldingi qandaydir memlar va hazillar edi, ammo oktyabr oyida kimdir “Bilayn” O‘zbekistonda to‘xtatishi haqida matnli rasm ko‘rinishidagi havolani olib, tarqatadi. Aslida, bu 2012-yildagi MTS haqidagi matn edi, unda bir so'z shunchaki almashtirilgandi, lekin odamlar o'tgan yilgi voqealarni juda yaxshi eslab qolishgan, achchiq tajriba va umuman olganda, hamma narsani kutish mumkin bo'lgan davrlar edi.

Xullas, Dejavyu sodir bo'ladi - yana odamlar (endi ular "Bilayn" abonentlari edi) aloqasiz qolmaslik uchun boshqa operatorlardan SIM-kartalarni sotib olishga shoshilishadi. Yana savdo ofislariga hujum, yana stress, yana pul va vaqt yo'qotish. Na kompaniya bayonotlari, na ommaviy axborot vositalari xabarlari, na boshqa ishontiruvlar yordam bermaydi. Fake muvaffaqiyatga erishgandi.

Keyin, aftidan, ba'zi joylarda ular WhatsApp shunchaki aloqa vositasi emasligini tushunishdi - bugun "Bilayn" haqida soxta pochta, ertaga esa boshqa narsa haqida bo'lishi mumkin. Shunday qilib, WhatsApp’ning O‘zbekistondagi faoliyatida muammolar boshlandi – xabarlar yuklanishi uchun ko‘p vaqt ketdi, tasvirlar umuman yuborilmadi (dunyoning qolgan qismida hammasi yaxshi ishlagan).

Hech kim yana SMS-ga qaytishni xohlamadi, shuning uchun odamlar muqobil izlay boshladilar. O‘shanda ular hammaga tanish bo‘lgan WhatsApp kabi 1-da 1 bo‘lgan Telegramni eslashdi.

WhatsApp qancha uzoq ishlamasa, o‘zbekistonliklar shunchalik ko‘p Telegram’ni tanladi. Aytgancha, O‘zbekistondan ro‘yxatga olishlar soni shunchalik kuchli ediki, hatto kompaniyaning o‘zi ham hayratda qoldi.

Natija nima bo'ldi?

Boshqa mamlakatlar WhatsApp'dan foydalanishda davom etishdi, shuning uchun u hanuzgacha dunyodagi eng katta messenjer hisoblanadi. O‘zbekistonda esa yetakchilikni Telegram egalladi. WhatsApp yana normal ishlay boshlaganida ham, hech kim unga qaytishni istamadi, chunki Telegram allaqachon odamlar hayoti, kompaniyalar ishi va davlat faoliyatining muhim qismiga aylangan edi.

Va barchasi 2012-yilda bir qator boshqa tadbirlarni boshlagan bitta qaror tufayli. Kino uchun ssenariyga ham chakki mavzu, shunday emasmi?

skartariss'dan ruscha tarjima

Jasurbek Bazarbaeff tarjimasi.

15.08.2023