IMHO
April 18, 2021

Uyqu oldidan kitob o'qishning foydasi haqida

Hatto eng band odam ham o'qish uchun vaqt topishi mumkin - erta tongda, avtobusda, yotishdan oldin yoki dam olish kunlari. Mutolaa - hech qachon modadan qolmaydi - shunday ekan bu ham o'zingizni ushbu foydali mashg'ulotga odatlantirishingizning yana bir sababi. O'qishning afzalliklari qatoriga quyidagilar kiradi: so'z boyligini kengayishi, xotirani yaxshilanishi, analitik ko'nikmalarni takomillashtirish, tasavvurni rivojlantirish, diqqatni jamlash va hokazo. Mana nima uchun yotishdan oldin ozroq o'qish ajoyib g'oyadir.

Yotishdan oldin o'qish yaxshi narsa, sababi:

1. Mutolaa uyquni yaxshilaydi.

O'qish sizga uxlashga yordam beradi. Bolaligingizda qanday qilib uxlab qolish osonroq va yoqimli bo'lishi uchun ota-onangizdan sizga kitob o'qib berishni so'raganingizni eslang. Xayoliy dunyoga cho'mish uxlash to'lqinining sozlanishiga, stressni yengillashishiga va uyquni bir maromda o'tishiga juda katta yordam beradi. Ko'pchilik hozirda bu singari bolalik odatini unutib yuborayotgani biroz achinarli.

2. Siz kamroq stressga duch kelasiz.

Britaniyalik olimlar, ayniqsa, yotishdan oldin kitob o'qish stress darajasini sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi - deyarli 68% gacha. Shuning uchun yaxshi kitob - bu stressni yengishning arzon, samarali va xavfsiz usuli deb bemalol aytishimiz mumkin. Badaningiz qanchalik kam stress holatiga tushsa, organizmda stress qo'zg'atadigan kasalliklar, jumladan yurak va asab kasalliklarining rivojlanish ehtimoli shunchalik past bo'ladi.

3. Sizda yanada kreativlik oshadi.

Sizningcha, muvaffaqiyatli biznesmenlar yotishdan oldin o'z foydasini ko'paytirish uchun amaliy qo'llanmalarni o'qiydilar deb o'ylaysizmi? Aslida, nima o'qishligiz unchalik muhim emas. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'qiyotgan kitobinguiz qanchalik qiziqarli bo'lsa, sizda beixtiyor ijodkorlik hissiyoti uyg'onarkan. Bu esa miyangizga qiziqarli g'oyalarni kelishiga yordam beradi. Miya jismoniy va ruhiy mashqlarga muhtoj va yotishdan oldin kitob mutolaasi aqlni "zaryadlashning" ajoyib usuli hisoblanadi.

4. Sizning diqqatingiz yaxshilanadi.

Bugungi kundagi kabi do'stlarning xabarlari, ijtimoiy tarmoqdagi smslar, mobil telefon qo'ng'iroqlari va boshqa ko'plab chalg'itadigan narsalar dunyosida odamning diqqatini jamlash, ishlarini imkon qadar tezroq va sifatli bajarish juda murakkab vazifaga aylanib bormqoda. Biroq, yotishdan oldin kitob o'qish bizni to'g'ri ma'noda kompyuter va smartfondagi ko'ngilochar va unchalik muhim bo'lmagan mashg'ulotlar bilan chalg'itmasdan, ma'lumotlarni miyada qayta ishlashga majbur qiladi. Diqqatni jamlashga o'rganmoqchimisiz? U holda yotishdan oldin, barcha gadjetlarni o'chiring va qo'lingizga kitobni oling. Bu narsa odat tusiga kirgandan so'ng, siz kontsentratsiyangiz qanchalik yaxshilanganini sezasiz.

5. Siz hamdardroq odamga aylanasiz.

G'amxo'r inson bu dunyoga boshqa odamning ko'zi bilan qarashga, ular o'rniga o'zini qo'yishga, fikrlari va harakatlari sabablarini tushunishga qodir odamdir. Bunday holda, kitob o'qish bu qobiliyatni rivojlantirishning eng ajoyib usullaridan biri hisoblanadi.

O'qiyotgan paytimizda, biz ko'pincha o'zimizni kitobning asosiy qahramoni o'rniga qo'yamiz va muayyan vaziyatda qanday harakat qilishimiz haqida o'ylaymiz. Biz odamlarning, hatto xayoliy ishlar bo'lsa ham, uning harakatlarini yaxshiroq tushunishni o'rganamiz. Biroq, mutolaa tugagan bo'lsa-da, bu mahoratimiz hech qayerga yo'qolmaydi - bu bizga haqiqiy hayotda munosabatlar o'rnatishda katta yordam beradi. Bunday xulosaga Kanadalik psixolog kelishgan. Ko'rib turganingizdek, bugun biz siz bilan turli rivojlangan davlatlardagi ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishmoqdamiz. Va ularning deyarli barchasi tunggi mutolaani qo'llab-quvvatlaydilar, aynan shuning ham ular ushbu mavzu bo'yicha tegishli tadqiqotlar o'tkazganlar.

6. Ancha xotirjam bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Yotishdan oldin ozgina kitob o'qish sizga kunbo'yi internetda va matbuotda o'qigan zo'ravonlik va negativ yangiliklar ta'siridan uzoqlashishga ko'mak beradi. Biz mutolaa orqali o'zimizga birmuncha tinch va osoyishta makonni yaratish, ekrandagi infraqizil nurlanishdan farqli o'laroq, asablarni tinchlantirish va ongni uyquga tayyorlash imkoniyat yaratamiz (ayniqsa uyqu ritmi buzilganlar uchun ayni muddao). Aytgancha, qog'ozli kitoblar turli xil qurilmalar ekranidagi ma'lumotlarga qaraganda 25% ga tezroq o'qiladi.

Umid qilamizki, yotishdan oldin kitob o'qish haqidagi ushbu maqolamiz sizga manzur keldi. O'ylaymizki, siz ushbu odat har kimga foyda keltira oladigan va kundalik hayotda ulkan foyda keltiradigan mashg'ulot ekanligiga ishonch hosil qildingiz.

Umuman, mutolaa qilishdan hech qachon charchamang! Kitob o'qing, ishoning bu shunga arziydi.

@panda_books Telegram kanali