Tog‘ay Murod
Togʻay murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Togʻaymurod) (1948.3.2. — Surxondaryo viloyati Denov tumani Xoʻjasoat qishlogʻi — 2003.27.5, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1999). Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966–1972). U respublika radiosida muharrir (1972–1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjimon (1976–1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982–1984) boʻlgan. 1985–1987-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.
Ijodi
Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. 1976-yilda bosilgan „Yulduzlar mangu yonadi“ nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda „Ot kishnagan oqshom“, 1980-yilda „Oydinda yurgan odamlar“, 1985-yilda yozuvchining „Momo yer qoʻshigʻi“qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi. Ularda halol, oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz, mard oʻzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʻzbek adabiyotining yutugʻi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Togʻay Murod oʻzbek va jahon adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan.
Romanlari
„Otamdan qolgan dalalar“ (1993) romanidaOʻzbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan oʻzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʻir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul oʻzbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga koʻtarilgan. U boshiga yogʻilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur boʻlsada, oʻz insoniy shaʼni, qadr-qimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“ romanida ham oʻz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʻon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʻyoqlarda tasvirlagan. 1993-yilda „Yoshlik (jurnal)Yoshlik“ jurnalida „Otamdan qolgan dalalar“ romani chop etildi. Togʻay Murod oʻzbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1999-yilda „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berildi. 2001-yilda yozuvchining „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“ romani bosildi.
Tarjimalari
Togʻay Murod tarjimonlik sohasida ham ijod qilgan. U Jek Londonning „Boyning qizi“ dramasi va hikoyalarini, E. Seton Tompsonning „Yovvoyi yoʻrgʻa“ qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
“Oydinda yurgan odamlar” qissasi uchun Oybek nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. 1993 yil “Yoshlik” jurnalida “Otamdan qolgan dalalar” romani chop etilgan. Barcha gazeta va jurnallarda Tog‘ay Murod asarlarining o‘ziga xos xarakteri haqidagi ajoyib taqrizlar, maqolalar chop etilgan.
Tog‘ay Murod Jek Londonning hikoyalarini va dramasini, Ye.Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yo‘rg‘a” kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
2001 yil Tog‘ay Murodning ikkinchi romani “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” nashrdan chiqadi.
Tog‘ay Murodni, avvalam bor, davrning ijtimoiy masalalari, insonning axloqiy qiyofasi, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati tashvishga soladi. Burch, majburiyat, mehnatkashlik, jasorat, haqqoniylik, samimiylik, mehribonlik - shular yozuvchi badiiy so‘z orqali ifoda etgan insoniy hislatlardir. Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan tun” qissasining qahramoni - oddiygina cho‘pon yigiti Ziyodilla ham shunday hislatlarga ega bo‘lgan.
Ijod namunalari
“Ot kishnagan oqshom” (1979)
“Oydinda yurgan odamlar” (1980),
“Momo Yer qo‘shig‘i” (1985)