B
@botirxonovasevinchxon
54 posts

Tomas Mayn Rid

Thomas Mayne Reid (talaffuzi: Tomas Mayn Rid) (4-aprel, 1818 — 22-oktabr, 1883) — irland-amerika yozuvchisi. Mayne Reid Robert Louis Stevensonning romanlariga oʻxshagan sarguzshat asarlar yozgan. Thomas Mayne Reidning koʻp asarlari, shu jumladan „Oq tanli sardor“ va „Kanizak“ romanlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Thomas Mayne Reidning laqabi „Kapitan Reid“ boʻlgan.

Jek London

Jack London (talaffuzi: Jek London) (toʻliq ismi John Griffith „Jack“ London, tavallud topganidagi ismi John Griffith Chaney) (12-yanvar, 1876 — 22-noyabr, 1916) — amerika yozuvchisi va jurnalisti. London asarlari boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilingan Amerikalik yozuvchilardar biridir.

O‘Genri

O’genri (O’Henry) (taxallusi; asl nomi Uilyam Sidni Porter) (1862.2.9, Grinsboro yaqinida, Shim. Karolina —1910.5.6, Nyu-York) — amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar, felyetonlar yozishni mashq qilgan (1896 yil gacha), qamoqdaligida (1897—1901) yozgan hikoyalarini O. taxallusi bilan yashirin chop et-tirgan. 1904—10 yillarda 9 novellalar toʻplami ("Yonayotgan sham", "Gʻarb qalbi", "Yoqimtoy oʻgʻri" va boshqalar), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. "Kirollar va karam" (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil topgan. O. amerika hikoyachiligining oʻziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning koʻp...

Agata Kristi

Agata Mari Klarissa Kristi (inglizcha: ) (1891.15.9, Torki, Angliya — 1976) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va koʻplab hikoyalar muallifi. K. eng yaxshi asarlarida ("Puaro tergov qiladi", 1924; "Kaminlar siri", 1925; "Rojer Ekroydning katl etilishi", 1926; "N yoki M?" 1941; "Qopqon", 1954; "Ayblov guvoxi", 1954 va boshqalar) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuygʻusi va sezgirligi tufayli ochiladi. K. asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan. Agata Kriti 1920 yildan 1976 yilgacha 79 ta irli roman yozgan...

Artur Konan Doyl

Artur Konan Doyl (inglizcha: ; 22-may 1859 — 7-iyul 1930) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolmshaqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalrni millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi. Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.

Anton Pavlovich Chexov

Anton Pavlovich Chexov [1860.17 (29).1, Taganrog 1904.2 (15). 7, Badenveyler, Germaniya; Moskvada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Moskva untining tibbiyot ftini tugatgan (1884), shifokor boʻlib ishlagan. 1892—98 yillarda Moskva yaqinidagi Melixovo qishlogʻi (hozirgi Chexov shahri)da yashab, mahalliy dehqonlarga tibbiy yordam koʻrsatgan, ularning bolalari uchun maktablar ochgan. Sil kasali bilan ogʻrib, 1898 yil Yaltaga koʻchgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904 yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda vafot etgan.

To‘lepbergen Qaipbergenov

Toʻlepbergen Qayipbergenov (1929.7.5, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010) — Oʻzbekiston (1994) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974). Oʻzbekiston Qahramoni(2003). Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika intining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). "Amudaryo" jur. (1955—57)da, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957—58). Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958— 59), "Jas leninshi" gaz. bosh muharriri (1959—60), "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti direktori, "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz. bosh muharriri (1962— 72). Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972 yildan), Qoraqalpogʻiston...

Anor

Atoqli ozar adibi Anor (Anar Rəsul oğlu Rzayev) 1938 yili Boku shahrida mashhur shoirlar Rasul Rizo va Nigor Rafibeyli xonadonida tavallud topgan. 1960 yili Ozarboyjon Davlat universitetining filologiya fakultetini, 1964 yili esa Moskvadagi Oliy stsenariynavislik kursini tugatgan. U “Dantening yubileyi”, “Oq ko‘rfaz”, “Besh qavatli uyning oltinchi qavati”, “Muloqot”, “Sizsiz”, kabi asarlarida zamondoshlar obrazini yaratishga intiladi, an’anaviy tushuncha va urf-odatlarning ular hayotiga ta’sirini tadqiq qiladi. Anor «Har oqshom o‘n birda» (1969), «Kun keldi» (1971), «Taxmina» (1993) filmlari uchun stsenariy ham yozgan.

Lev Tolstoy

Lev Nikolayevich Tolstoy (Лев Николаевич Толстой, 28 avgust (9 sentabr), 1828, Yasnaya Polyana, Tula guberniyasi — 7 (20) noyabr, 1910, Astapovostansiyasi, Tambov Guberniyasi) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.

Lev Tolstoy

Lev Nikolayevich Tolstoy (Лев Николаевич Толстой, 28 avgust (9 sentabr), 1828, Yasnaya Polyana, Tula guberniyasi — 7 (20) noyabr, 1910, Astapovostansiyasi, Tambov Guberniyasi) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.