February 2, 2021

To‘lepbergen Qaipbergenov

Toʻlepbergen Qayipbergenov (1929.7.5, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010) — Oʻzbekiston (1994) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974). Oʻzbekiston Qahramoni(2003). Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika intining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). "Amudaryo" jur. (1955—57)da, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957—58). Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958— 59), "Jas leninshi" gaz. bosh muharriri (1959—60), "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti direktori, "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz. bosh muharriri (1962— 72). Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972 yildan), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari (1980 yil dan). Dastlabki qissasi — "Sekretar" (1956). "Rahmat, muallim" (1958), "Sovuq tomchi" (1964), "Uyqusiz tunlar" (1965) qissalarining, "Soʻnggi..." (1960), "Qoraqalpoq qizi" (1 — 2-kitoblar, 1963—65), "Qoraqalpoq dostoni" trilogiyasini tashkil etgan "Mamanbiy afsonasi", "Qoraqalpoqnoma" roman-essesi (1978), "U dunyoga bobomga xatlar" (1982) asarlari chop etilgan. "Qoraqalpoqman — tavakkalchiman" (2003) asari, shuningdek, "Familiya" pyesasi, "Berdaq" ("Sahro bulbuli"), "Oydoʻst bobo" dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining 17— 18-asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi oʻrinbosari (1987—91). 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati jamgʻarmasi raisi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1967), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1971) laureati.