Ibroyim Yusupov
Ibroyim Yusupov (tug‘. 5-may, 1929, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Azot ovuli) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston (1975) xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni (2004). Qoraqalpoq pedagogika institutini tugatgan (1949). Shu Institutdaoʻqituvchi (1949-61), "Amudaryo" jur. bosh muharriri (1961—62), N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1965—80), "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz.ning bosh muharriri (1980— 85), Qoraqalpogʻiston maʼnaviyat va maʼrifat markazining raisi (1985-2000).
Dastlabki sheʼrlari 20-asr 40-yillarining oʻrtalarida eʼlon qilina boshlagan. 30 dan ortiq sheʼriy va nasriy toʻplamlari bor. "Qirq qiz" (A. Shomuratov bilan hamkorlikda, 1965), "Aktrisaning iqboli" (1967), "Umirbek laqqi" (1971), "Mangu buloq" dramalari, "Ajiniyoz" librettosi muallifi. Yu.ning "Kun chiqish yoʻlovchisiga", "Qoraqalpoqni koʻp maqtamang koʻzimcha", "Qora tol", "Turnalar" va boshqalar sheʼrlari qoraqalpoq adabiyotining yuksak namunalaridir. Shuningdek, Yusupovning "Akatsiya gullagan joyda", "Gilamchi xotin haqida haqiqat", "Dala armonlari", "Mangu buloq" singari dostonlari ham 20-asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta yutuqlari hisoblanadi.
"Buloqlar qaynaydi" (1960), "Oltin qirgʻoq" (1962), "Dala armonlari" (1967), "Choʻl toʻrgʻayi" (1972), "Qora tol" (1988) va boshqalar asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.
Jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan ("Mangu buloqlar", 1986). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1974).
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Ibroyim Yusupov ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. 1949 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961 yilgacha shu oliy dargohda oqituvchi bolib ishladi. 1961–1962 yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi uch yil mobaynida Najim Davqoraev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1965–1980 yillarida Qoraqalpogiston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1980–1988 yillarda “Erkin Qoraqalpogiston” (sobiq “Sovet Qoraqalpogistoni”) gazetasida bosh muharrir, shuningdek, keyingi yillarda Tinchlik qomitasining Qoraqalpogiston bolimiga (1988–1994), Respublika Manaviyat va marifat markaziga (1994–2000) raislik qildi.
Uning sherlari 40-yillarda matbuotda elon qilina boshlandi. Bolaligida qoraqalpoq xalq ogzaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan organdi. Shoir ozining ilk asari “Vatanim” sheri elon qilingan paytdan (1946) boshlab, umrinig oxirigacha “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yolovchisiga” (1959), “Oylar” (1960), “etti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Kongil kongildan suv ichar” (1971), “Tomaris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Kongildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen…” (1995), “Har kimning oz zamoni bor” (2004) kabi sheriy toplamlarini nashr ettirdi. Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” toplamlari ikki marotaba – 1978–79 va 1992 yillarda nashr qilingan. Turli yillarda chop etilgan toplamlarda shoirning “Ortoq muallim”, “Akatsiya gullagan erda”, “Aktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “Tomaris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning gazabi”, “Vatan tuprogi” va boshqa doston (poema)lari elon etilgan.
Bundan tashqari Ibroyim Yusupov bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir koplab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan tarjimondir. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, T.Shevchenko, J.G.Bayron, I.V.Gyote, G.Geyne, F.Shiller sherlarini, Shekspir sonetlarini, Alisher Navoiy va Hofiz gazallarini, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimizni badiiy-goyaviy, shakliy jihatdan turli asarlar ila boyitdi.
Shoir O‘zbek adabiyoti bilan abadiy dostlik mavzusi Ibroyim Yusupov ijodidagi eng yorqin sahifalarni tashkil qiladi. U ijodkor, tarjimon, matbuot xodimi, jamoat arbobi sifatida ozbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakillari bilan do‘stlashdi, ijodiy muloqotlarda, safarlarda birga boldi. G‘afur G‘ulom, Oybek, Zulfiya, Komil Yashin, Hamid G‘ulom, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon singari ijodkorlar bilan ijodiy munosabatlari har doim yangi-yangi mazmun va ibratli voqealar bilan boyib bordi. Uning o‘zbek tilida “Buloqlar qaynaydi” (1960), “Oltin qirgoq” (1962), “Sahro orzulari” (1967), “Chol torgayi” (1972), “Rahmat senga, zamonim” (1979), “Qoratol” (1988), “Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting” (2009) kabi she'riy to‘plamlari chop etilgan bolsa, rus tilida “Pesni gornogo ruchya” (1960), “Meridianы serdtsa” (1966), “Glaza yashiritsы” (1973), “Stixi” (1976), “Zvon stremeni” (1981), “Stremlyus` vsey dushoy” (1986), toplamlari qirgiz va turkman tillarida bir qator kitoblari nashr qilindi. Uning sherlari qozoq, ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Mustaqillik yillarida shoir ijodi munosib qadrlandi. Uning sher va publitsistik asarlari kop ming nusxada chop etildi. I.Yusupov "El-yurt hurmati", "Dostlik" ordenlari bilan taqdirlandi. 2004 yil unga O‘zbekiston Qahramoni unvoni berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yil 21 yanvar kuni Nukus shahrida Qoraqalpogiston va O‘zbekiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi maktab bunyod etish, maktab oldida shoir haykalini ornatish, bosmaxona tashkil qilish boyicha topshiriqlar bergan edi.
Shunga muvofiq, Nukusda uch qavatli zamonaviy maktab barpo etildi. Ibroyim Yusupov haykali o`rnatilgan joy ijodkorlar, yoshlar uchun yana bir xiyobonga aylandi. Maktab qoshida kitob tarjima qilish va chop etish markazi tashkil etildi.