Maksim Gorkiy
Maksim Gorkiy (1868-1936; Rossiya)
Maksim Gorkiy (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov) (1868.16(28).3, Nijniy Novgorod — 1936.18.6, Moskva) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi.
Gorkiy bir qator roman («Foma Gordeev», 1899; «Uchovlon», 1990—01 va b.), hikoya («Konovalov», «Chelkash» va b.) va dramatik asarlar («Meshchanlar», «Tubanlikda», 1902; «Chorbog‘chilar», 1904 va b.) muallifi. «Tubanlikda» pesasida Gorkiy shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan insonlarning azob-uqubatlarini mahorat bilan bergan. «Ona» (1907) romanida birinchi bo‘lib adabiyotda inqilobiy kurashni xayrixoqlik bilan tasvirlagan. «Bolalik» (1913—14), «Odamlar orasida» (1915—16), «Mening dorilfununlarim» (1923) qissalari avtobiografik asarlardir.
Gorkiy Sharq xalqlari tarixi bilan qiziqib, «Italiya ertaklari» (1911 — 13) asarida Sharq mifologiyasidan o‘z badiiy niyati asosida foydalandi, rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etib, uning tarixiy haqiqatdan uzoqlashgan obrazini chizdi. Gorkiy mehnatkash ommaning Lenin rahbarligida 1917 yil oktyabrida mamlakatni ostin-ustun qilish, ko‘plab begunoh kishilarning qonlarini to‘kish hisobiga tarixiy jarayonni o‘zgartirmoqchi bo‘lganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, ko‘pgina yozuvchilarni bolsheviklarning ta’qibidan saqlab qoldi. U o‘sha vaqtdagi vaziyatda Rossiyada sotsialistik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblaydi. Avval xalqning madaniy saviyasini ko‘tarish, so‘ng inqilob qilish mumkin, deb o‘ylagan («Bemavrid fikrlar» publitsistik asarlar turkumi, 1917—18). Ammo keyinchalik Gorkiy o‘zi qarshi bo‘lgan sotsialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay o‘tib ketadi.
Gorkiy bir qancha (L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, V. G. Korolenko va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. «Artamonovlar ishi» romani (1925)da yangi tarixiy avlodning g‘alabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan. «Jahon adabiyoti» nashriyoti, «Shoir kutubxonasi», «Ajoyib kishilar hayoti» va boshqa kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob g‘alabasi muqarrarligi «Yegor Bulichev va boshqalar», «Dostigaev va boshqalar» (1933), «Vassa Jeleznova» (2-nashri, 1935) pesalarining bosh mavzuidir. «Klim Samginning hayoti» roman-epopeyasida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-asr boshlaridagi g‘oyaviy-ijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan.
Gorkiy chet elda (1921—31) va Rossiyaga kaytganidan keyin zamonaviy adabiyot g‘oyaviy-estetik tamoyillari (shu jumladan, sotsialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi va shu yo‘sinda kompartiyaga adabiyotni o‘z monopoliyasidagi g‘oyaviy qurolga aylantirib olishiga ko‘maklashadi. Sovet davlati rahbarlari Gorkiyning katta xalqaro obro‘sidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalandilar. Ular makri bilan aldangan Gorkiy 30-y.lar boshlaridagi qatag‘on siyosatini tarbiyaviy ahamiyatga molik tadbir, deb tushundi.
Gorkiy ijodi ta’sirida boshqa milliy adabiyotlar (fransuz, nemis, ingliz, xitoy kabi)da ham sotsialistik realizm metodiga asoslangan asarlar ko‘plab yaratildi. Gorkiy asarlari 30-yillarning boshida dastlab Cho‘lpon, keyinchalik A. Qahhor, Oybek, H. Olimjon, M. Ismoiliy va b. tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Aksariyat pesalari O‘zbekistan teatrlarida sahnalashtirilgan.
Naim Karimov, Shuhrat Rizaev.
Maksim Gorkiy. Yegor Bulichov va boshqalar (drama)
Maksim Gorkiy. Tubanlikda (drama)
Maksim Gorkiy. Meshchanlar (drama)
Maksim Gorkiy. Dushmanlar (drama)
Maksim Gorkiy. Rusiya bo'ylab
Maksim Gorkiy. Mening musohabalarim
Maksim Gorkiy. Artamonovlar ishi
Maksim Gorkiy. Bolalik (qissa)
Gorkiy bir qator roman ("Foma Gordeev", 1899; "Uchovlon", 1990—01 va boshqalar), hikoya("Konovalov", "Chelkash" va boshqalar) va dramatik asarlar ("Meshchanlar", "Tubanlikda", 1902; "Chorbogʻchilar", 1904 va boshqalar) muallifi. "Tubanlikda" pyesasida yozuvchi shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan insonlarning azob-uqubatlarini mahorat bilan tasvirlab bergan. "Ona" (1907) romanida birinchi boʻlib adabiyotda inqilobiy kurashga xayrixoqlik bildirgan. "Bolalik" (1913—14), "Odamlar orasida" (1915—16), "Mening dorilfununlarim" (1923) qissalari avtobiografik asarlardir. Gorkiy Sharqxalqlari tarixi bilan qiziqib, "Italiya ertaklari" (1911 — 13) asarida Sharq mifologiyasidan oʻz badiiy niyati asosida foydalandi, rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etib, uning tarixiy haqiqatdan uzoqlashgan obrazini chizdi. Gorkiy mehnatkash ommaning Leninrahbarligida 1917 -yilning oktabrida mamlakatni ostin-ustun qilish, koʻplab begunoh kishilarning qonlarini toʻkish hisobiga tarixiy jarayonni oʻzgartirmoqchi boʻlganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, koʻpgina yozuvchilarni bolsheviklarning taʼqibidan saqlab qoldi. U oʻsha vaqtdagi vaziyatda Rossiyadasotsialistik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblardi. Avval xalqning madaniy saviyasini koʻtarish, soʻng inqilob qilish mumkin, deb oʻylagan ("Bemavrid fikrlar" publitsistik asarlar turkumi, 1917—18). Ammo keyinchalik u oʻzi qarshi boʻlgan sotsialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay oʻtib ketadi. Gorkiy bir qancha (L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, V. G. Korolenko va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. "Artamonovlar ishi" romani (1925)da yangi tarixiy avlodning gʻalabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan. "Jahon adabiyoti" nashriyoti, "Shoir kutubxonasi", "Ajoyib kishilar hayoti" va b. kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob gʻalabasi muqarrarligi "Yegor Bulichev va boshqalar", "Dostigayev va boshqalar" (1933), "Vassa Jeleznova" (2-nashri, 1935) pyesalarining bosh mavzuidir. "Klim Samginning hayoti" roman-epopeyasida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-asr boshlaridagi gʻoyaviy-ijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan. Gorkiy chet elda (1921—31) va Rossiyaga qaytganidan keyin zamonaviy adabiyot gʻoyaviy-estetik tamoyillari (shu jumladan, sotsialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi va shu yoʻsinda kompartiyaga adabiyotni oʻz monopoliyasidagi gʻoyaviy qurolga aylantirib olishiga koʻmaklashadi. Sovet davlati rahbarlari Gorkiyning katta xalqaro obroʻsidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalandilar. Ularning makriga aldangan Gorkiy 30-yillar boshlaridagi qatagʻon siyosatini tarbiyaviy ahamiyatga molik tadbir, deb tushundi. Gorkiy ijodi taʼsirida boshqa milliy adabiyotlarda ham sotsialistik realizm metodiga asoslangan asarlar koʻplab yaratildi. Uning asarlari 30-yillarning boshida dastlab Choʻlpon, keyinchalik A. Qahhor, Oybek, H. Olimjon, M. Ismoiliy va b. tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Aksariyat pyesalari Oʻzbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan.