Isajon Sulton
Sultonov Isajon Abduraimovich
Tavallud topgan sana: 6 aprel 1967 yil
Tug'ilgan joy:Farg‘ona viloyati
Yo'nalishlar: Yozuvchilar
Tarjimai hol
Isajon Sulton (Sultonov Isajon Abduraimovich) 1967 yil 7 aprel kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Avazboy qishlog‘ida tug‘ilgan — yozuvchi.
Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ilk kitobi «Molba» 1990 yil nashr etilgan. 1997 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinadi. Isajon Sultonning hikoyalari har xil badiiy-adabiy nashrlarda chop etiladi, jumladan, «Sharq Yulduzi», «Xalqlar do‘stligi» (Rossiya), «Rus dalasi» (Moldaviya), «Leksikon» (AQSH), «Kurgan Edebiyat» (Turkiya) va boshqalar. 2010 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy-adabiy jurnali “Sharq Yulduzi” nashriyoti tomonidan «Boqiy darbadar» romani chop etiladi. “Ozod” romani esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga sazovor bo‘lgan (2012). «Oydin buloq» va «Kosa tagida nim kosa » hikoyalari “XX asr o‘zbek hikoyalari”dan joy olgan. «Munojot» (1990), «Boqiy darbadar» (2010), “Ozod” (2012), “Bog‘i Eram” (2015) kitoblari chop etilgan.
Toshkentda istiqomat qiladi.
Bibliografiya
Isajon Sulton «Munojot». Hikoyalar,«Cho‘lpon» nashriyoti, 1990
Isajon Sulton «Oydinbuloq» roman va hikoyalari, G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot, 1995
Isajon Sulton «Boqiy darbadar», roman va hikoyalari, «O‘zbekiston» nashriyoti, 2011
Isajon Sulton «Ozod», roman va hikoyalari, «Sharq» nashriyoti, 2012
Isajon Sulton «Bog‘i Eram», hikoyalari, "Sharq" nashriyoti, 2015.
Mukofotlari
"Ozod" romani uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofoti
"Güncel Sanat" jurnali mukofoti (Turkiya, 2015)