February 2, 2021

Anton Pavlovich Chexov

Anton Pavlovich Chexov [1860.17 (29).1, Taganrog 1904.2 (15). 7, Badenveyler, Germaniya; Moskvada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Moskva untining tibbiyot ftini tugatgan (1884), shifokor boʻlib ishlagan. 1892—98 yillarda Moskva yaqinidagi Melixovo qishlogʻi (hozirgi Chexov shahri)da yashab, mahalliy dehqonlarga tibbiy yordam koʻrsatgan, ularning bolalari uchun maktablar ochgan. Sil kasali bilan ogʻrib, 1898 yil Yaltaga koʻchgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904 yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda vafot etgan.

Антон Чехов

CH. 80- yillarning 2-yarmida teatr uchun "Ivanov" (1887—89), "Alvasti" (1889, keyinchalik "Vanya amaki" nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, "Toʻy" (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, "Tamakining zarari haqida" (1886), "Ayiq" (1888), "Yubiley" (1891—92) singari vodevillar yozgan. 90- yillarda Saxalinga sayohatga borib, katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushi bilan tanishgan. Ushbu sayohat xotiralari "6palata" (1892) qissasi va "Saxalin oroli" (1893—94) kitobida oʻz aksini topgan.

90- yillar oxiriga borib, Ch.ning dramaturglik mahorati yuksak choʻqqiga erishdi. "Chayka", "Vanya amaki" (1896), "Uch opasingil" (1900—01), "Olchazor" (1903—04) pyesalarining 1898 yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirilishi Ch. ijodida yangi davr boshlanganidan darak berdi.

CH. ijodi 3 davrdan iborat: 1) 80- yillarning oʻrtalariga qadar boʻlgan davr; 2) 80- yillarning oʻrtalaridan 90- yillarning boshlariga qadar boʻlgan davr; 3) 90- yillarning boshlaridan yozuvchi vafotiga qadar boʻlgan davr. Ch. ijodining dastlabki davrida turli noshirlarning didi va buyurtmasi bilan asosan hazilmutoyibadan iborat asarlar yozgan boʻlsada, shu davrdayoq yozuvchi ijodining asosiy mavzulari (inson va amal, goʻzallik va razolat, hayotning serhasham va gʻarib tomonlari va boshqalar) yuzaga chiqa boshladi. Ch. shu davrda yozgan "Semiz va oriq", "Chinovnikning oʻlimi" (1893), "Buqalamun", "Niqob" (1884), "Unter Prishibeyev" (1885) singari hikoyalarida mavzuni kulgi yordamida yoritish, hajviy obraz yaratish, voqea va hodisalarni loʻnda tasvirlash sanʼatini mukammal egallaganini namoyish kiladi.

CH. ijodining 2-davrida yozuvchining markaziy mavzusi aniq qirralar kasb etadi. Qahramonning ruhiy olami va hatto voqeahodisalarning rivoji emas, balki ijtimoiy munosabatlar va maishiy toʻqnashuvlarning qahramon xarakteriga taʼsiri masalasi Ch.ning diqqat markazida boʻladi. Bu masala, birinchi navbatda, Ch.ning "Gʻilof bandasi" (1898) hikoyasida oʻzining yorqin tajassumini topadi. Bu asarda gʻilof yolgʻon va zulmga, kimningdir ayshishrat qilib, kimningdir azobuqubat chekib yashashiga asoslangan hayotning timsoliga aylanadi. Ch. ijodining shu boskichida koʻzga tashlangan tamoyillar 3davrda yangi badiiy kuch bilan ifodalanadi. Ch.ning "Boloxonali uy", "Mening hayotim" (1896) qissalari, "Ionich" (1898), "Laycha yetaklagan xonim" (1899) va boshqa hikoyalarida shu davrdagi rus jamiyatining anatomiyasi shafkatsizlik bilan ochib tashlandi. Bu asarlarda insonning lokaydligi mavzusi fakat maʼnaviypsixologik rejada emas, balki ijtimoiy yoʻnalishda ham badiiy tadqiq etildi. Ch. turli tabaqa va ijtimoiy qatlamlarga nazar tashlab, oʻz qahramonining ruhiy uygʻonish, muhitga qarshilik koʻrsatish, hayotini qayta qurish qobiliyatini mugtasil ravigsda tekshirib turadi.

CH.ning dramaturgiya sohasidagi ijodi rus teatri taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Yozuvchining nasriy asarlarida oʻz ifodasini topgan kishilar oʻrtasidagi ruhiy aloqalarning yoʻkdigi mavzusi uning sahna asarlarida ham turli shaklda talkin etilgan.

CH. nasriy va dramaturgik ijodi bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbek adabiyotida realistik xikoya janrining maydonga kelishi va Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Abdulla Qahhor hikoyanavislik ijodining shakllanishida Ch. anʼanalari ham muayyan omil boʻlib xizmat qilgan.

CH.ning eng yaxshi nasriy asarlari va pyesalari oʻzbek tiliga tarjima etilgan. Uning barcha mashhur pyesalari respublikadagi oʻzbek va rus teatrlarida sahnalashtirilgan.