February 2, 2021

Artur Konan Doyl

Artur Konan Doyl (inglizcha: ; 22-may 1859 — 7-iyul 1930) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolmshaqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalrni millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi. Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.

Quick Facts: Tavallud sanasi:, Vafot sanasi: ...

Artur Konan Doylning koʻp asarlari rus tilidanoʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu jumladan, „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir.

Hayoti

Artur Konan Doyl 1859-yil 22-mayda Edinburgdatavallud topgan. Edinburg universitetida tahsil olgan. Doyl yozuvchilikdan tashqari fizika va tibbiyot bilan ham shugʻullangan.

Ijodi

Konan Doyl ijodini „Sesassa vodiysining siri“(1879) hikoyasi bilan boshlagan. Doyl „Badargʻa qilinganlar“ (1893), „Sardor Jerar jasorati“ (1894-95), „Rodney Ston“ (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, „Yoʻqolgan dunyo“ (1912), „Zaharlangan mintaqa“ (1913), „Marakot jarligi“(1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifidir.

Sherlok Xolms

Conan Doyle birinchi boʻlib Holmes obrazini „A Study in Scarlet“ („Skarletdagi tadqiqot“) (1887) romanida yaratgan. Doyl Xolms obrazini „The Final Problem“ („Sherlok Xolmsning soʻnggi ishi“) (1893) hikoyasida oʻldirmoqchi boʻladi. Lekin butun dunyodagi kitobxonlarning noroziligidan keyin detektivni qaytadan tiklaydi va yangi hikoyalar yozadi.

Doylega bosh qahramoni izquvar Sherlock Holmes boʻlgan detektiv janrdagi „Toʻrtlar belgisi“ (1890), „Baskervillar iti“ (1901-02), „Dahshatlar vodiysi“ (1914-15) sarguzasht qissalari va „Sherlok Xolms sarguzashtlari“(1891-92), „Sherlok Xolms haqida xotiralar“(1892-93) hikoyalar toʻplamlari va boshqalar katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Doylening „Baskervillar iti“ (1971), „Yoʻqolgan dunyo“ (1983) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.