April 29
"Elektr energiyasi va tabiiy gazni kelajak avlod uchun hozirdan tejang"
Termiz shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 16-aprel kuni qabul qilingan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son Qarori mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha joylarda targ'ibot tadbirlari muntazam amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, mahallalarda hamda tadbirkorlar subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga 2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilanganligi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlanganligi tushuntirilmoqda.
Muallif: Termiz shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.