O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son "Ma`muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash mahallalarda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida, joriy yilning 3-iyul kuni "Manguzar" MFYda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari, mahalla yettiligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Adliya kuni" tadbiri va Sayyor qabul tashkil etildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 2024-yil 20-iyun kuni shahardagi umumta'lim maktabi direktorlari va kadrlar bo‘yicha inspektorlari va davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shaklllantirish to‘g‘risida"gi Farmonining mazmuni-mohiyatini tushuntirildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 19-apreldagi “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-68-son, 2024-yil 30-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-69-son, “Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmonlari, hamda 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son...
Joriy yilning 23-may kuni Termiz shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari V.Nazarov hamda B.Sharipovlar tomonidan 9-sonli umum ta'lim maktabida adliya bo‘limiga biriktirilgan "A.Avloniy" MFY yoshlari o‘rtasida yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularda vatanparvarlik, ma'naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligini oshirish maqsadida "Yosh kitobxon" tanloviga start berilgan edi, belgilangan muddatda eng ko‘p badiiy kitoblar o‘qigan yoshlar orasidan faxrli 3 ta o‘rin sohiblari tanlab olindi va g‘oliblar Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 15-may kuni Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov va YXKM xodimlari tomonidan 11-sonli umum ta'lim maktabida adliya bo‘limlariga biriktirilgan "Farhod" va "A.Avloniy" MFY yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, ularni qiziqtiradigan sohalar bo‘yicha fikrlari eshitildi va ularni vaqtlarini mazmunli, to‘g‘ri tashkil etish, kelgusida huquqiy ko‘mak berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun (O’RQ-899-son, 19.01.2024 y.) bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 16-aprel kuni qabul qilingan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son Qarori mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha joylarda targ'ibot tadbirlari muntazam amalga oshirilmoqda.
Transport vositalarini boshqarish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Joriy yilning 15-yanvar kuni Termiz shahar adliya bo`limida Termiz davlat universiteti o`qituvchisi A.Avliyoqulov va yuridik fakulteti talabalari ishtirokida adliya bo`limlarining faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma’lumotlar taqdim etishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 24-oktabr kuni Termiz shahar adliya bo`limi FHDY bo`limi mudirasi M.Sidiqova ishtirokida fuqarolar uchun FHDYO sohasidagi muhim o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar xususida "ochiq muloqot" tashkil etildi.