July 3

Prezident farmoni ijrosi amalda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son "Ma`muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash mahallalarda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida, joriy yilning 3-iyul kuni "Manguzar" MFYda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari, mahalla yettiligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Adliya kuni" tadbiri va Sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda mahalladagi 20 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, 8 nafar fuqaroga sayyor tartibidagi davlat xizmati ko‘rsatildi. 2 nafar fuqaroning murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun adliya bo‘limi bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olindi. Shunigdek bir nechta fuqarolar tomonidan bildirilgan huquqiy muammolarga mutaxassislar tomonidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Muallif:

Termiz shahar adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi